2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/92
Sana13.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1266220
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   92
Bog'liq
19 y Banklarda hisob va tolov tizimi o qol K N Navrozova T 2005y

Tayanch iboralar 
Byudjet
Kassa ijrosi 
Byudjet xisobvaraqlari 
Respublika byudjeti 
Maxalliy byudjet 
Soliqlar 
Tushumlar 
Byudjetdan tashqari jamgarmalar 
Byudjet mablaglarining taqsimlanishi 
Byudjet daromadlari 
Byudjet xarajatlari 
 Nazorat savollari 
1. Davlat byudjetining daromalariga nimalar kiradi? 
2. Davlat byudjetining xarajatlarining strukturasi qanday? 
3. Davlat byudjetining kassa ijrosi bqyicha operatsiyalariga nimalar kiradi? 
4. Davlat byudjetining kassa ijrosi kim tomonidan tashkil etiladi? 
5. Davlat byudjetining kassa ijrosi bqyicha operatsiyalar qaysi 
xisobraqamlarida xisobga olinadi? 
6. Byudjet daromadlari bqyicha operatsiyalarning xisobi va rasmiylashtirish 
tartibini tushuntiring? 
7. Byudjet xarajatlari bqyicha operatsiyalarning xisobi va rasmiylashtirish 
tartibi qanday? 
8. Yil boshida byudjet xisobvaraqlarini yopish tartibi qanday? 


104
6 Bob. Yangi bank texnologiyalari 
 
1§. Bank texnologiyalari va ularning turlari 
 
Tijorat banklari faoliyatlarning asosiy tamoyillari jalb etilgan resurslar 
doirasida ish olib borish, iqtisodiy mustaqillik, pul bozorlaridagi holatga 
yo’naltirilayotgan mustaqil kredit, depozit va foiz siyosatini yuritish, shuningdek, 
banklar va ularning mijozlari o’rtasidagi munosabatlarni bozor iqtisodiyoti 
talablariga moslashtirishdan iborat. 
Bank texnologiyalari deganda banklar o’z faoliyatini yuritishda kompyuter 
texnologiyalari, tizimlari, ularga yordamchi elektron vositalar va dasturlar tizimi 
tushuniladi. Masalan, bank texnologiyalariga bugungi kunda jahon bank tizimida 
qo’llanilayotgan, shu jumladan, O’zbekistonda ham joriy qilingan elektron to’lovlar 
tizimi, «Bank-mijoz» dasturi, xalqaro pul to’lovlari tizimi, SWIFT va Western 
Union, Internet Banking, plastik kartochkalar, bankomatlar va boshqa bir qancha 
bank faoliyatini yuritish uchun qo’llaniladigan texnologiyalari ham shular 
jumlasidandir.
Elektron to’lovlar tizimi – bu banklararo naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga 
oshirishning eng zamonaviy ko’rinishidir. Bu tizim orqali banklararo naqd pulsiz 
to’lovlar tez va aniq amalga oshiriladi. Bundan elektron pullar mamlakatning 
istalgan burchagiga sanoqli daqiqalar ichida o’tkaziladi. To’lovlarni amalga 
oshirishda ushbu tizim a’zolari orasida maxsus elektron uskunalar orqali tarmoqqa 
ulangan bankning hisob raqamiga pul mablag’lari kelib tushadi. Natijada vaqt ham 
tejaladi, xarajatlar ham kamaytiriladi.
SVIFT – bu xalqaro kompyuter aloqasidir. SVIFT so’zi – «Xalqaro 
banklararo telekommunikatsiyalar jamiyati» (Society for Worldwide Interbank 
Financial Telekommunication) ma’nosini anglatadi va a’zo banklar o’rtasida 
ma’lumot yuboruvchi vosita xizmatini bajaradi. SVIFT 1977 yil tashkil topgan 
bo’lib, hozirgi kunda 30dan ortiq mamlakatlardagi banklarni bir-biri bilan bog’lab 
turadi. Shu bilan birga faqat Evropada emas, balki Shimoliy va Janubiy Amerika, 
Yaponiya, Gongongda ham keng qo’llaniladi. Angliyaning barcha yirik banklari 
SVIFT tarmog’iga ulangan. 
SVIFT ma’lumotlari ma’lumot yuboruvchi bankning kompyuterlari 
terminalida teriladi. Tekshirishlardan va ruxsat berilgandan so’ng ma’lumotlar 
tizimining kompyuter markazlaridan biri (markazlar – Belgiya, Gollandiya va 
AQShda joylashgan) orqali qabul qiluvchi bankka yuborilgandan bir necha daqiqa 
ichida etib boradi. Tizimning afzallik tomonlari uning tezligi va 
himoyalanganligidadir. Ma’lumotlar faqat yuboruvchining hujjati bilan yuboriladi. 
Qabul qilib oluvchi kelgan ma’lumotlarning haqiqiyligi to’g’risida ishonch hosil 
qilish mumkin.
Yangi bank texnologiyalarining kashf qilinishi bilan birga yangi bank 
mahsulotlari va xizmatlari soni ham ko’payib bormoqda. Ularning eng asosiysi, 
elektron hisob-kitoblar mexanizmini harakatda bo’lishini ta’minlovchi vosita - 
plastik kartochkalardir. Plastik kartochkalar bo’yicha operatsiyalar o’z ichiga 


105
quyidagilarni oladi: 
- banklar yordamida amalga oshiriladigan operatsiyalar; 
- aholining savdo tashkilotlari bilan hisob-kitoblar elektron tizimi; 
- mijozlarga uyda va ish joyida bank xizmatlari ko’rsatish. 
Plastik 
kartochkalar 
hisob-kitoblar uchun chiqarilgan bo’lib, ular bir qancha 
turlarga bo’linadi. Plastik kartochkalar o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, ularda 
ma’lum bir axborotlar to’plami saqlanadi va turli qo’shimcha dasturlar bilan 
birgalikda qo’llaniladi. Kartochkalar yordamida binoga kirib chiqishga ruxsatnoma 
sifatida, kompyuterga ishlashga ruxsat, haydovchilik guvohnomasi, telefon 
so’zlashuvlari uchun to’lashda va boshqa maqsadlarda qo’llash mumkin. Pul 
muomalasi sohasida plastik kartochkalar naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil 
qilishda progressiv vositalardan biri bo’ladi. 
Bank texnologilariga bank-mijoz dasturiy majmuasini kiritish mumkin. Bu 
dastur bank va mijozning avtomatlashtirilgan aloqasi uchun belgilangan bo’lib, 
mijoz bilan bank o’rtasida kommunikatsion aloqa tarmog’i orqali faylda 
ma’lumotlar almashinuviga asoslangan. Bank-mijoz dasturi ko’rsatiladigan bank 
xizmatlarining barcha asosiy turlarini o’z ichiga oladi. Bunda hujjatlar aylanishi 
qog’oz ishlatilmasdan kompyuter orqali elektron axborot almashish va qayta ishlash 
ko’rinishida amalga oshriladi. Yangi bank texnologiyalarining har biri haqida 
keyingi paragraflarda fikr yuritamiz. 


106

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling