2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


- sxema  Xujjatlarni ma’lumot bazasiga


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/92
Sana13.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1266220
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92
Bog'liq
19 y Banklarda hisob va tolov tizimi o qol K N Navrozova T 2005y

9 - sxema 
Xujjatlarni ma’lumot bazasiga 
kiritish sxemasi 
Bank mijoz dasturi bankning shaxsiy mulki hisoblanadi. Bank mijozlari ushbu 
dasturning asosiy foydalanuvchilari hisoblanib, ular munosabatlari tartibga solinishi 
uchun shartnoma tuziladi. Lekin “Bank mijoz” dasturi orqali operatsyailarni amalga 
oshirishdan avval mijozlar bir qator texnik vositalar bilan ta’minlangan bo’lishi 
lozim. 
 
10 - sxema 
Mijoz uchun talab etiladigan texnik vositalar 
Shunday qilib, sxemada ko’rinib turganimizdek dasturiy majmuaga ulanishlari 
uchun mijozlarda quyidagilar bo’lishi talab etiladi: 
• shaxsiy kompyuter; 
• modem; 
• printer; 
• mos dasturiy ta’minot, ya’ni Windows 98, 2000; Win NT4, NT Server, 
Windows XP, Millennium va xokazolardan biri. 
Elektron pul hisob hujjatlarining to’g’ri shakllantirilishi, shifrlanishi va 
ularning aloqa kanallari orqali bankka uzatilishi bo’yicha javobgarlik mijoz 
zimmasiga yuklatiladi. 
MIJOZ 
hujjatlarni tayyorlash 
POChTA QUTISI 
Axborotni uzatish tayyorlash
KRIPTO JARAYoN 
Elektron imzoni shifrlash 
KRIPTO JARAYoN 
Deshifnatsiya, elektron izoni 
tekshirish 
KIRITISh 
Bankning MB siga hujjatlar 
kiritish 
TAHLIL 
Axborotlar rekvizitlari 
nazorati 
Texnik vositalar 
Shaxsiy 
kompyuter 
Modem 
Printer 
Mos dasturiy 
ta’minot


112
 
Bank mijozning hisobvarag’idan mablag’larni to’g’ri hisobdan chiqarilganligi 
va o’tkazilganligi, hamda elektron to’lovlar tizimi bo’yicha axborotni o’z vaqtida 
uzatish uchun javobgardir. 
Aloqa kanallari orqali mijoz bilan bank o’rtasidagi axborot almashinuvi 
shartnomada kelishilgan vaqtda amalga oshiriladi. Yangi amaliyot kuni 
boshlanishdan oldin mijoz o’tgan kun bo’yicha o’z depozit hisobvarag’idagi 
harakatlar (oborotlar) va qoldiqlarni bank bilan taqqoslab tekshirib olishi shart. Agar 
harakatlar va qoldiqlar mos kelsa, mijozga yangi amaliyot kunini boshlash va 
hujjatlarni kiritish uchun ruxsat beriladi. Aks holda ular o’rtasidagi farq sabablari 
aniqlanadi va mijoz axborot bilan muvofiqlashtiriladi. Shaxsiy hisobvaraqlardagi 
harakatlar va qoldiqlarning taqqoslash natijalaridan qat’iy nazar bank bilan mijoz 
o’rtasidagi axborot so’rovnomalari va habarlar almashinishi amalga oshiriladi. 
Bu tizim orqali hisob-kitob qilishda mijoz o’z hisobvarag’idan mablag’larni 
faqat to’lov topshiriqnomasi shaklida amalga oshiradi. 
Bankda mijozlardan aloqa kanallari orqali olingan elektron pul hisob-kitob 
hujjatlari, to’lovlar amalga oshirilgandan keyin ikki nusxada bosmaga chiqariladi: 
• bir nusxasi umumiy tartibda bankning kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi; 
• ikkinchi nusxasi esa taqqoslash uchun pul hisob-kitob hujjatlarining asl 
nusxalarini olinguncha bankda qoldiriladi. 
Mijoz aloqa kanallari orqali jo’natilgan pul hisob hujjatlarining asl nusxalarini 
bankka shartnomada ko’rsatilgan muddatlarda etkazishi lozim, bunda elektron 
hujjatlar asl nusxa bilan solishtirilib, buxgalter imzosi va unga biriktirilgan bank 
shtampi bilan tasdiqlanadi va elektron hujjatlarning nusxalari bilan birgalikda 
bankning kunlik hujjatlariga tikib qo’yiladi. Dasturdan foydalanuvchi mijozlarning 
pul hujjatlarining asl nusxalarini yuritish uchun bankda alohida hujjat papkalari 
yuritiladi. 
Dastur orqali mijozning ish tartibi quyidagicha bo’ladi: 
Mijoz pul hujjatlarini 60-yo’riqnomaga asosan rasmiylashtiradi. Mijozning 
ma’lumotlarini hisob-kitob hujjatining asl nusxasiga asoslangan holda kompyuterga 
kiritishni amalga oshiradi. Kompyuterga kiritilgan hujjatlarning ro’yxati bosmadan 
chiqarilishi zarur. Javobgar xodim, ya’ni bosh buxgalter yoki majburiyat yuklangan 
boshqa bir shaxs ushbu ro’yxatlarni pul hujjatlarining asl nusxalari bilan taqqoslashi, 
ularning mosligini tasdiqlashi va bankka jo’natish uchun ruxsat berishi lozim. 
Axborotlar elektron imzo bilan tasdiqlangandan keyin u kriptografik himoyaga o’tadi 
va aloqa kanali orqali xizmat ko’rsatuvchi tijorat bankiga uzatiladigan elektron fayl 
shakllantiriladi. Kriptografik himoyadan o’tgan fayl, mijlzni dahl qilish 
imkoniyatidan mahrum qiladi.
Tijorat bankida qabul qilingan axborotlar dasturiy ravishda qayta ishlanadi va 
kelib tushgan hujjatlar, elektron pul hisob-kitob hujjatlari, shaxsiy hisobvaraqlar 
ro’yxati shakllanadi. 
Mijoz qabul qiligan ma’lumotni kompyuter ekranida ko’rishi va uni bosmaga 
chiqarishi mumkin. Mijoz uni o’chirish yoki o’zgartirish imkoniga ega emas. Pul 
hisob-kitob hujjatlari bo’yicha bankdan jo’natilgan va qabul qilingan barcha 
axborotlar dasturiy ravishda arxivlanadi hamda o’rnatilgan tartibda saqlanadi. 
Axborotlarni saqlash muddati tugashi bilan dasturiy ravishda arxivdan o’chiriladi. 


113
Arxivga faqat korxonaning javobgar yoki ruxsat berilgan xodimigina kirishi mumkin. 
“Bank mijoz” dasturi orqali bankning ish tartibini ko’rib chiqamiz. Mijozlar 
bilan axborotlar almashinish uchun bankda xar bitta mijozga alohida pochta qutisi 
tashkil etiladi. Mijozlardan kelib tushgan barcha axborotlar dasturiy ravishda 
deshifratsiya qilinib, rekvizitli nazoratdan o’tadi va bankning ma’lumotlar bazasiga 
“kiritilgan” maqomi ostida tushiriladi. Zarur hollarda bankning javobgar xodimi o’z 
ish joyida qo’shimcha tekshirilishi lozim bo’lgan elktron hujjatlarni bosmadan 
chiqaradi va bankning tegishli bo’limlari bilan kelishadi. Pul hujjatlari o’rnatilgan 
tartibda tekshirilgach, ular tasdiqlanadi va bankning amaliyot kuniga qayta ishlash 
uchun yuboriladi, keyin esa elektron to’lovlar tizimi bo’yicha oluvchiga jo’natiladi. 
Mijozning hisobvarag’ida mablag’lar yo’q bo’lgan hollarda, pul hujjatlari bilan butun 
fayl qayta ishlashdan chiqarib tashlanadi va mijozning pochta qutisiga qaytariladi, 
agar shartnomada yoki boshqa me’riy hujjatlarda boshqasi nazarda tutilmagan bo’lsa. 
Elektron to’lovlar tizimi orqali kelib tushgan pul hujjatlari ijro etilgandan so’ng 
mijozning pochta qutisiga joylashtiriladi. Kun davomida mijozlardan olingan barcha 
ma’lumotlar arxivlanadi va o’rnatilgan tartibda saqlanadi. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling