Reja: 2. Poezd dispetcherining dispetcherlik aloqa vositalari 4. Vagonlaming turlari 5. Vagonlardagi belgilar va yozuvlar Poyezd harakatini tashkil etish - TFQ ning 233 bandiga muvofiq, uchastkada poezdlarning harakatiga faqat bir xodim - xizmat ko‘rsatayotgan uchastkasida poezdlar harakati grafigining bajarilishiga javobgar poezd dispetcheri rahbarlik qilishi shart.
- Poezd dispetcherining buyruqlari, faoliyati uchastkada poezdlar harakati bilan bevosita bog‘liq xodimlar tomonidan bajarilishi shart.
- Poezd dispetcheridan tashqari, uchastkada poezdlar harakati to‘g‘risida tezkor ko‘rsatmalar berish taqiqlanadi.
Poezd dispetcheri quyidagilarga amal qilishi shart: - a) harakatning belgilangan hajmini ta'minlash, poezdlar harakatini jadallashtirish, ularni stansiyalarda ishlanish vaqtini qisqartirish uchun texnika vositalaridan maksimal ravishda foydalanishi, vagon parkidan, lokomotivlardan va o‘tkazish qobiliyatidan imkoni boricha samarali foydalanishi;
- b) stansiyalar faoliyatini nazorat qilishi, harakat grafigi va poezdlarni tuzish rejalariga muvofiq poezdlarni tuzish va jo‘natish bo‘yicha topshiriqlar bajarilishi choralarini ko‘rishi;
- v) stansiya navbatchilariga, zarurat tug‘ilganda poezdlar lokomotivlari mashinistlariga ham poezdlar harakati to‘g‘risida ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida berishi;
- g) poezdlarni peregonlarda harakatlanishini, stansiyalar tomonidan poezdlar o‘z vaqtida qabul qilinishi, jo‘natilishi va o‘tkazilishi, ayniqsa, SSB va aloqa qurilmalarining normal ishi buzilganda, yo‘lovchi, pochta-bagaj, yuk-yo‘lovchi, odamlar tashiydigan, og‘irligi va uzunligi orttirilgan, uzun tarkibli, og‘ir yukli, 1 klassli xavfli yuklar (VM) va nogabarit yukli poezdlar boshqa poezdlar bilan kesishganda va o‘zib o‘tganda kuzatib borishi;
- d) harakat grafigini bajarilishi, xavfsizlikni ta'minlash, lokomotiv brigadalarining belgilangan to‘xtovsiz ishlash davri buzilmasligi uchun choralar ko‘rishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |