9- maruza poyezd harakatini tashkil etish va vagonlarni tartib nomerlari


Ijro etilgan harakat grafigida quyidagilar qayd etiladi


Download 113.19 Kb.
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi113.19 Kb.
#1631699
1   2   3   4   5
Bog'liq
9- MARUZA

Ijro etilgan harakat grafigida quyidagilar qayd etiladi:

  • a) poezdlar va poezd lokomotivlarining nomerlari, mashinistlarning familiyalari, poezdlarning og‘irligi va shartli uzunligi, o‘tkazishning alohida sharoitlarini talab qiluvchi poezdlar. Tegishli harf va indekslar qo‘shilgan poezd nomerlari ijro etilgan harakat grafigida ushbu harf va indekslar bilan qayd etiladi;
  • b) uchastka stansiyalari bo‘ylab poezdlarning jo‘nash, kelish va o‘tish vaqtlari;
  • v) lokomotivlardan foydalanish xaqidagi ma'lumotlar;
  • g) sutkaning belgilangan davrlarida stansiyalarning poezd va yuk ishi xaqidagi ma'lumotlar;
  • d) oraliq stansiyalarda qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining alohida vagonlar yoki tarkiblar bilan band etilishi;
  • e) uchastka va peregon stansiyalarining asosiy va qabul qilish- jo‘natish yo‘llari kontakt tarmog‘ida kuchlanishning o‘chirilishi;
  • j) tezlikni pasaytirishni talab etadigan amaldagi ogohlantirishlar;
  • z) poezdlarning noto‘g‘ri yo‘l bo‘ylab harakati;
  • i) harakatni ta'minlovchi peregonlar, yo‘llar va boshqa qurilmalarning yopilishi.

Quyidagi buyruqlar dispetcherlik farmoyishlari jurnalida qayd etilishi shart:

  • a) peregonlarning yoki alohida yo‘llarning (jumladan, elektropoezdlar harakatlanadiganlarni kuchlanish o‘chirilishi sababli) ochilishi va yopilishi to‘g‘risida;
  • b) ikki yo‘llikdan bir yo‘llik harakatga o‘tish va ikki yo‘llik harakatni tiklash to‘g‘risidagi;
  • v) poezdlar harakatida signalizatsiya va aloqa vositalarining bir turidan ikkinchisiga o‘tkazilishi;
  • g) poezdlarni ikki tomonlama avtoblokirovka bilan jihozlanmagan noto‘g‘ri yo‘ldan jo‘natilishi;
  • d) poezdlarni vaqtni taqsimlash usuli bilan jo‘natilishi to‘g‘risida (ushbu Yo‘riqnomaning 14 bobida ko‘zda tutilgan holatlarda va tartibda);
  • e) 1 klassli xavfli (VM) yukli va nogabarit yukli poezdlarning jo‘natilishi to‘g‘risida;
  • j) yo‘lovchi, pochta-bagaj, yo‘lovchi-yuk va odamlar tashiydigan poezdlarni stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida bu maqsadlar uchun ko‘zda tutilmagan yo‘llarga qabul qilinishi va shunday yo‘llardan jo‘natilishi to‘g‘risida;
  • z) grafikda ko‘zda tutilmagan poezdlarni tayinlash, ularning harakatlanish tartibi va bekor qilinishi to‘g‘risida. Uchastka bo‘ylab yakka lokomotivlar, maxsus o‘zi yuradigan harakat tarkibi va xo‘jalik poezdlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqlar qayd etilmasligi mumkin;
  • i) avtomatik lokomotiv signalizatsiyasining nosozligida poezdlarning harakati to‘g‘risida;
  • k) kechikayotgan yo‘lovchi poezdlarning o‘tish tartibi to‘g‘risida;
  • l) bir mashinist xizmat ko‘rsatadigan yo‘lovchi poezdlarning jo‘natilishi to‘g‘risida;
  • m) ushbu Yo‘riqnomaning 31, 38 bandlarida ko‘zda tutilgan holatlarda.

Download 113.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling