9- maruza poyezd harakatini tashkil etish va vagonlarni tartib nomerlari


Yuk vagonlarining parki yopiq vagonlar, platformalar, yarim ochiq vagonlar, sistemalar, izotermik va maxsus vagonlardan iborat


Download 113.19 Kb.
bet5/5
Sana20.06.2023
Hajmi113.19 Kb.
#1631699
1   2   3   4   5
Bog'liq
9- MARUZA

Yuk vagonlarining parki yopiq vagonlar, platformalar, yarim ochiq vagonlar, sistemalar, izotermik va maxsus vagonlardan iborat

  • Yopiq vagonlar - har xil yuklami tashish, ulaming butligini ta’minlash va atmosferaning ta’siridan muhofazalash uchun xizmat qiladi. Yopiq vagon kuzovining har ikki yon tomonida surilib ochiladigan eshiklar va yuqori qismida ikkitadan metall qopqoqli lyuklarga ega. Lyuklar vagon ichini yoritish, havo almashtirish va vagonga sochiluvchan yuklami ortish uchun xizmat qiladi. Keyingi paytda ishlab chiqarilgan vagonlaming barchasi metall kuzovli va kuchaytirilgan eshik o ’miga ega bo’lib, yuk ko’tarish qobiliyati 68 tonna, kuzovi hajmi 140 kub metmi tashkil etadi.
  • Platformalar - uzun, katta o ’lchamli va og’ir yuklami tashish uchun xizmat qiladi. Platforma kuzovi ochiladigan pastak bortli bo’lib, yog’och, taxta, quvur, har xil konstruksiyalar va shunga o ’xshash yuklami tashish uchun tirgak ustunlar o ’matish moslamalariga ega1.
  • Zamonaviy platformalaming yuk ko’tarish qobiliyati 70-72 tonnani tashkil qiladi. Brutto massasi 10, 20 va 30 tonnali konteynerlami tashish uchun maxsus qurilmalar bilan jihozlangan platformalar mavjud.
  • Yarim ochiq vagonlar - yuk vagonlarining eng ko’p tarqalgan turidir.
  • Ular ommaviy ravishda tashiladigan to ’kma va sochiluvchan (ko’mir, ruda, koks, shag’al va boshqalar) yuklami tashish uchun mo’ljallangan. Kuzov polida ikki yon tomon bo’ylab yuk tushirish lyuklari joylashgan.
  • Izotermik vagonlar - sovitgich vagonlardir. Ularda tashilayotgan mahsulotlar sifati buzilishining oldini olish maqsadida muntazam harorat saqlab turiladi. Ushbu vagonlarda tez buziluvchan yuklar (go’sht mahsulotlari, baliq, turli mevalar va h.k.) tashiladi. Izotermik vagonlarga mexanik sovitgich va elektr isitgich qurilmalari bilan jihozlangan vagon-refrijeratorlar, hamda 5 yoki 12 to’rt o ’qli vagonlardan tashkil topgan refrijerator seksiyalari kiradi.
  • Maxsus vagonlar - tashilishi alohida sharoitlami talab qiladigan yuklami tashish uchun xizmat qiladi. Masalan, transporterlarda (yuk ko’tarish qobiliyati 130, 180, 230 va 300 t b o ’lgan ko’p o ’qli platformalar) ulkan va og’ir mashina va jihozlar tashiladi. Shuningdek, jonivorlar, tirik baliq, bitum, tsement, engil avtomobillar tashish uchun mo’ljallangan maxsus vagonlar mavjud. Bundan tashqari, maxsus vagonlar qatoriga temir yo’llarning texnik va maishiy ehtiyojlar uchun mo’ljallangan vagonlar, vagon-ustaxonalar, tiklash va yong’inga qarshi poyezdlar vagonlari, dumpkar va xopper-dozatorlar ham kiradi2.
  • Dumpkar-vagon samosval bo’lib, ko’mir, qum, shag’al va shu kabi sochiluvchan yuklami tashish uchun juda qulay. Xopper-dozator tagi ochiladigan vagondan iborat va kuzovining yon tomonlari qiya. Shu sababli sochiluvchan yuklami tezda tushirib olish imkoni mavjud.

Nazorat savollari:

Poyezd harakatini tashkil etish.

  • Poezd dispetcherining dispetcherlik aloqa vositalari.
  • Poyezd harakatini tashkil etish tartibi va meyoriy hujjatlar
  • Vagonlaming qanday turlarini bilasiz?
  • Vagonlarda qanday belgilar va yozuvlar mavjud?
  • Vagonlar qanday raqamlanadi?

Download 113.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling