9- maruza poyezd harakatini tashkil etish va vagonlarni tartib nomerlari


Download 113.19 Kb.
bet2/5
Sana20.06.2023
Hajmi113.19 Kb.
#1631699
1   2   3   4   5
Bog'liq
9- MARUZA

Stansiya navbatchilari navbatchiligi bekor qilingan dispetcherlik markazlashtirish bilan jihozlangan hamda kam faoliyatli uchastkalarda, bir mashinist bilan xizmat ko‘rsatiladigan poezdlar harakati tartibi va bunday uchastkalarning ro‘yxati «UTY» AJ raisi tomonidan belgilanadi.

  • Stansiya navbatchilari navbatchiligi bekor qilingan dispetcherlik markazlashtirish bilan jihozlangan hamda kam faoliyatli uchastkalarda, bir mashinist bilan xizmat ko‘rsatiladigan poezdlar harakati tartibi va bunday uchastkalarning ro‘yxati «UTY» AJ raisi tomonidan belgilanadi.
  • Dispetcherlik markazlashtirish bilan jihozlanmagan, poezdlar o‘ta jadal va jadal harakatlanadigan uchastkalarda poezdning bir mashinist bilan boshqarilishiga stansiya bo‘yicha navbatchilar mavjud bo‘lgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
  • Navbatchilikka kirishgan poezd dispetcheri poezdlar holati bilan tanishishi, barcha stansiya navbatchilarining navbatchilikka kirishganligini tekshirishi, soatlarni sozlash uchun ularga aniq vaqtni aytishi, stansiyalardagi holat, uchastkada amal qilayotgan ogohlantirishlar bilan tanishishi, sharoitdan kelib chiqib stansiyalarga kelgusidagi ishlar, jumladan, harakat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berishi lozim.
  • Markazlashtirilgan dispetcherlik bilan jihozlangan yo‘llarda navbatchilikka kirishayotgan poezd dispetcheri texnik qurilmalarning sozligini tekshirishi va stansiya boshliqlari yoki poezdlarni qabul qilish va jo‘natish yuklatilgan boshqa xodimlar orqali stansiya uchastkalaridagi holat bilan tanishishi shart.
  • Ijro etilgan harakat grafigini avtomatik yozib boradigan qurilmalar (poezdograflar) bilan jihozlanmagan uchastkalarda poezd dispetcheri uchastkada joylashgan stansiyalardan har bir poezdning kelgan, jo‘nagan yoki o‘tgan vaqti to‘g‘risida ma'lumot olishi shart. Bunday ma'lumotlarni olganda stansiyalar tomonidan poezdlarni, ayniqsa, 1 klassli xavfli (VM) yukli va nogabarit yukli, og‘ir yukli va uzun tarkibli, uzunligi va og‘irligi orttirilgan poezdlarni belgilangan tartibda nomerlanishi va indekslanishiga alohida e'tibor berishi kerak.

Download 113.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling