Viloyat xalq ta’limi tizimida 2017 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida


Download 190.25 Kb.
Pdf просмотр
bet1/3
Sana21.11.2017
Hajmi190.25 Kb.
  1   2   3

Viloyat xalq ta’limi tizimida 2017 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar va 

kelgusidagi vazifalar haqida  

 ma’lumot 

 

  

Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan 2017 yilning birinchi yarmida  O’zbekiston 



Respublikasining  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonuni,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”da  belgilangan 

vazifalarning ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi.  

Jizzax  viloyatida  jami  727  ta  ta’lim  muassasalari  mavjud.  SHundan,  542  ta  umumta’lim 

maktablari,  shu jumladan  4  ta maxsus  maktab-internatlar, 1  ta  Mehribonlik  uyi, 170  ta  maktabgacha 

ta’lim  muassasasi,  14  ta  Barkamol  avlod  markazlari,  1  ta  pedagog  xodimlarni  qayta  tayyorlash  va 

malakasini oshirish instituti faoliyat ko’rsatmoqda. Ta’lim 5 ta  (o’zbek, rus, qozoq , qirg’iz va tojik) 

tillarida olib boriladi.  

 

Moliyaviy-iqtisodiy faoliyat bo’yicha amalga oshirilgan ishlar 

 

      2017  yil  uchun  o’qituvchilarning  jami  ish  haqqi  fondiga  278  mil.  956  min.  so’m  ajratilgan. 

SHundan    yilning  1-yarim  yili  uchun  ish  haqqi  fondiga  139  mil.  478  mln.      so’m,  Direktor 

jamg’armasiga hodimlarning oylik ish xaqqi fondining 12% miqdorida 33 mil.475 min. so’m mablag’ 

ajratilishi rejalashtirilgan.  

    2017  yilning  1-yarmida  Xalq  ta’limi  boshqarmasiga  qarashli  umumta’lim  maktablarida  faoliyat 

ko’rsatayotgan  o’qituvchilar  18127    nafarni  tashkil  etadi.  Direktor  jamg’armasidan  ustama  oluvchi 

o’qituvchilar  7070  nafar.  SHulardan  ikki  turda  ustama  oluvchilar  611  nafar,  kasb  mahorati  uchun 

ustama oluvchi o’qituvchilar 4081 nafarni, sinfdan tashqari va tarbiyaviy ishlar uchun ustama oluvchi 

o’qituvchilar 2632 nafarni, ustama oluvchi kutubxonachilar 126 nafarni tashkil etadi. 

     2017 yil 6 oyi  uchun direktor jamg’armasi  139 mld. 478 mln  so’mni  tashkil etib, kasb mahorati 

uchun  3  mld.  682  mln.  100  ming  so’m,  sinfdan  tashqari  va  tarbiyaviy  ishlar    2  mid.  650  mil.so’m, 

kutubxonachilar uchun 1 mil. 404 min. so’m, moddiy rag’batlantirish uchun 7 mld. 443,1 mln. so’m, 

moddiy yordam uchun 1 mil. 558  mln.  so’m miqdorida belgilangan. 

 

Yangi qurilish va rekonstruktsiya ishlari 

 

     O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Investitsiya  to’g’risida”gi  qaroriga  asosan  39  ta  ta’lim 

muassasalari,  shundan  24  ta  maktab  (3  ta  yangi  qurilish,  10  ta  rekonstruktsiya  va  11  ta  mukammal 

tahmir)  hamda  15  ta  maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  (7  ta  rekonstruktsiya  va  8  ta  mukammal 

tahmirlash)  qurilish-tahmirlash  ishlari  bajarilishi  rejalashtirilgan.  Ajratilgan  mablag’  30410,0  mln. 

so’m. Barcha obhektlar bo’yicha loyimxa smeta xujjatlari tayyorlanib, tender savdolari o’tkazildi. 

     O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  22  iyundagi  PQ-3079-sonli  qaroriga  ko’ra  4  ta 

maktab, 16 ta maktabgacha, 1 ta maxsus maktab internatini mukammal tahmirlash, 14 ta maktab va 15 

ta maktabgacha ta’lim muassasasini joriy tahmirlash rejalashtirilgan. SHu bilan birga 496 m2 singan 

oynalarni  almashtirish  belgilangan.  Hozirgi  kunda  barcha  obhektlarda  tahmirlash  ishlari  amalga 

oshirilmoqda.  SHundan  2  ta  maktab  va  1  ta  maxsus  maktab  internati  mukammal  ta’mirlandi,  4  ta 

maktab va 3 ta maktabgacha ta’lim muassasasi joriy tahmirlanib, 105 m2 singan oynalar almashtirildi. 

      Ko’mir  yoqilg’isi  bilan  isitiladigan  ta’lim  muassasalariga  2017-2018  yillar  kuz-qish  mavsumi 

uchun 13200 tonna ko’mir va briket  yoqilg’isi yetkazib berish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda ko’mir 

yoqilg’isi tashish ishlari boshlab yuborilgan. 

       Tabiiy  gaz bosimi past va mahnaviy eskirgan  qozonlarni almashtirish bo’yicha joriy  yilda 35 ta 

ta’lim  muassasasida  142  ta  qozon  almashtirish  rejalashtirilgan  bo’lib,  xozirgi  kunda  34  tasi 

almashtirildi.  

    

Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish 

 

Viloyat xalq ta’limi tizimida 2017 yilning 1-choragida jami 18127 nafar o’qituvchilar faoliyat 

ko’rsatmoqda. SHundan, 16207 nafari oliy ma’lumotli,   49 nafari to’liqsiz oliy ma’lumotli va 1871 

nafari o’rta maxsus ma’lumotlidir.  Jami o’qituvchilarning 6565 nafari (36,2%) 2 toifali, 3194 nafari 

(17,6%)  1  toifali,  611  nafari  (3,4%)  oliy  toifali  hamda    7757    nafari  (42,8%)    mutaxassis 

o’qituvchilardan iborat.  



      Xalq  ta’limi  vazirligining  2017  yil  1  fevraldagi  “Maktab  direktorlarining  o’quv-tarbiya  ishlari 

bo’yicha  direktor  o’rinbosarlari  va  fan  metodistlarining  uzluksiz  kasbiy  mahoratlarini  oshirishga 

yo’naltirilgan  o’quvlarni  tashkil  etish  to’g’risida”gi  36-sonli  buyrug’i  ijrosini  ta’minlash  maqsadida 

viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2017 yil fevraldagi buyrug’i ishlab chiqildi.  

 

Mazkur  buyruqning  ijrosini  ta’minlash  bo’yicha,    umumta’lim  maktablarining  o’quv-tarbiya 



ishlari  bo’yicha  direktor  o’rinbosarlari  va    hududiy  xalq  ta’limi  bo’limlari  fan  metodistlarining 

uzluksiz  kasbiy  mahoratlarini  oshirishga  yo’naltirilgan  o’quvlarni  tashkil  etish  maqsadida  ta’lim 

muassasalari  soni  va  hududiy  joylashuvini  inobatga  olgan  holda  20  ta  tayanch  maktablar  belgilanib, 

541    nafar  umumta’lim  maktablarining  o’quv-tarbiya  ishlari  bo’yicha  direktor  o’rinbosarlari  va  98 

nafar fan metodistlari jalb etildi. 

    Joriy  yilning  20  fevralidan  boshlab  har  ikki  haftada  bir  martda      belgilangan  jadval  asosida 

umumta’lim  maktablarining  o’quv-tarbiya  ishlari  bo’yicha  direktor  o’rinbosarlari  va  fan 

metodistlarining  uzluksiz  kasbiy  mahoratlarini  oshirishga  yo’naltirilgan    audio  aloqa  tizimi  orqali 

o’quvlarni tashkil etish mexanizmi yo’lga qo’yildi. 

       Maktab  direktorlarining  o’quv-tarbiya  ishlari  bo’yicha  o’rinbosarlari  va    hududiy  xalq  ta’limi 

boshqaruv idoralarida faoliyat ko’rsatayotgan fan metodistlarining metodik ehtiyojlarini i’t.mahorat.uz  

saytidagi  maxsus  onlayn  so’rovnoma  asosida  o’rganib  chiqildi  va  o’rganish  natijalari  asosida    audio 

aloqa  tizimi  orqali  o’quvlar  tashkil  etilib,  tizimli  ravishda  o’quvlar  materiallari,  taqdimot  va 

mahruzachilar tayyorlanib borilmoqda. 

         Umumta’lim maktablari kimyo fani o’qituvchilarining kasbiy maxoratini uzluksiz oshirib borish 

maqsadida  viloyat  ishchi  guruxi  tarkibi,  o’quv  dasturlari,  metodistlar  tomonidan  ikki  bosqichli 

harakatdagi  o’quv  mashg’ulotlari  tashkil  etish  tartibi  to’g’risidagi  Nizomga  ko’ra  viloyat  miqyosida 

19  ta  tayanch  maktablarida  xarakatdagi  o’quv  mashg’ulotlari  tashkil  etiladi  va  bu  o’quv 

mashg’ulotlariga 502 nafar kimyo fani o’qituvchilari qamrab olindi.  

       Umumta’lim  muassasalarida  belgilangan  fan  yo’nalishlarining  o’qitilishi  bo’yicha  ta’lim  sifatini 

oshirish,  yuqori  samaradorlikka  erishish  hamda  metodik  xizmatni  rivojlantirish  maqsadida    viloyat 

xalq ta’limi boshqarmasi va  tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash 

va  tashkil  etish  bo’limlari  tomonidan    65  ta  dars  ishlanma  hamda  11  ta  metodik  tavsiya,  48  ta  dars 

ishlanma, 4 ta metodik tavsiya, VXTXQTMOI tomonidan 32 ta dars ishlanma, 6 ta metodik tavsiya, 2 

ta  metodik  qo’llanma,  JDPI  tomonidan  21  ta  dars  ishlanma,  3  ta  metodik  tavsiya,  3  ta  metodik 

qo’llanmalar yetkazib berish ishlari tashkil etilgan. 

      SHuningdek,  tuman(shahar)  miqyosida  tabiiy  va  aniq  fanlar  bo’yicha  jami  24  ta,  ijtimoiy 

fanlar  bo’yicha  jami-13  ta,  filologiya  va  chet  tillari  fanlari  bo’yicha  jami-  23  ta,  boshlang’ich 

ta’lim  yo’nalishidagi  fanlar  bo’yicha  jami-13  ta,  umumiy  soni  bo’yicha  jami  73  ta  “Mahorat 

maktablari” tashkil etildi. “Mahorat maktablari” faoliyatini sifatli va samarali tashkil etish hamda 

metodik xizmatni hamkorlikda tashkil etish maqsadida Jizzax Davlat pedagogika instituti, viloyat xalq 

ta’limi  xodimlarini  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  instituti  va  viloyat  xalq  ta’limi 

boshqarmasining hamkorlik ish rejasi   ishlab chiqildi.  

CHet tili o’qituvchilarning kasb maxoratini oshirish maqsadida viloyatdagi 32 ta tayanch maktablar 

negizida 41 ta gurux tashkil etilgan va ushbu guruxlarga 826 nafar ingliz tili o’qituvchilari  jalb etildi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Davlat  test  markazi  tomonidan 

SEFR talablari asosida tuzilgan test sinovlaridan 2013-2017  yillarda 100 nafar chet tili o’qituvchilar 

muvafaqqiyatli o’tdi va ularga 15-30% ustamalar belgilandi.  

Viloyatdagi  ta’lim  muassasalarida  o’quvchilarni  chet  tillariga  qiziqtirish,  dars  jarayonidan 

tashqari  vaqtlarida  ham  unumli  foydalanish  maqsadida  chorshanba  kuni  “Ingliz  tilida  gaplashamiz 

kuni”,  shuningdek,  ota-onalarni  o’z  farzandlarini  chet  tili  o’rganish  jarayoniga  jalb  etish  maqsadida 

“Ota-onalar maktabi” tashkil etildi.  

Viloyatdagi  14  ta  “Barkamol  avlod”  bolalar  markazlari  va  4  ta  Nodavlat  ta’lim 

muassasalarida  31  ta  chet  tili  to’garaklari  tashkil  etilib,  ulardagi  76  ta  guruhlarga  1284  nafar 

o’quvchilar qamrab olingan bo’lsa, 174 ta maktabgacha ta’lim muassasalaridan 124 tasida ingliz tili 

to’garaklari tashkil etilib, ularga 4155 nafar tarbiyalanuvchilar jalb etilgan. 

 

Viloyat  Metodika  markazi  tomonidan  fanlar  va  sinflar  kesimida  2016-  2017  o’quv  yilining 



birinchi yarim yillik yakuni monitoringi natijalari asosida aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish borasida 

amalga  oshiradigan  ishlar  rejasi  tuzildi.  Mavzular  bo’yicha  aniqlangan  bo’shliqlarni  to’ldirish 

bo’yicha olib boriladigan faoliyatni samarali tashkil etish maqsadida umumta’lim maktablaridagi fan 

o’qituvchilariga metodik  yordam sifatida “Bo’shliqlar bilan ishlash daftari” nomli metodik tavsiyasi 

ishlab chiqildi va joylardagi umumta’lim maktablariga yetkazib berildi.   


Xalq  ta’limi  vazirligining  2017  yil  26  yanvardagi    Xalk  ta’limi  tizimida  “Yilning  eng  yaxshi 

fan o’qituvchisi” respublika tanlovini o’tkazish tug’risida”gi 31-sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash 

maqsadida  mart-aprelg’  oylarida  o’tkazildi.  “Yilning  eng  yaxshi  fan  o’qituvchisining”  viloyat 

bosqichiga 14 ta fandan o’qituvchilar ishtirok etdi. 

 

Viloyat  xalq  ta’limi  tizimidagi  ta’lim  muassasalari  o’qituvchilari  o’rtasida  “Eng  yaxshi  dars 



ishlanmasi”  ko’rik  tanlovini  o’tkazish  to’g’risida”gi  62–sonli  buyrug’i  asosida  tanlovda  hududlar 

kesimida  19  ta  fandan  jami  7657  nafar  fan  o’qituvchilari  1235  nafar  fan  o’qituvchilari  viloyat 

bosqichida  ishtirok  etib  ulardan    95  nafar  fan  o’qituvchisi  g’olib  bo’ldi.  Tanlovning  respublika 

bosqichida Karimova Nargiza Do’stlik tumanidagi 18-umumta’lim maktabining otna tili va adabiyoti 

fani  o’qituvchisi  2-o’rin,  Abdullaeva  Islom  Zarbdor tumani  25-IDUMning  MIG’  fani o’qituvchisi 3-

o’rin, Nurg’oziev SHuxrat Do’stlik tumanidagi 10-umumta’lim maktabining tarix fani o’qituvchisi 1-

o’rin,  Qo’chqorova  Dilfuza  Do’stlik  tumani  18-umumta’lim  maktabining  tarix  fani  o’qituvchisi  2-

o’rin,  Xoliqov  Niyatilla  SH.Rashidov  tumanidagi  58-umumta’lim  maktabining  musiqa  fani 

o’qituvchisi 1-o’rin, Safarova Gavhar Jizzax shahridagi 3-umumta’lim maktabning boshlang’ich sinf 

o’qituvchisi 2-o’rin jami 6 nafar fan o’qituvchisi g’olib bo’ldilar. 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o’rta ta’lim 

to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli hamda 2017  yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta va 

o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limining  davlat  ta’lim  standartlarini  tasdiqlash  to’g’risida”gi  187-sonli 

qarorlari  ijrosini  ta’minlash  yuzasidan  umumiy  o’rta  ta’limning  davlat  ta’lim  standartlari  va  o’quv 

dasturlarini  amaliyotga  joriy  etish  bo’yicha  maqsadli  o’quvlar  tashkil  etildi.  Maqsadli  o’quvning 

kaskad  usulida  hududlarda  davom  ettirish  maqsadida  7776    nafar  o’qituvchilar  hududlar  kesimida 

qamrab olindi. 

Umumta’lim fanlari bo’yicha o’quvchilar bilimining Davlat ta’lim standartlari talablariga mosligi 

darajasini  aniqlash  monitoringi,yakuniy  attestatsiya,  “Bilimlar  bellashuvi”,  “Fan  olimpiadalari”,  

natijalarini  o’rganib  tahlil  qilish,  aniqlangan  bo’shliqlarni  to’ldirish  va  o’quvchilar  o’zlashtirishi 

murakkab  bo’lgan  mavzular  ustida  ishlash  bo’yicha  darsdan  keyingi  qo’shimcha  mashg’ulotlarni 

tashkil  etish  hamda  bo’shliqlarni  to’ldirish  bo’yicha  metodik  materiallar  tayyorlash  va  umumta’lim 

muassasalariga yetkazib berish ishlarini tashkil etildi. 

Viloyat xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim muassasalari o’qituvchilarining fanlardan belgilangan 

metod  kunlarini  samarali  tashkil  etishlari  uchun  umumta’lim  maktablarida  “Metodik  xona”  tashkil 

etish, xonani texnik vositalar(televizor, DVD, ekran, proektor, kompg’yuter, printer), fanlar bo’yicha 

elektron  resurslar,  videodarslar,  ilg’or  ish  tajribalar  banki  bilan  jihozlash  ishlarini  tashkil  etish 

bo’yicha metodik tavsiyalar berib borilmoqda. 

 

  Mamlakatimiz  uzluksiz  ta’lim  tizimida  chet  tillarini  o’rgatish  tajribasidan  kelib  chiqib, 



umumiy  o’rta  ta’limning  kompetentsiyaviy  yondashuv  asosida  takomillashtirilgan  davlat  ta’lim 

standartlari,  o’quv-metodik  majmualarining  yangi  avlodini  ishlab  chiqish,  umumta’lim  fanlarini 

o’qitishning  uzluksizligi  va  izchilligini  yanada  takomillashtirishning  zamonaviy  metodologiyasini 

yaratish va amaliyotga joriy etish, o’quvchilarning ongli ravishda kasb-hunar tanlash motivatsiyalarini 

kuchaytirish  maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  2017  yil  6 

apreldagi  “Umumiy  o’rta  va  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limining  davlat  ta’lim  standartlarini 

tasdiqlash  to’g’risida”gi  187-sonli  qarori  bilan  umumta’lim  fanlari  bo’yicha  kompetentsiyaviy 

yondashuvga asoslangan Davlat ta’lim standartlari tasdiqlandi.  

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o’rta ta’lim 



tugrisidagi  Nizomni  tasdiklash  xakida”gi  140-sonli  xamda  2017  yil  6  apreldagi  “Umumiy  o’rta  va 

o’rta  maxsus,  kasb-xunar  ta’limining  davlat  ta’lim  standartlarini  tasdiklash  tugrisida”gi  187-sonli 

karorlari  ijrosini  ta’minlash  yuzasidan  umumiy  o’rta  ta’limning  davlat  ta’lim  standartlari  va  o’quv 

dasturlarini  amaliyotga  joriy  etish  buyicha  tegishli  mutaxassislar  uchun  2017-2018  o’quv  yilidan 

boshlab  maqsadli  o’quvlar  tashkil  etish,  xalk  ta’limi  xodimlarini  qayta  tayyorlash  va  ularning 

malakasini  oshirish  kurslari  dasturlari  qayta  kurib  chiqilishini  ta’minlash  maqsadida  Xalq  ta’limi 

vazirligining 2017  yil  15  maydagi “Umumiy  o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o’quv 

dasturlarini  amaliyotga  samarali  joriy  etish  yuzasidan  maqsadli  o’quvlar  tashkil  etish 

to’g’risida” gi buyrug’i chiqarildi. 

 

2017  yil  29-30    may,  31  may-2  iyung’  kunlari  Toshkent  shahridagi  A.Avloniy  nomli 



XTXQTMOIda  o’tkaziladigan  maqsadli  o’quvlarga  20  ta  fandan  40  nafar  trener-o’qituvchilar 

malakalarini  oshirish  qaytdilar.  Ushbu  o’quvlar  6-9  iyung’  kunlari  viloyat  miqyosida,  13-16  iyung’ 

kunlari tuman miqyosida, 20-23 iyung’ kunlari maktab miqyosida o’tkazildi.  Bugungi kunda viloyat 


xalq  ta’limi  tizimida  faoliyat  olib  borayotgan  jami  16164  nafar  pedagog  xodimlarning  barchasi 

komptentsiyaviy  yondashuvga  asoslangan  DTS  va  o’quv  dasturlarning  mazmun  –mohiyati  bilan 

tanishtirildi hamda ta’minlandi. 

 

Viloyat  xalq  ta’limi  boshqarmasi  xodimlari  tomonidan  hududiy  o’quvlar  belgilangan  jadval 



asosida  olib  borildi.  Mazkur  hududiy  o’quvlarga  ta’lim  muassasalarining  o’quv-tarbiya  ishlari 

bo’yicha direktor o’rinbosarlari to’liq  qamrab olindi. 

 

Maktab o’quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash 

 

      Ta’lim  mazmunini  takomillashtirish  va  o’quvchilar  bilim  samaradorligini  oshirishda  darsliklar 

ta’minoti,  yangi  avlod  darsliklari  hamda  o’quv  qo’llanmalarining  yaratilishi,  DTS    hamda  o’quv 

dasturlarini  takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006  yil  31  maydagi  362-  sonli  qarori  hamda 

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi 

hamda  O’zbekiston  matbuot  va  axborot  agentligining  2014  yil  14,  25,  15-QQ  va  08-05-04-  sonli 

qarori  bilan  tasdiqlangan  va  2014  yil  28  aprelda      Adliya    vazirligidan  2577-  sonli  raqam  bilan 



ruyxatdan  o’tkazilgan  “Umumta’lim  maktablarini  darsliklar  va  O’MQlar  bilan  ta’minlash 

tartibi  to’g’risida”gi  Nizom  qabul  qilingan.  Maktab  o’quvchilarini  darsliklar  bilan  ta’minlash  

mazkur  Nizom asosida olib borilmoqda.  

Viloyatda ta’lim o’zbek, rus, qozoq, qirg’iz va tojik tillarida olib boriladi. Olib borilgan ishlar 

natijasida  2-9-  sinf  o’quvchilari  ijara  darsliklar  bilan  ta’minlanganlik  darajasi  2017  o’quv  yilining 

birinchi yarim yillikda   100  % ni tashkil etadi. 

Boshqarma  tizimidagi  umumta’lim  maktablari  uchun  2016-2017  o’quv  yiliga  1-,2-,3-,4-,5-sinf 

o’quvchilari  uchun jami 1 101 232 dona (jumladan  1-sinflar uchun 358 397 dona, 2-sinflar uchun 321 

553  dona,  3-sinflar  uchun  285  723  dona,  4-sinflar  uchun  69  118    dona,  5-sinflar  uchun  51028  dona, 

shuningdek IDUM lar uchun 5 nomda 1134 dona, maxsus maktablar uchun 65 nomda 3 782 dona hamda 

maktab  o’qituvchilari  uchun  10  104  dona,  umumta’lim  maktablarining  2-sinf  o’quvchilari  uchun  26 

113dona, 3 sinf o’quchilari uchun 24 002 dona, 4- sinf o’quvchilari uchun 23 109 dona  chet tili darsliklari 

va daftarlari) darsliklar va o’quv-metodik qo’llanmalar qabul  qilingan. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006  yil  31  maydagi  “Umumta’lim  maktablari 

o’quvchilarini  darsliklar  bilan  ta’minlashni  takomillashtirish  borasidagi  qo’shimcha  chora  tadbirlar 

to’g’risida”gi    PQ  362-sonli  qarorining  ijrosi  bo’yicha  ham  viloyatda  muayyan  ishlar  amalga 

oshirilgan. 

Umumta’lim maktablari o’quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini yanada rivojlantirish, 

ularni  nashr  etishga  buyurtmalarni  shakllantirish  mexanizmi  hamda  ijara  tizimini,  shuningdek  

darsliklar  chakana  savdosi  keng  tarmog’ini  tashkil  qilish  ushbu  qaror  asosida  yanada  

takomillashtirilgan. 



  Umumta’lim  maktablarining  kutubxona  jamg’armalari  joriy  yilning  1  iyulgacha  xatlovdan 

o’tkazildi.  Xatlovdan    o’tkazilgan  darsliklar  va  O’MQlarni  nitijasi  tuman(shahar)  bo’yicha 

umumlashtirilmoqda. 

 

Manaviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar 

      2017  yilning      6  oyi  davomida  tizimdagi  ta’lim  muassasalari  o’quvchilarining  mahnaviy-axloqiy 

tarbiyasi  va  huquqiy  madaniyatini  yuksaltirish  borasida  bir  qator  ishlar  amalga  oshirildi.  Jumladan, 

reja  asosida  barcha  muhim  sanalar,  buyuk  allomlarning  tavallud  kunlariga  bag’ishlab  mahnaviy-

mahrifiy  tadbirlar  amalga  oshirib  borildi.  SHuningdek,  14-yanvar  “Vatan  himoyachilar  kuni”ga 

bag’ishlab umumta’lim maktablarida “Balli yigitlar” va “SHunqorlar” musobaqasi o’tkazildi. 

Fevralg’ oyida buyuk allomalar A. Navoiy va Z.Bobur tavalludi kuniga bag’ishlab qator adabiy 

tadbirlar, shehriyat kechalari, ochiq darslar tashkil etildi. SHuningdek  1  mart - shoira  Zulfiyaxonim 

tavalludiga  bag’ishlangan  adabiy  badiiy  kechalar,  ochiq  darslar,  seminar  va  konferentsiyalar  tashkil 

etildi.   

8 mart “Xalqaro-xotin qizlar kuni” ga bag’ishlab  O’quvchilar o’rtasida “Mehrim sizga 

onajon”, “Yurtimizda ayol zotiga munosabat”, “Onam oilamiz fayzi” mavzularida insholar yozdirildi, 

“Kamolot” va “Kamalak” sardorlari hamda “Sahovatli bolalar” harakati ahzolari tomonidan joylardagi 

keksa, yolg’iz va nogiron hamda “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida bo’lgan onaxonlarning holidan 

xabar olindi. 


“Yilning eng faol direktor o’rinbosari”, “Prezident asarlarini o’rganamiz” ko’rik-tanlovlarining 

quyi  maktab  bosqichlari,  “Barkamol  avlod”  bolalar  markazlari  o’quvchi-yoshlari  o’rtasida  “Yilning 

eng 

yaxshi 


iqtidorli 

yosh 


ixtirochisi”ko’rik-tanlovi, 

"Kitobxon 

maktab" 

ko’rik-tanlovi, 

“Giyohvandlikka  qarshi  birlashaylik”  rasmlar  tanlovi,  Imkoniyatlari  cheklangan  bolalar  o’rtasida 

“Maftunkor  ranglar  olami”  ko’rik-tanlovi,  “Orasta  qizlar”  ko’rik-tanlovi  ko’rik-tanlovlarining  quyi 

maktab bosqichlari ham  reja asosida o’tkazildi. 

SHuningdek,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  27  martdagi  “Atoqli  davlat 

arbobi  va  yozuvchi  SHarof  rashidov  tavalludining  100  yilligini  nishonlash  to’g’risida”gi  PQ-2854-

sonli  qarorining  ijrosi  bo’yicha  boshqarmaning  chora-tadbirlari  ishlab  chiqilib,  reja  asosida  ishlar 

tashkil etilmoqda. 

 

Vazirlar  Mahkamasining  1998  yil  26  martdagi  “Ijtimoiy-mahnaviy  muhitni  yanada 

sog’lomlashtirish,  diniy  aqidaparastlikning  oldini  olish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  130-sonli 

qarorida va dasturi asosida belgilangan vazifalarning ijrosi bo’yicha ham tizimda qator ishlar amalga 

oshirildi.  Jumladan,  mazkur  qaror  bilan  tasdqilangan  dastur  asosida  barcha  ta’lim-muassasalarida 

“Diniy ekstremizm va terrorizm-yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida 

davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etilib, targ’ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. Bugungi 

kunga  qadar  o’quv  yili  boshidan  250  ta  davra  suhbatlari  va  uchrashuvlar  o’tkazilib,  ularga  35 760 

nafar o’quvchilar qamrab olindi. 

 

Yanvarg’ oyida tizimda “Davomatni yaxshilash oyligi” deb ehlon qilinib, jamoat tashkilotlari 



bilan hamkorlikda ko’p dars qoldirayotgan o’quvchilar bilan tizimli ishlar amalga oshirildi. 

 

Fevralg’  oyida  541ta  umumta’lim  maktablarida  rejadan  tashqari  “Ota-onalar  yig’ilishlari” 



barcha  sinflarda  tashkil  etildi.  Yig’ilishda  o’quvchilar  davomati,  yo’l  harakati  xavfsizligi  qoidalari, 

jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish kabi masalalar tahlil qilindi. 

 

Mart  oyida  tizimda  “Ota-onalar  bilan  yakkama-yakka  suhbat”  tadbirlari  o’tkazildi.  Oy 



davomida  jami  4220  nafar  ota-onalar  bilan  farzand  tarbiyasiga  tahsir  ko’rsatishi  mumkin  bo’lgan 

salbiy holatlar va tahdidlar to’g’risida gaplashildi.  

 

Xuddi  shuningdek,  “Mahrifat”  gazetasining  2017  yil  15  martdagi  21-sonida  M.  Quronovning 



“Yangi  mafkuraviy  tahdidlar:  ularga  qarshi  kurashishda  asosan  milliy  tarbiya  usullarimizga 

tayanishimiz  zarur”  maqolasi  bo’yicha  barcha  maktablarda  ota-onalar  va  o’quvchilar  bilan  suhbatlar 

o’tkazildi.  

 

 



Xuddi  shuningdek,  reja  asosida  tizimdagi  o’quvchilarda  vatanparvarlik  tuyg’usini 

shakllantirish,  milliy  madaniy  meroslarga  hurmat  hissini  tarbiyalash  borasida  viloyat  O’lkashunoslik 

muzeyiga  yil  davomida  sayohatlar  uyushtirib  borilmoqda.  Yil  boshidan  buyon  3200  nafar 

o’quvchilarning sayohatlari uyushtirildi.  

Mahnaviy-mahrifiy  tadbirlar  bilan  bir  qatorda  o’quvchi-yoshlar  o’rtasida  huquqbuzarlik  va 

jinoyatchilikni oldini olish borasida profilaktik tadbirlar huquq tartibot organlari bilan “Odam savdosi-

davr muammosi”,  “Giyohvandlik asr vabosi” va shu kabi mavzularda muntazam ravishda reja asosida 

barcha ta’lim muassasalarida davra suhbatlari o’tkazib borilmoqda. Mazkur yo’nalishda 341 ta davra 

suhbatlari  o’tkazilib,  48075  nafar  o’quvchi-yoshlar  jalb  etildi.  Barcha  umumta’lim  maktablarida 

Sog’liqni saqlash, Ichki ishlar, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, 

Xotin-qizlar  qo’mitasi  va  boshqa  jamoat  tashkilotlari  bilan  o’quvchi-yoshlarni  umumta’lim 

maktablarini  bitirayotgan    21068  nafar  o’quvchi-yoshlar  va  ularning  ota-onalari  bilan  ta’limning 

keyingi bosqichiga qamrab olish bo’yicha  540 ta davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etildi. Davra 

suhbatlari va uchrashuvlarga 84 nafar soha mutaxassislari, 1230 nafar pedagog-xodimlar, 21068 nafar 

o’quvchilar va ularning 7000ga yaqin  ota-onalari qamrab olindi. 

Profilaktik  nazoratdagi  va  ichki  nazoratdagi  o’quvchilarning  sodir  etishi  mumkin  bo’lgan 

jinoyat  va  huquqbuzarlik  holatlarini  oldini  olish  maqsadida  har  bir  oilaga  yakkama-yakka  suhbat 

uchun tashriflar uyushtirildi.  

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017  yil  24  martdagi  08/61-19-(43)-sonli 

yig’ilish  bayoni  hamda  viloyat  hokimining  2017  yil  5  aprel  01-530-sonli  yig’ilish  bayoni  ijrosini 

ta’minlash  hamda  bolalarning  yozgi  dam  olish  va  sog’lomlashtirish  oromgohlarida  mazmunli  dam 

olishlarini  tashkil  qilish,  sifatli  tibbiy  xizmat  ko’rsatish  hamda  ularning  xavfsizligini  ta’minlash 

yuzasidan  13  ta  tuman  (shahar)larda  61  ta  ta’lim  muassasalarida  kunduzgi  oromgohlar  tashkil  etilib 

unda  5225  nafar  o’quvchilar  dam  olishi,  oromgohlarga  jami  750  nafar  xodimlar  jalb  etilishi  bular 



jumlasiga  pedagog  kadr  va  tarbiyachilar,  yetakchilar,  ingliz  tili,  jismoniy  tarbiya    hamda    musiqa 

o’qituvchilari, kutubxonachilar, xamshiralar va oshpazlar xodimlarini qabul qilingan.  

Oromgohlar  faoliyatini  tashkil  etish  uchun  viloyat    “Barkamol  avlod”    bolalar  markazi 

tomonidan  “Yoz-2017”  metodik  qo’llanmalar  ishlab  chiqilgan  va  barcha  turdagi  oromgohlarga 

yetkazildi. 

Barcha  umumta’lim  maktablarida Sog’liqni  saqlash,  Ichki ishlar, “Kamolot”  Yoshlar ijtimoiy 

harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar qo’mitasi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan 

o’quvchi-yoshlarni umumta’lim maktablarini bitirayotgan  21068 nafar o’quvchi-yoshlar va ularning 

ota-onalari  bilan  ta’limning  keyingi  bosqichiga  qamrab  olish  bo’yicha    540  ta  davra  suhbatlari  va 

uchrashuvlar  tashkil  etildi.  Davra  suhbatlari  va  uchrashuvlarga  84  nafar  soha  mutaxassislari,  1230 

nafar pedagog-xodimlar, 21068 nafar o’quvchilar va ularning 7000ga yaqin  ota-onalari qamrab olindi. 

     Umumta’lim  maktablarida  o’quvchilarning  davomatini  yaxshilash  maqsadida  “Davomat”  reydlari 

keng  jamoatchilik    vakillari  bilan  har  bir  maktabda  har  haftaning  juma-shanba  kunlari  o’tkazildi. 

Barcha  maktablarda  “Payshanba-profilaktika  kuni”  doirasida  IIB  xodimlari  va  tegishli  mutaxassislar 

bilan jami 320 ta davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etildi.  

Yozgi  tahtil  davrida  o’quvchilarning  bo’sh  vaqtlarini  mazmunli  o’tkazish  va  keng  qamrovda 

o’quvchilarni bandligiga qaratilgan  “To’garaklar festivali” tadbirining viloyat bosqichi joriy  yilning 

10-18 may kunlari barcha tumanlar va Jizzax shahri markaziy maydonlarida o’tkazildi.  

      Avgust oyida 3 bosqichda o’tkazilgan “Eng obod ta’lim muassasasi” ko’rik-tanlovining respublika 

bosqichida Baxmal tumanidagi 4-umumta’lim maktabi faxrli 2-o’rinni egalladi.   



Каталог: wp-content -> uploads -> 2017
2017 -> Comune di abbadia san salvatore
2017 -> Фамилия, Имя, Отчество. Сертификат номер
2017 -> O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
2017 -> Berdoq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Tarix va arxeologiya kafedrasi
2017 -> Berdaq nomidagi Qoraqolpaq Davlat Universiteti. Tarix va arxeologiya kafedrasi
2017 -> Bezirkshauptmannschaft krems fachgebiet Veterinärwesen
2017 -> O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi berdax nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
2017 -> O`zbekiston respublikasi oliy va o`rtа mаxsus tа`lim vаzirligi
2017 -> 6-sinf I variant J. Kuk 1771-1775-yillarda Hind okeanida qanday tadqiqot ishlarini olib borgan?


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling