Viloyat xalq ta’limi tizimida 2017 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida


Download 190.25 Kb.

bet2/3
Sana21.11.2017
Hajmi190.25 Kb.
1   2   3

                                          Maktabgacha tag’lim muassasalarida olib borilgan ishlar. 

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig’iga ko’ra, O’zbekiston 

Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi  

“2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar”gi 

PQ-2707-sonli qarori ijrosi bo’yicha belgilangan chora-tadbirlar va ularning bajarilish  

holatini o’rganish bo’yicha 

MA’LUMOTNOMA 

 

Jizzaxviloyati  xalq  ta’limi  tizimida  173  ta  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  faoliyat  olib 



boradi. SHundan 163  tasi  umumiy  tipda, 5  tasi  (Jizzax shaxridagi  5-,21-sonli,  G’allaorol  tumanidagi 

8- sonli, SHarof Rashidov tumanidagi 9- sonli, Zarbdor tumanidagi 6- sonli) maxsus ixtisoslashtirilgan 

maxsus  tipda,  5  tasi  (Jizzax  shaxridagi  2-  sonli,  21-sonli,  Paxtakor  tumanidagi  5-sonli,  Dustlik 

tumanidagi 4-, 17-sonli) sanatoriy tipida. SHuningdek, avgust oyi holatiga Baxmal tumani 1 ta MTM, 

SHarof Rashidov tumanida 1 ta yopik turgan davlat  MTMlar qayta tashkil etildi, va faoliyat boshladi. 

140 quvvatga ega  

Maktabgacha ta’lim  muassasalarining  jami  quvvati  21815  o’ringa mo’ljallangan  bo’lib,  hozirgi 

kunda 25563 nafar bola  qamrab olingan. Bu ko’rsatkich viloyatdagi jami  2-7  yoshdagi 132413 nafar 

bolalarga  nisbatan  19.3  foizni,  jami  maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  quvvatiga  nisbatan  110, 

foizni tashkil etmoqda. 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

2016 


yil 

29 


dekabrdagi  

PQ-2707-sonli  qaroriga  asosan,  2017-2021  yillarda  viloyatda  jami  81  ta  maktabgacha  ta’lim 

muassasasi  moddiy  bazasini  mustahkamlanadi  (3  ta  yangi  qo’rilish,  53  ta  rekonstruktsiya  va  25  ta 

kapital tahmirlash).  

SHundan, 2017 yilda Jizzax viloyatida 15 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida rekonstruktsiya 

va mukammal tahmirlash ishlari olib borilmoqda. (7 ta rekonstruktsiya, 8 ta mukammal tahmirlash). 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2016  yil  29  dekabrdagi  “2017-2021  yillarda 

maktabgacha  ta’limni  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  PQ-2707-sonli  qarori  hamda 

Xalq ta’limi vazirligining 2017  yil  30 dekabrdagi 315-sonli buyruqlari  ijrosini ta’minlash maqsadida 

viloyat 


xalq 

ta’limi 


boshqarmasining 

2017 


yil  

3 yanvardagi 11-sonli buyrug’i ishlab chiqilgan va tuman(shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini 

metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limlariga yetkazilgan. 

Joriy yilning bugungi kuniga qadar maktabgacha ta’lim muassasalari mudiralaridan 17 nafari o’z 

lavozimlaridan ozod etilgan bo’lib, ulardan         8 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati xuquq 

tartibot  organlari  va  boshqa  mutasaddi  tashkilotlar  tomonidan  tekshirilgan  va  mudiralarning 

noqonuniy  faoliyati  aniqlangan.  Ushbu  holatlar  bo’yicha  boshqarmaga  taqdimnoma  kiritilgan  va 

mudiralar lavozimidan ozod etilgan.  



Xususan,  SHarof  Rashidov  tumanidagi  19-sonli  “Nilufar”  maktabgacha  ta’lim  muassasasi 

mudirasi  Ropieva  Rayxon,  23-sonli  “Kamola”  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  mudirasi  Komilova 

Ehtibor, 7-sonli “SHalola” maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi SHomurodova Sayyora, Zarbdor 

tumanidagi  1-sonli  “SHodlik”  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  mudirasi  Umarova  Robiya,  6-sonli 

“Nurli  quyosh”  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  mudirasi  Yunusova  Surayyo,    Paxtakor  tumanidagi 

14-sonli  “G’uncha”  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  mudirasi  Niyazmetova  Feruza,  Do’stlik 

tumanidagi  3-sonli  “Lola”  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  mudirasi  Tog’aeva  Lola,  Jizzax  shaxrida 

21-sonli “Orzu” maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Ergasheva Zulfiyalar noqonuniy faoliyatlari 

tufayli lavozimidan ozod etilgan.   

SHuningdek,  yuqoridagi  kabi  kamchiliklarga  yo’l    qo’ygan  Jizzax  shaxrida  4  ta,  Do’stlik 

tumanidagi  3  ta  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  mudiralariga  mehnat  qonunchiligi  talablari  asosida 

intizomiy jazo choralari qo’llanilgan. 

Mirzacho’l tumanidagi 7-sonli “Oltin kalitcha” maktabgacha ta’lim muassasasida sodir etilgan 

noqonuniy holatlar bo’yicha maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Ergasheva Dilafro’zga nisbatan 

jinoiy ish qo’zg’atilib Jinoyat ishlari bo’yicha Mirzacho’l tuman sudining hukmiga asosan  ozodlikdan 

mahrum etish jazolari qo’llanilgan. 

Viloyat  bo’yicha  faoliyat  yuritib  kelayotgan  173  ta  maktabgacha  ta’lim  muassasalarining 

moddiy-texnika  ta’minoti,  bolalar  katnovi,  tartib  intizom  va  obodonlashtirish  masalalari  joylarda 

o’rganilganda  aksariyat  muassasalarda  ushbu  masalalarning  oqsayotganligi  va  bir  qator  muammolar 

borligi aniqlandi. 

Ushbu kamchiliklarga viloyat hokimligi va tegishli idoralar tomonidan haqqoniy baho berilib, 

viloyat hokimi tomonidan muhokama qilinib, bir qator amaliy chora-tadbirlar belgilangan. 



II. Maktabgacha ta’lim muassasalarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash hamda 

ularning malakasini oshirish bo’yicha: 

Jizzax  viloyat xalq ta’limi  boshqarmasi tasarrufidagi  170  ta  maktabgacha  ta’lim  muassasalarigi 

pedagog xodimlar soni 1560 nafarni tashkil etadi. SHundan 362 nafari oliy, 1166 nafari o’rta maxsus 

ma’lumotli bo’lib, ularning 99 nafarini nomutaxassis kadrlar tashkil qiladi. 

Pedagog xodimlardan1470 nafari hozirgi kungacha malaka oshirish kursidan o’tgan,99 nafari esa 

malaka oshirish kursidan o’tmagan. 

Barcha  tuman  va  shahar  xalq  ta’limi  bo’limlarida  rahbar  lavozimlariga  zahira  ruyxati 

shakllantirilgan. 



III. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tibbiy xizmatni tashkil etilganligi bo’yicha: 

Viloyatdagi 230 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida tibbiyot xonalari mavjud bo’lib, shundan 

63  tasida  izolyator  xonalari  bor.  Ulardagi  jihozlar  soni:  muzlatgichlar  44  ta,  bo’y  o’lchagich  139  ta, 

tarozi  110  ta,  dori-darmon  shkafi  127  ta.Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  dori  darmonlar    uchun  

83.4 mln so’m ajratilishi belgilangan bo’lib  8 oy davomida 23 foiz moliyalashtirilgan. 

IV. Maktabgacha  ta’lim  muassasalariga  bolalar  qamrovini  kengaytirish  va  ularning 

quvvatidan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha: 

Maktabgacha ta’lim  muassasalarining  jami  quvvati  21815  o’ringa mo’ljallangan  bo’lib,  hozirgi 

kunda 25563 nafar bola  qamrab olingan. Bu ko’rsatkich viloyatdagi jami  2-7  yoshdagi 132413 nafar 

bolalarga  nisbatan  19.3  foizni,  jami  maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  quvvatiga  nisbatan  110, 

foizni tashkil etadi. 

Viloyatdagi  maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  bo’sh  guruh  xonalarida  jami  142  ta  qisqa  muddatli 

guruhlar tashkil etildi.  

Bolalarni maktab ta’limiga  tayyorlashda  ommaviy axborot vositalari orqali targ’ibot-tashviqot  ishlari 

olib  borilmoqda,  Jumladan:  Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  uchun  kafedra  katta  o’qituvchisi 

M.Musurmonova tomonidan “Maktabgacha  yoshdagi bolalar mahnaviyatini shakllantirishning o’ziga 

xos xususiyatlari” mavzusida uslubiy ko’rsatma va “Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy adabiyot 

vositasida  mahnaviy  shakllantirish”  mavzusidagi  monografiyalari  Institut  ilmiy  kengashi  tasdig’idan 

o’tkazildi.  Hamda  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyachilari  uchun  kafedra  katta  o’qituvchisi 

M.Musurmonova 

tomonidan 

“Mahnaviy-mahrifiy  ishlarni  tashkil  etishda  pedagoglarning 

mashuliyati”,  kafedra  o’qituvchisi  L.Jabborova  tomonidan  “Maktabgacha  yoshdagi  bolalarga  milliy 

g’oyani singdirish usullari”, SH.Kamolova, L.Jabborovalar tomonidan “Sog’lom bola - yurt tayanchi” 

va “Ibn sino ta’limotida sog’lom turmush tarzi” mavzularida ilmiy maqolalar Respublika ilmiy-amaliy 

konferentsiyalarida  chop  etildi.“Mahrifat”,  “Jizzax  xaqiqati”,  “Jizzax  ovozi”  gazetalarida  maktabgacha 

ta’limga oid maqolalar chop etildi.  


V. Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  bolalarni  sog’lom  ovqatlantirish  ishlarini  tashkil 

etilganlik holati bo’yicha: 

Viloyatda  maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  oziq-ovqat  sanitariya    mehyorlari  asosida 

bajarilmoqda. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2016  yil  29  dekabrdagi  “2017-2021  yillarda  maktabgacha 

ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida”gi PQ-2707-sonli qarorlari, viloyat 

hokimligi,  prokuraturasining  maktabgacha  ta’lim  muassasalar  faoliyatini  o’rganish  natijalariga  kura 

o’tkazilgan  yig’ilishda  berilgan  topshiriqlar  ijrosini  ta’minlash  maqsadida,    maktabgacha  ta’lim 

muassasalarida  sifatli  ovqatlantirishni    tashkil  etish  hamda  faoliyat  yuritayotgan  hamshiralarning 

huquqiy  mehyoriy  hujjatlar  bilan  ishlash  samaradorligini  oshirish  maqsadida  viloyat  o’quv  amaliy 

seminari 2017 yil 10-yanvarg’ kuni G’allaorol tumanidagi  “Uchquncha” MTMida tashkil etildi.Unda 

viloyat  xalq  ta’limi  boshqarma  boshlig’i,  viloyat  DSENM  mutaxassisi  Yu.Bozorboev  va  xududiy 

vakillar, TMFMT va TEB uslubchilari, 2 nafardan ilg’or tajribaga ega mudira va xamshiralar ishtirok 

etdilar.  

VI. Bolalarni  maktab  ta’limiga  tayyorlashda  metodik  ishlarni  tashkil  etilganlik  holati 

bo’yicha: 

     Viloyatdagi  170  ta  maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  barchasida  kichik  kutubxonalar  tashkil 

etilgan  bo’lib,  kutubxonalar  bolalarning  badiiy  adabiyotga  bo’lgan  qiziqishlarini  barvaqt  uyg’otish 

maqsadida 

bolalar 

va  


ota-onalar 

uchun 


 

17241 


ta 

adabiyot 

bilan 

ta’minlangan 



bo’lib, 

ularning 

6588 tasini metodik, 10327 tasini bolalar badiiy adabiyoti tashkil etiladi. 

Viloyatdagi  maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  maktabgacha  ta’limga  qo’yiladigan  davlat 

talablari asosida bolalarning bilim, ko’nikma va malakalarining rivojlanish darajalari tahlil qilinganda 

ushbu ko’rsatgich 85,6 foizni tashkil etadi.  

Qishloq  hududlarida  3-6yoshdagi  farzandlari  maktabgacha  ta’lim  muassasalariga  qamrab 

olinmagan oilalarga 15 841 dona kitoblar jamlanmasini tarqatish ishlari yakuniga yetkazilgan. 

Maktabgacha ta’lim  muassasalarini  maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  nutqini  o’stirish,  o’qish, 

yozish,  atrof-olam  bilan  tanishtirish,  intellektual  qobiliyatini  rivojlantirishga  yo’naltirilgan  zarur 

didaktik  o’yinchoqlar  bilan  ta’minlanganlik  darajasi  viloyatda  49.5  foizni  tashkil  etadi,  

o’yinchoqlarga bo’lgan ehtiyoj 51,5 foiz. 

Maktabgacha  ta’lim  tizimini  yanada  takomillashtirish,  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarmog’ini 

kengaytirish, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga 

zamonaviy  ta’lim  dasturlarini  tatbiq  etish,  bolalarni  har  tomonlama  intellektual,  axloqiy,  estetik  va 

jismoniy  rivojlantirish  bo’yicha  viloyat  miqyosida  hamda    tumanlarda  o’quv-seminar,  davra  suhbati, 

treninglar muntazam o’tkazib borilmoqda. 

 

Jizzax viloyati hokimligi tuman(shahar) hokimliklarida amalga oshirilgan ishlar:  



 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

2016 

yil 

29 

dekabrdagi  

PQ-2707-sonli qarori ijrosi bo’yicha belgilangan chora-tadbirlarning bajarilish holati: 

Jizzax viloyatida 2017 yilda jami 15 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida qurilish-tahmirlash 

ishlarini amalga olshirilishi belgilangan(7 ta rekonstruktsiya va 8 ta mukammal tahmirlash). 

Mazkur  obhektlarning  barchasida  qurilish-tahmirlash  ishlari  boshlab  yuborilgan,  buyurtmachi 

va pudratchilar o’rtasida 13,0 mlrdso’mlik shartnomalar imzolangan. 

Joriy yilning 22 avgust holatiga 9,8 mlrdso’mlik qurilish-tahmitrlash ishlari bajarilgan. Bu esa 

yillik rejaning 75,5%ini tashkil etmoqda.  

Bugungi  kunda  barcha  obhektlarda  qurilish-tahmirlash  ishlari  olib  borilmoqda.  Obhektlarni 

foydlanishga topshirish muddati oktyabr-noyabr oylari etib belgilangan.  

Mahalliy hokimliklar tomonidan amalga oshirilgan ishlar: 

Jizzax      viloyatida  maktabgacha  ta’lim  tizimi  uchun  2017  yilning  8  oyi  davomida  joriy 

tahmirlash  ishlari  uchun  1,7  mlrd  so’m,  isitish  tizimini  tahmirlash  uchun  0,4  mlrd  so’m,  yumshoq 

jihozlar uchun 545 mln so’m, oziq-ovqat maxsulotlari uchun 7,1 mlrd so’m, dori-darmon mahsulotlari 

uchun 900 mln so’m mablag’lar moliyalashtirilgan. 

 

O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va 9-sinf bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga 



to’liq qamrab olish. 

 

     2017 yilning 6 oyida “Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-

hunar kollejlarida o’qish bilan  to’liq  qamrab  olinishini ta’minlash  bo’yicha kompleks chora-tadbirlar 



rejasi” joylarga ijro uchun yetkazildi va shu asosida amalga oshirilgan ishlar ma’lumotlari Respublika 

tashxis markaziga taqdim etildi. 

     2017 

o’quv 


yilida 

umumta’lim 

maktablarining 

9-sinf 


o’quvchilari  

  21068 nafarni tashkil etdi. SHundan 10690 nafari o’g’il bolalar, 10378 nafari qiz bolalar bo’lib, bu 

o’quvchilar to’g’risidagi ma’lumotlar “e-maktab” elektron ma’lumotlar bazasiga kiritildi. 

      2017 o’quv  yilida  umumta’lim  maktablarining  9-sinf  o’quvchilari  maktabni  bitirganlaridan so’ng 

qaysi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’qishni davom ettirishlari bo’yicha hoxish-istaklari 

borligini 

bilish 

maqsadida 



“So’rovnoma” 

o’tkazish 

rejalashtirilgan  

     “So’rovnoma”  natijasiga  ko’ra  21068    nafar  jami  bitiruvchidan,  akademik  litseylarga  1627  nafar 

bitiruvchi, 

kasb-hunar 

kollejlariga 

esa  


19441 nafar bitiruvchilar o’qish istaklarini bildirishdi. O’z hududidagi akademik litsey va kasb-hunar 

kollejlariga  20137 nafari,  boshqa viloyatlardagi  akademik  litseylarga  va  kasb-hunar  kollejlariga  626 



nafari, Toshkent shahridagi akademik litseylarga va kasb-hunar kollejlariga 305 nafari o’qish istagini 

bildirishgan.  

     Viloyat  tashxis  Markazining  mutaxassislari  tomonidan  umumta’lim  maktablarining  7-9-sinflarida 

30  mingdan  ortiq  ta’lim  olayotgan  qiz  bolalarni  ta’limning  keyingi  bosqichi  bilan  o’qishga  to’liq 

qamrab  olish,  erta  turmush  qurishni  oldini  olish,  mustaqil  hayotlarida  kasb-hunarning  o’rni  haqida 

to’liq  ma’lumotlarga  ega  bo’lishlari  uchun    “Kasb-hunar-qizlar  iqboli”,  “Hunarli  qiz-yurt  kelajagi”, 

“Bilimli  qiz  sarishta,  hunarli  qiz  farishta”  mavzularida  davra  suhbati  tashkil  etish  va  o’tkazish 

bo’yicha  namunaviy  stsenariysi  joylarga  yetkazildi  hamda  7-9-sinf  o’quvchi  qizlari  o’rtasida 

o’tkazildi. 

    Umumta’lim  maktablarining  9-sinf  o’quvchilari  o’rtasida  anhannaviy  tarzda  o’tkazib kelinayotgan 

“Men  tanlagan  kasbni-kelajak  hayotimdagi  o’rni”  mavzusidagi  insholar  tanlovining  tuman  (shahar) 

xamda  xududiy  bosqichlarini  o’tkazish  bo’yicha  Viloyat  xalq  ta’limi  boshqarmasining  2017  yil  21 

fevraldagi  “Umumta’lim  maktablarining  9-sinf  o’quvchilari  o’rtasida  “Men  tanlagan  kasbni-kelajak 

hayotimdagi o’rni” insholar tanlovi to’g’risida”gi 26-sonli buyrug’i ishlab chiqilib, joylarga yetkazildi 

hamda  Nizom  asosida  mart  oyida  viloyatimizdagi  barcha  umumiy  o’rta  ta’lim  muassasalarida 

o’tkazildi. Ko’rik tanlovning viloyat bosqichi natijalariga asosan Do’stlik tumani 10-sonli umumta’lim 

maktabining 9-sinf o’quvchisi Tosho’pulatov Muxammadqodir 1-o’rinni egalladi. 

     Respublika  tashxis  Markazining  2017  yil  2  martdagi  01/10-01-60-sonli  xati  asosida  umumta’lim 

maktablarining  8-9-sinf  o’quvchilari  o’rtasida  chet  tili  darslarida  “Mening  orzuimdagi  kasb” 

mavzusida  diktantlar  yozish  bo’yicha  tavsiyalar  ishlab  chiqilib  joylarga  yetkazilgan.  Xududlarda, 

ushbu  xat  ijrosini  ta’minlash  maqsadida,  umumta’lim  maktablarining  8-9-sinf  o’quvchilari  o’rtasida 

diktantlar o’tkazilmoqda. 

        Viloyat tashxis Markazi  umumiy urta ta’lim maktablari amaliyotchi-psixologlari tomonidan ukuvchilarning 

kasb-hunarga  bo’lgan  qiziqishlari  uzluksiz  tashxisini  aniqlash,  ularni  taxlil  kilish  ishlarini  ehtibordan  chetda 

qoldirmay,  viloyatdagi  mavjud  barcha  maktablarning  9-sinf  bitiruvchilaridan      “Differentsial  diagnostik 

surovnoma”, “Kasbiy motivatsiyani aniqlash”, “Qizikishlar xaritasi”, “SHaxs tiplarini va ularga mos kasblarni 

aniqlash”,  “SHaxs  tiplariga  psixologik  tavsif”  (Psixogeometriya)  xamda  “SHaxsning  kommunikativ  va 

tashkilotchilik  qobiliyatlari  (KTQ)ni  o’rganish  usuli”  kabi  psixologik  tashxis  metodikalari  o’tkazilib,  ularning 

layokati, qobiliyati va qiziqishlari o’rganib chiqildi va ushbu taxlilar orqali ularning kelajakda tanlashi mumkin 

bo’lgan kasblar  bo’yicha ma’lumotlar shakllantirildi. Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2017 yil 

28  yanvardagi    «  Yilning  eng  yaxshi  psixologi  »  ko’rik-tanlovining  II  viloyat    bosqichini  o’tkazish 

to’g’risida”gi  19/1-sonli buyrug’iga asosan  2017  yil  28-29  mart kunlari Jizzax shahridagi 6-sonli 

umumta’lim  maktabida  “Yilning  eng  yaxshi  psixologi”  ko’rik  tanlovining  II  viloyat  bosqichi 

o’tkazildi. 

    Tanlovda  viloyatning  13  ta  tuman  (shahar)laridan  12  nafar  amaliyotchi  psixologlar  ishtirok 

etdilar.Tanlovda    Baxmal,  G’allaorol,    Jizzax,  Zomin,  Zafarobod,  Zarbdor,  Do’stlik,  Forish, 

Yangiobod  tumanlari  va  Jizzax  shaxridan  ishtirok  etgan  maktab  psixologlari  faol  ishtirok  etib,  o’z 

kasbiy  mahoratlarini  ko’rsatdilar.  Ayniqsa,  tanlov  ishtirokchisi  S.Ergashevaning    yangi  pedagogik 

texnologiyalarni  hayotga  tadbiq  etayotgan  ilg’or,  tashabbuskor,  izlanuvchan  va  faol  maktab 

amaliyotchi  psixologi  ekanligini  namoyon  qilib,  viloyat  bosqichida  1-o’rinni  egallab,  Respublika 

bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi. 

     2017  o’quv  yilida  viloyatdagi  6  yoshli  bolalarni      jismoniy  va  ruxiy  rivojlanishida  nuqsoni 

bo’lmagan  holda  maktabga  tayyorlash,  ularni  chuqurlashtirilgan  tibbiy  ko’rikdan  o’tkazish  ,  tibbiy 

ko’rik natijasida kasalligi aniqlangan bolalari “D” nazoratiga olish, sog’lomlashtirish xamda sog’lig’i 

jixatidan  yetuk  bo’lganlarini  saralab  olish,  shuningdek,    umumta’lim  maktablari  1-9-sinf 



o’quvchilariga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini va samaradorligini  oshirish maqsadida  viloyat 

sog’liqni  saqlash  hamda  xalq  ta’limi  boshqarmalari  hamkorligida  joylarda  yanvarg’  oyidan  boshlab 

tibbiy ko’riklar o’tkazilib kelinmoqda.  

      SHuningdek,  joriy  o’quv  yilining  6  oyi  davomida  viloyatdagi  umumta’lim  maktablarining  9-sinf 

bitiruvchilari    ota-onalari  tomonidan  farzandlarini  ta’limning  keyingi  bosqichiga  o’tish  yuzasidan  

fikrnomalar  olindi.  Ushbu  fikrnomalar  natijasiga  ko’ra  viloyatdagi  jami  543  ta  umumta’lim 

maktblarining  21068  nafar  9-sinf  bitiruvchilari  ota-onalarining  fikrnoma  natijalari  qo’yidagilarni 

ko’rsatdi. Unga asosan akademik litseylarda 1271 nafar, kasb-xunar kollejlarida 10106 nafar, 10-11-

sinflarda  jami    9681  nafar  o’qish  istagini  bildirdilar.    Berilgan  takliflar  o’rganib  chiqilganda  tajriba-

sinov  tariqasida  2017-2018  o’quv  yilida  kasb-xunar  ta’limi  muassasalaridan  15  km  va  undan  ortiq 

bo’lgan umumta’lim maktablari ichidan  147 ta maktabda 10-sinflar ochildishi rejalashtirildi va ularga 

hozirgi kunga qadar 2846 nafar bitiruvchilar ta’lim olishlari va bundanda ko’payishi kutilmoqda. 

 

Jizzax  viloyati  bo’yicha  2016-2017  o’quv  yilida  idoraviy  bo’ysinuvi  va  mulkchilik 



shaklidan qathiy nazar umumta’lim maktablarini 21056 nafar 9-sinf bitiruvchilari bitirdilar. SHundan 

10332  nafari  qiz  bolalarni  tashkil  etadi  hamda  bu  o’quvchilar  to’g’risidagi  ma’lumotlar  “e-maktab” 

elektron ma’lumotlar bazasiga kiritildi. 

2016-2017 o’quv yilida umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini ta’limning keyingi 

bosqichi  bilan  qamrab  olish  uchun  o’quv  yili  davomida  “Ota-onalar  yig’ilishi”,  “Otalar  yig’ilishi”, 

“Onalar  yig’ilishi”,  “Kasb-hunar  qizlar  iqboli”,  “Hunarli  qiz-yurt  kelajagi”,  “Bilimli  qiz  sarishta, 

hunarli  qiz  farishta”  mavzularida  davr  suhbatlari  va  akademik  litsey  yoki  kasb-hunar  kollejlarida 

o’qishni davom ettirish hoxish-istaklarini aniqlash yuzasidan “So’rovnoma”lar  o’tkazildi. 

So’rovnoma  natijalariga  ko’ra  umumta’lim  maktablarining  21056  nafar  bitiruvchilardan 



1645  nafari    akademik  litseylarda,  19423  nafari  kasb-hunar  kollejlarida  o’qishni  davom  ettirish 

hoxish-istaklarini bildirishdi. 

SHundan,  o’z  hududidagi  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlariga  20119  nafar,  boshqa 

viloyatdagi  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlariga  640  nafar,  Toshkent  shahridagi  akademik 

litsey va kasb-hunar kollejlariga  309 nafar o’quvchilar xohish bildirgan. 

 SHu  bilan  birga  maktabni  bitirayotgan  o’quvchilarning  kasb-hunar  kollejlari  haqidagi 

tasavurrini  kengaytirish  maqsadida  viloyat  xalq  ta’limi,  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 

boshqarmalari hamda “Kamolot” YoIH ning viloyat kengashi bilan  

hamkorlikda  6  marotaba  “Ochiq  eshik”lar  kuni,  “Kasblar  festivali”  tadbirlari, 

“Mutaxassisliging-sening kelajaging” 3 marotaba shahar, tumanlarda va viloyat miqyosida qo’shma 

tadbirlar,  8-9-sinf  o’quvchilari  o’rtasida  “Men  orzu  qilgan  kasb”  insholar  tanlovi,  “Qiz  bolaning 



kasbi uning baxti” mavzusida 8 marotaba davra suhbatlari o’tkazildi.  

O’quvchilarni  ongli  ravishda  kasb-hunarga  yo’naltirish,  targ’ibot-tashviqot  ishlarini  yanada 

jonlantirish  maqsadida  umumta’lim  maktablarida  viloyatdagi  barcha  umumta’lim  maktablarida  2 

marotaba “Otalar yig’ilishlari” o’tkazildi.  

Ushbu yig’ilishda 19786  nafar ota-onalar, 894 nafar jamaotchilik vakillari hamda 602  nafar 

o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridan vakillar ishtirok etishdi.  

-  joriy  yilning  aprel  oyida  barcha  umumta’lim  maktablarida  qiz  bolalarni  kasb  tanlashlari 

uchun  imkoniyat  va  sharoit  yaratish,  erta  turmush  qurishini  oldini  olish  maqsadida  “Qiz  bolaning 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling