Viloyat xalq ta’limi tizimida 2017 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida
Download 190.25 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar sportini rivojlantirish
- Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufida 541 ta umumiy o’rta ta’lim maktabi
- “Davra suxbatlari va maxorat saboqlari”
- 9-may “Xotira va Qadrlash kuni”
- Markaziy kengash sovrini uchun
- “1-iyun Xalqaro bolalar kuni”
kasbi-uning baxti” mavzusida keng jamoatchilikni jalb qilgan holda “Onalar yig’ilishi” o’tkazildi; Ushbu “Onalar yig’ilishi” tadbirida 17637 nafar onalar, 1892 nafar jamoatchilik vakillari hamda 786 nafar o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi vakillari ishtirok etdilar. Ushbu yig’ilishlarda ota-onalarga O’zbekiston Respublikasining ta’limga oid qonunlari mazmun-moxiyati, ota-onalar burch va majburiyatlari, o’quvchilar ta’lim olishlari buyicha xuquqlari tushuntirildi. Qonunning 30-moddasida (Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning vazifalari) voyaga yetmagan bolalarning Ota-onalari yoki o’rnini bosuvchi shaxslari bolaning qonuniy huquqlari va manfatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgarligi belgilab qo’yilganligi to’g’risida bukletlar ota-onalarning qo’liga tarqatildi.O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ko’rsatmasi xamda shu asosda 2017 yil 21 iyundagi 01-89-sonli raqam bilan tasdiqlangan “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tajriba-sinov tarzida 11 yillik umumiy o’rta ta’lim tizimini joriy etish bo’yicha chora- tadbirlar rejasi xamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 iyuldagi 94- son majlis bayonida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash xamda maqsadida viloyatdagi umumta’lim maktablarida 10- 11-sinflar ochilishi munosabati Jizzax viloyatida umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarining o’z xohish-istaktalari asosida umumta’lim maktablarining 10-sinflari, akademik litseylar va kasb- hunar kollejlariga qamrabolish,ularga kasb-hunar o’rgatishni tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyuldagi 01-07/1- 1554-son bayoniga asosan respublika hamda xududiy ishchi guruhlari ishtirokida yig’ilish tashkil etildi. Ushbu yig’ilishda ishchi guruh ahzolari tomonidan qo’llanmada belgilangan tartibda 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalaridan so’rovnomalar o’tkazish hamda ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini o’rganib chiqish bo’yicha vazifalar belgilab berildi. Ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 541 ta ta’lim muassasalarida jami 21056 nafar 9- sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari bilan so’rovnoma o’tkazildi. Viloyat bo’yicha joriy yilning 18-23 avgust kunlari barcha 9-sinf bitiruvchilarini umumta’lim maktablarining 10-sinflariga to’liq qamrab olinishini ta’minlash maqsadida joylarda 10-sinflar ochilgan maktablar ota-onalari uchun maktab mahmuriyati tomonidan taklifnomalar tayyorlanib, tarqatildi va tarqatish reestrlari shaxsan ota-onalar tomonidan taklifnoma olinganligi bo’yicha imzolar qo’yilib, ushbu xujjatlar, asoslovchi foto-lavxalar bilan birgalikda boshqarmada jamlandi. Xozirda barcha tuman (shaxar)larda 9-sinf bitiruvchilarining ta’limning keyingi bosqichiga jalb etish kursatkichi 2017 yil 12 sentyabr xolatiga qo’yidagicha: jami 21056 nafar 9-sinf bitiruvchilaridan 21035 nafari, yahni 99,9% ta’limning keyingi bosqichlari bilan qamrab olindi. Ulardan 8091 o’rta maxsus kasb-xunar ta’limi muassasalariga, shundan: viloyatdagi akademik litseylar va kasb-xunar kollejlariga 7386 nafar, boshqa viloyatdagi akademik litsey va kasb-xunar kollejlarida 705 nafar, maktablarning 10-sinflariga 12944 nafar bitiruvchilar qamrab olindi, 21 nafari (0,1%), yahni Respublika tashqarisiga ko’chib ketganlar 7 nafar, 9-sinfda qolgan 1 nafar, kasalligi sababli 2 nafar, jazoni o’tash muassasasida 1 nafar, vafot etganlar 10 nafari ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olinmadi.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tizimida bolalar sportini rivojlantirsh bo’yicha umumtag’lim maktablarida jismoniy tarbiya va sport o’qituvchilari faoliyat olib bormokda.
Viloyat xalq ta’lim boshqarmasida 2017 yil 8-aprel kuni “Umid nixollari” sport musobaqasining 21 ta turida umum jamoa o’rtasida faxrli 1-o’rinni Jizzax shaxri 194 ball, 2- o’rinni G’allaorol tumani 175 ball, 3-o’rinni SHarof Rashidov tumani 174 ball bilan faxrli o’rinlarni egallagan tumanlar viloyat mintaqaviy bo’limi tomonidan kubok, estalik sovg’alari va 1-2-3 darajali diplom bilan taqdirlandilar. Yomon natijalar ko’rsatgan Forish, Yangobod va Mirzachul tumanlarga intizomiy choralar ko’rildi. Reja bo’yicha Tuman (shahar) hamda qishloq joylarda umumta’lim maktabi o’quvchilar bilan viloyatdagi yetakchi sportchilar taklif etgan holda “Davra suxbatlari va maxorat saboqlari” o’tkazildi: 1. Zarbdor tumanidagi 9-maktabda 20-aprel kuni “Viloyat yetakchi sportchisi Jizzaxlik bokschi Xurshid Tojiboev bilan davra suxbatlari o’tkazildi. Taniqli bokschi o’zining mashaqqatli mexnati va erishgan yutuqlari xaqida so’zlab berdi. 2. Jizzax shaxridagi 6-maktabda 10-may kuni “Viloyat yetakchi sportchisi futbol bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi ahzosi Sardor Rashidov bilan mahorat saboqlari o’tkazildi. “Yoshlik” JTSJ viloyat mintaqaviy bo’limi viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi viloyat sport federatsiyasi viloyat tuman (shaxar) bolalar usmirlar sport maktablari va tuman (shaxar) xududiy bo’linmalari bilan birgalikda turli sport tadbirlari o’tkazildi. Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli umumiy o’rta ta’lim maktablar o’quvchilari o’rtasida 7-9-11-13-15 yoshdagi o’smir va qizlar o’rtasida I-maktab bosqichi, II-tuman (shaxar) bosqichi III-viloyat bosqichi sportning shaxmat turidan o’tkazildi. I-maktab bosqichi 2017 yil 24-26 aprel kunlari o’tkazildi. Bu musobaqalarda jami: 17624 nafar (shundan 8812 nafar qizlar) umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari qatnashdilar. II- tuman (shaxar) bosqichi 2017 yil 28-30 aprel kunlari o’tkazildi. Bu musobaqalarda jami:1070 nafar (shundan 535 nafar qizlar) umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari qatnashdilar. III-viloyat bosqichi 2017 yil 12-18 may kunlar o’tkazildi. Bu musobaqada jami: 28 nafar (shundan 14 nafari qizlar) umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari qatnashdilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturiga muvofiq va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Nizom bo’yicha Jizzax viloyati Xalq talimi boshqarmasi tizimidagi umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-9 sinf o’quvchilari o’rtasida “Maktab ligasi” sport musobaqalarining 3-bosqichi o’tkazildi. Birinchi bosqich maktab bosqichi, ikkinchi bosqich xududlarga bo’lingan xolda uchunchi bosqich 2017 yil fevral, mart va aprel oylarida tumanlar (shaxar) final bosqichlari yakuniy musobaqalari o’tkazildi. 5-sinf o’quvchilari o’rtasida sportning mini futbol turidan Jizzax viloyat tumanlar (shaxar) bo’yicha jami: 736 o’quvchi sportchilar ishtirok etdilar, g’olib bo’lgan maktablar o’quvchilar tuman (shaxar) final bosqichida ishtirok etishdi. 6-7-sinf o’quvchilari o’rtasida sportning voleybol turidan Jizzax viloyat tumanlari (shaxar) bo’yicha jami: 1472 (shundan 726 nafari qizlar) o’quvchi sportchilar ishtirok etdilar.
8-9-sinf o’quvchilari o’rtasida sportning basketbol va gandbol turidan Jizzax viloyat tumanlar (shaxar) bo’yicha jami: 2944 (shundan 1472 nafari qizlar) o’quvchi sportchilar ishtirok etdilar. 9-may “Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan Xalq ta’limi ahlochisi ish faoliyatini boshlagandan nafaqaga chiqqanga qadar jismoniy tarbiya o’qituvchisi bo’lib ishlagan marxum ustoz Oqil Umarov xotirasiga bag’ishlab sportning voleybol turidan umumta’lim maktabi o’smir o’quvchilar o’rtasida viloyat ochiq birinchiligi o’tkazildi. Bu musobaqada 13 ta tumandan jami 156 ta o’quvchi sportchilar qatnashdilar. Joriy yilning 19-21 aprel kunlari Jizzax shaxridagi 10-16 maktablar sport zallarida sportning voleybol turidan o’smirlar va qizlar o’rtasida Markaziy kengash sovrini uchun viloyat birinchiligi o’tkazildi.Ushbu musobaqada jami 360 nafar usmir va qizlar musobaqada qatnashdilar. Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari o’rtasida 11-13 may ko’nlari mini futbol turidan viloyat birinchiligi o’tkazildi. Bu musobaqada jami 130 ta maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar.
shiori ostida o’smirlar o’rtasida futbol bo’yicha Respublika ochiq turniri o’tkazildi. Ushbu musobaqaga jami 256 nafar maktab o’quvchilari musobaqada qatnashdilar.
Kompyuter sinflari bilan ta’minlanish 2017 yilning 1-yarmi davomida viloyat bo’yicha 541 ta umumiy o’rta ta’lim maktablari, 14 ta Barkamol avlod bolalar markazlari, 4 ta maxsus maktab internatlarida internet tarmog’i bilan ta’minlash ishlari olib borildi. 111 tasi “Uztelekom”AK Jizzax fililali (simli) hamda 389 tasi “Uzmobayl” AK (simsiz) Jizzax filiallari bilan shartnoma imzolanib ushbu Aktsianerlik kompaniyalari orqali ta’lim muassasalarini Ziyonet ta’lim tarmog’iga ulangan. Bugungi kunga qadar viloyatdagi 462 ta umumtag’lim maktablari kompg’yuter bilan tag’minlangan bo’lib, 503 ta sinfda 7473 ta kompg’yuter mavjud. Joriy yilning yanvarg’ oyidan boshlab viloyat xalq ta’limi tizimidagi 46 ta “Mahorat maktablari”da maktablarning veb-saytlari tashkil etildi. Ularda elektron aylanma tizimi yo’lga qo’yilgan va doimiy ravishda monitoringi olib borilmoqda.
Viloyatdagi "Barkamol avlod" bolalar markazlarida 2017 yilning 1-yarimida maktabdan tashqari ta’lim muassasalari negizida 14 ta “Barkamol avlod” bolalar markazlari bo’lib, ularning moddiy-texnik holati tubdan yaxshilanib, bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi: Maktabdan tashqari ta’limga qo’yilgan davlat talablari asosida “Barkamol avlod” bolalar markazlarida uchta: texnik ijodkorlik, badiiy ijodiyot hamda o’lkashunoslik va ekologiya yo’nalishlarida ta’lim–tarbiya ishlari to’laqonli yo’lga qo’yilgan. “Barkamol avlod” bolalar markazlarida 2017 yilning 1-yarmida 350 nafarni tashkil etadi. SHulardan: oliy ma’lumotli 114 nafar, o’rta-maxsus ma’lumotlilar 231 nafarni tashkil etdi. “Barkamol avlod” bolalar markazlarida 2017 yilida to’garaklar soni 302 tani tashkil etdi. “Barkamol avlod” bolalar markazlarining to’garaklariga qatnashgan bolalar soni 7301 nafarni tashkil etadi.
Badiiy ijodiyot yo’nalishi bo’yicha “Yosh qalamkash”, “Tasviriy sanhat”, “Qalam tasvir”, “Rang tasvir”, “Milliy raqslar”, “Yosh hunarmand”,“Bolalarning texnik ijodkorligi”, “Ekologiya”, “Gulchilik”, “Yosh jurnalist va notiq” to’garaklari faoliyat yuritmoqda. Viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazlari pedagog xodimlari tomonidan jami 18 ta uslubiy qo’llanmalar, tavsiyanomalar va dars ishlanmalari ishlab chiqildi.
- Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomini mustahkamlash, elektron hujjat almashinuvi tizimi faoliyatini samarali tashkil etish -“Xalq ta’limi xodimlarini anhanaviy Avgust kengashlarini o’tkazishda innovatsion yondashuv” -“O’quvchilarni darsliklar va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash tartibi” mavzusidagi o’quv- seminar
-Ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha kompetentligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni qo’llagan holda Internet tarmog’idagi ochiq resurslardan foydalanish -“Ta’limning sifati va samaradorligiga erishish” mavzuida seminar -Davlat statistika qo’mitasining 2-ta’lim shakli (IX-bo’lim) hisobotini ta’lim muassasalari, tuman, shahar XTMFMTTEBdan qabul qilish, umumlashtirish, tahlil etish, pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik va ularga bo’lgan ehtiyojni aniqlash borasida yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo’llari -“Yangi o’quv yilidagi ustuvor vazifalar: muammo va yechim” mavzusida ommaviy axborot vositalari ishtirokida matbuot anjumani -Voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlash, ular o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni giyohvandlik, axloqsizlik va boshqa zararli illatlardan himoya qilish hamda bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan davra suhbati va uchrashuvlar tashkil etish -“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilarining Zomin tumanidagi “Lochin” oromgohida dam olishlarini tashkil etish - Xalq ta’limi boshqarmasi apparati xodimlari o’rtasida “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test sinovlarini tashkil etish - Ta’lim muassasalariga yetkazib berilgan jihozlardan samarali foydalanish va ularning saqlanishi bo’yicha hududlarda bosqichma-bosqich o’quv seminarlar -“1 oktyabrg’ - O’qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayramiga bag’ishlab umumta’lim maktab o’qituvchilari o’rtasida sport musobaqalari -“Yilning eng yaxshi maktab direktori” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi - Xalq ta’limi yo’nalishida “Eng faol mahnaviyat targ’ibotchisi” ko’rik tanlovi kabi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 iyundagi “Jizzax shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish to’g’risida”gi 418-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligining chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Jizzax shahri SH. Rashidov shoh ko’chasi 1-uyda yangidan qurilayotgan Jizzax VPXQTMOI o’quv binosini 150-o’rinli o’quv bino, 100 o’rinli yotoqxona va 75 o’rinli oshxonaga moslashtirildi. Maktab-intenatining ustavi ishlab chiqildi va davlat ro’yxatidan o’tkazildi. Maktab-internatda 2017-2018 o’quv yili uchun 5-6-7-8-sinflar tashkil etildi va mazkur sinflarga iqtidorli o’quvchilar tanlov asosida qabul qilindi. Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan maktab-internatga oliy ma’lumotli, kamida 5 yil pedagog ish stajiga ega bo’lgan pedagog kadrlar tanlov asosida ishga qabul qilindi.
Download 190.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling