2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


6§. Plastik kartochkalar


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/92
Sana13.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1266220
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92
Bog'liq
19 y Banklarda hisob va tolov tizimi o qol K N Navrozova T 2005y

 


121
6§. Plastik kartochkalar 
Plastik kartochka – bu umumlashtirilgan termin bo’lib, u hamma tur 
kartochkalarni bajaradigan funktsiyalari, ularning biror-bir belgilanishi, texnik 
imkoniyatlarini umumlashtirilgan xolatdir. Hamma turdagi kartochkalarning asosiy 
xususiyatlari shundaki, bunda alohida axborot jamlanmasi va alohida yordamchi 
dasturlardan foydalanadi.
Shunday qilib, plastik kartochka - bu shaxsiy to’lov vositasi bo’lib, uni 
kartochkadan foydalanuvchi shaxs mahsulot va xizmatlar uchun naqd pulsiz to’lovni 
amalga oshirishi uchun taqdim etadi, shuningdek banklar va bankomatlardan naqd 
mablag’larni olish uchun ishlatiladi. 
To’lov kartochkalari ishlatilishi vaqtida yuzaga keluvchi to’lov majburiyatlarini 
bajarilishini kartochkani chiqargan bank emitent kafolatlaydi. Shuning uchun 
kartochkalar o’zining amal qilish muddati davomida bankning mulki bo’lib qoladi, 
mijozlar uni faqatgina foydalanish uchun oladilar . 
Kartochkani mijozga berilishi vaqtida uning shaxsiylashtirilishi amalga 
oshiriladi unga ma’lumotlar kiritiladi. Bu ma’lumotlar kartochkani va uning egasini 
identifikatsiya qiladi, shuningdek to’lov va naqd pul berilishi vaqtida kartochkalar 
to’lovga layoqatliligini tekshirishga yordam beradi . 
Kartochkadan foydalanish jarayonida sotuvning tasdiqlanishi va kartochka 
bo’yicha naqd pul berilishi avtorizatsiya deyiladi. Avtorizatsiyani amalga oshirish 
uchun xizmat ko’rsatuvchi nuqtalar to’lov tizimiga kartochka egasining xuquqlari va 
moliyaviy imkoniyatlarini tasdiqlash uchun so’rov yuboradi. 
Avtorizatsiyaning o’tkazilishi to’lov tizimiga kartochka turiga va xizmat 
nuqtasining texnik jihozlanishiga bog’liq. Odatda avtorizatsiya qo’lda bajariladi. 
Bunda sotuvchi yoki kassir telefon orqali operatorga so’rov yuboradi yoki avtomat 
tarzda kartochka POS - terminalga o’rnatiladi. Ma’lumotlar kartochkadan hisoblanib 
kassir tomonidan to’lov summasi kiritiladi. Kartochka egasi tomonidan esa maxsus 
klaviatura orqali maxfiy pin kod (PIN personalniy identifikatsionniy nomer) 
kiritiladi. Bundan so’ng terminal avtorizatsiyani yo to’lov tizimining ma’lumotlar 
bazasi bilan ulangan holda (on – line rejimi) yoki kartochkaning o’zi bilan 
qo’shimcha ma’lumot almashinish (of - line rejimi) bilan amalga oshiradi. 
Hisob-kitob vaqtida kartochka egasi bir qancha limitlar bilan chegaralanadi. 
Misol uchun, debet kartochka egasi o’z schyotiga oldindan mablag’ kiritishi 
lozim. Mablag’lar hisobiga karab kartochka egasining limiti aniqlanadi. Ya’ni mijoz 
o’z kartochkasidagi mablag’lar chegarasida harakat qilishi lozim va hisobidagi 
mablag’larni to’ldirib turishi mumkin. 
To’lovning ta’minlanishi uchun kartochka egasi oldindan o’z hisobiga mablag’ 
kiritmasdan, kredit olishi mumkin. Kredit kartochkani chiqargan bank emitentdan 
oladi. Bunday kartochka kredit kartochkasi deb ataladi. Bu holda limit taqdim etilgan 
kreditning summasiga bog’liq bo’ladi. Kredit bir martalik yoki qayta tiklanadigan 
bo’ladi. Kreditni qayta tiklash qarzdorlik summasini hammasini yoki uning ma’lum 
bir qismini to’lagandan so’ng amalga oshiriladi. 
Bu ikkala kartochka ham o’z navbatida korporativ kartochka bo’lishi mumkin. 
Korporativ kartochkalar kompaniya tomonidan o’z ishchilariga komandirovka va ish 


122
safarlari xarajatlarini qoplash uchun taqdim etiladi 
Oilaviy kartochkalar - bunda kartochka bilan foydalanish xuquqi kartochka 
egasining oila a’zolariga ham taqdim etiladi. Bunda har bir oila a’zosiga alohida 
kartochka taqdim etiladi . 
Kartochkani chiqaruvchi bank emitent deb ataladi. Emitent bank kartochkaning 
chiqarilishi, uning to’lov vositasi sifatida ishlatilishi bilan bog’liq moliyaviy 
majburiyatlarining bajarilishini kafolatlaydi. Lekin savdo va xizmat ko’rsatish 
korxonalari tomonidan qabul qilinishini ta’minlamaydi. Bu masalalarni bank ekvayer 
bajaradi va savdo nuqtalari bilan kartochka o’rtasidagi amalga oshiriladigan 
operatsiyalarni bajaradi. Avtorizatsiya uchun talablarni ko’rib chiqadi. Savdo 
nuqtalari hisob-kitob schetiga tovar va xizmatlar uchun to’lovlarni o’tkazib beradi, 
hujjatlarni qabul qilish, ajratish va yuborish bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari, 
bank ekvayer o’zida va o’z bo’limlarida o’rnatilgan bankomatlar orqali naqd pul 
berilishini amalga oshiradi. 
Shuni ko’rsatib o’tish kerakki, bank ekvayerning asosiy funktsiyalaridan biri 
xizmat ko’rsatish nuqtalariga hisob-kitob va to’lov amalga oshirishidir. 
Barcha to’lovlar ma’lum bir to’lov tizimi asosida amalga oshiriladi. Plastik 
kartochkalarning to’lov jarayonida ma’lum bir standartga asoslanishi va uni amalga 
oshiruvchi sub’ektlar va usullar barchasi to’lov tizimini tashkil qiladi. 
To’lov tizimining yaratilishida asosiy vazifalardan biri tizim tarkibiga kiruvchi 
emitentlarning kartochkalariga xizmat kursatish qoidalarini ishlab chiqish va amalga 
oshirish, o’zaro hisob-ktoblar va to’lovlarni amalga oshirishdir. Bu qoidalarga 
kartochkalar bo’yicha operatsiyalarni texnik tomonini qamrab olib berilgan 
ma’lumotlar standarti avtorizatsiya va boshqalar, shuningdek moliyaviy tomonlari 
savdo va xizmat ko’rsatish nuqtalari bilan o’zaro hisob-kitoblar, banklar o’rtasidagi 
hisob-kitob qoidalari, tariflar va boshqalar kiradi. 
To’lov tizimi yaxshi rivojlanishi uchun kartochkalarga xizmat ko’rsatishda 
texnik qo’llab-quvvatlashni amalga oshiruvchi nomoliyaviy tashkilot protsessini va 
kommunikatsiya markazlari texnik xizmat ko’rsatish markazlari va boshqalar muhim. 
Protsessing markazi - bu maxsus xizmat ko’rsatuvchi tashkilot bo’lib, 
ekvayerlardan kelib tushuvchi avtorizatsiya uchun talablar va o’zida kartochka bilan 
amalga oshgan to’lovlar va naqd pul berilgan ma’lumotlarni aks ettiruvchi 
protokollarni qabul qildi. Buning uchun markaz ma’lumotlar bazasini olib borib unda 
to’lov tizimi a’zolari va kartochka egalari aks ettirilgan. 
Agar bank emitent o’zida bazasi bo’lmasa (of-line bank) markaz o’zida 
kartochka egalarining limitlari haqida ma’lumot va avtorizatsiya uchun talablarni 
bajaradi. Aks holda (on-line bank) protsessing markazi qabul qilingan talabni bank 
emitentga yuboradi. 
Markaz shuningdek, bank ekvayerga ham javobini yuboradi. Bundan tashqari 
bir kunda yig’ilgan tranzaktsiya protokollari asosida protsessing markazi to’lov 
tizimining ishtirok etuvchi banklari o’rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 
oxirgi ma’lumotlarni yig’adi va tarqatadi. Shuningdek protsessing markazlari bank 
emitentlarning boshqa yangi kartochkalariga bo’lgan talabini qondirishi mumkin. 
Shuni ta’kidlash kerakki, rivojlangan to’lov tizimi bir qancha protsessing 
markazlariga ega bo’lishi mumkin ularning rolini bank ekvayerlar ham bajarishi 


123
mumkin. 
Kommunikatsiya markazlari to’lov tizimi sub’ektlariga ma’lumotlarni 
tarqatuvchi tarmoq dasturni ta’minlaydi. 
Plastik kartochkalarni o’z xususiyatlari va funktsiyalariga qarab quyidagi 
turlarga bo’linishi mumkin. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling