Glossariy-buxgalteriya hisobi
Download 66.62 Kb.
|
o\'zb on
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekologiya
- Ekotizim
- Energiya peramidasi
Glossariy-buxgalteriya hisobi Ekvayer-bu plastik kartalar boʼyicha toʼlov mexanizmini amalga oshiruvchi bank yoki tashkilot. Eksport (Tovar/xizmat (ishlar))-Oʼzbekistonda ishlab chiqarilgan tovar Oʼzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga uni qaytarib olib kirish majburiyatisiz olib chiqishni nazarda tutuvchi eksport bojxona rejimi. Oʼzbekiston Respublikasi yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsiga, xizmatlar/ishlar bajarilishining geografik joyidan qatʼiy nazar bajariladigan ishlar (xizmatlarni). Elektron oferta- omonat shartnomasining barcha asosiy shartlarini oʼz ichiga olgan, oferta qiluvchi shaxsning javob qaytargan shaxs bilan ofertada koʼrsatilgan shartlar asosida shartnoma tuzishga xohish irodasini bildiruvchi taklif (bundan buyon matnda oferta deb yuritiladi). Elektron raqamli imzo- egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan elektron hujjatdagi raqamli imzo. Elektron tijorat-axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi. Elektron hujjat- elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʼlgan axborot. Emissiya- banknotalar va qimmatli qogʼozlarni chiqarish. Banknotalar chiqarish faqat davlat tomonidan amalga oshiriladi. Emissiyaning maqsadi naqd pulda tovar aylanishiga xizmat qilishdir. Emissiyaning hajmi bozorda mavjud tovarlar massasiga mos kelishi kerak. Emissiyaviy qimmatli qogʼozlar- bitta chiqarilish doirasida bir xil belgilar va rekvizitlarga ega boʼlgan, mazkur chiqarilish uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladigan hamda muomalada boʼladigan qimmatli qogʼozlar. Emissiyaviy qimmatli qogʼozlar chiqarilishlarining yagona davlat reestri- roʼyxatdan oʼtkazilgan emissiyaviy qimmatli qogʼozlar chiqarilishlarining roʼyxati. Empirik tahlil- faktga oid maʼlumotlarni tahlil qilish asosida axborotni oʼrganish va izohlashga yondashuv. Empirik yondashuv nazariyalar va kontseptsiyalar emas, balki real maʼlumotlar, oʼlchovlar va natijalarga asoslanadi. Ekologiya-Tirik organizmlar va ularning muhiti o'rtasidagi o'zaro aloqalarni ilmiy o'rganish.Glossariy. Qishloq xo’jaligi
Download 66.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling