2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси
- sxema Xujjatlarni ma’lumot bazasiga
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
19 y Banklarda hisob va tolov tizimi o qol K N Navrozova T 2005y
- Bu sahifa navigatsiya:
- MIJOZ hujjatlarni tayyorlash POChTA QUTISI Axborotni uzatish tayyorlash KRIPTO JARAYoN Elektron imzoni shifrlash KRIPTO JARAYoN
9 - sxema
Xujjatlarni ma’lumot bazasiga kiritish sxemasi Bank mijoz dasturi bankning shaxsiy mulki hisoblanadi. Bank mijozlari ushbu dasturning asosiy foydalanuvchilari hisoblanib, ular munosabatlari tartibga solinishi uchun shartnoma tuziladi. Lekin “Bank mijoz” dasturi orqali operatsyailarni amalga oshirishdan avval mijozlar bir qator texnik vositalar bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. 10 - sxema Mijoz uchun talab etiladigan texnik vositalar Shunday qilib, sxemada ko’rinib turganimizdek dasturiy majmuaga ulanishlari uchun mijozlarda quyidagilar bo’lishi talab etiladi: • shaxsiy kompyuter; • modem; • printer; • mos dasturiy ta’minot, ya’ni Windows 98, 2000; Win NT4, NT Server, Windows XP, Millennium va xokazolardan biri. Elektron pul hisob hujjatlarining to’g’ri shakllantirilishi, shifrlanishi va ularning aloqa kanallari orqali bankka uzatilishi bo’yicha javobgarlik mijoz zimmasiga yuklatiladi. MIJOZ hujjatlarni tayyorlash POChTA QUTISI Axborotni uzatish tayyorlash KRIPTO JARAYoN Elektron imzoni shifrlash KRIPTO JARAYoN Deshifnatsiya, elektron izoni tekshirish KIRITISh Bankning MB siga hujjatlar kiritish TAHLIL Axborotlar rekvizitlari nazorati Texnik vositalar Shaxsiy kompyuter Modem Printer Mos dasturiy ta’minot 112 Bank mijozning hisobvarag’idan mablag’larni to’g’ri hisobdan chiqarilganligi va o’tkazilganligi, hamda elektron to’lovlar tizimi bo’yicha axborotni o’z vaqtida uzatish uchun javobgardir. Aloqa kanallari orqali mijoz bilan bank o’rtasidagi axborot almashinuvi shartnomada kelishilgan vaqtda amalga oshiriladi. Yangi amaliyot kuni boshlanishdan oldin mijoz o’tgan kun bo’yicha o’z depozit hisobvarag’idagi harakatlar (oborotlar) va qoldiqlarni bank bilan taqqoslab tekshirib olishi shart. Agar harakatlar va qoldiqlar mos kelsa, mijozga yangi amaliyot kunini boshlash va hujjatlarni kiritish uchun ruxsat beriladi. Aks holda ular o’rtasidagi farq sabablari aniqlanadi va mijoz axborot bilan muvofiqlashtiriladi. Shaxsiy hisobvaraqlardagi harakatlar va qoldiqlarning taqqoslash natijalaridan qat’iy nazar bank bilan mijoz o’rtasidagi axborot so’rovnomalari va habarlar almashinishi amalga oshiriladi. Bu tizim orqali hisob-kitob qilishda mijoz o’z hisobvarag’idan mablag’larni faqat to’lov topshiriqnomasi shaklida amalga oshiradi. Bankda mijozlardan aloqa kanallari orqali olingan elektron pul hisob-kitob hujjatlari, to’lovlar amalga oshirilgandan keyin ikki nusxada bosmaga chiqariladi: • bir nusxasi umumiy tartibda bankning kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi; • ikkinchi nusxasi esa taqqoslash uchun pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalarini olinguncha bankda qoldiriladi. Mijoz aloqa kanallari orqali jo’natilgan pul hisob hujjatlarining asl nusxalarini bankka shartnomada ko’rsatilgan muddatlarda etkazishi lozim, bunda elektron hujjatlar asl nusxa bilan solishtirilib, buxgalter imzosi va unga biriktirilgan bank shtampi bilan tasdiqlanadi va elektron hujjatlarning nusxalari bilan birgalikda bankning kunlik hujjatlariga tikib qo’yiladi. Dasturdan foydalanuvchi mijozlarning pul hujjatlarining asl nusxalarini yuritish uchun bankda alohida hujjat papkalari yuritiladi. Dastur orqali mijozning ish tartibi quyidagicha bo’ladi: Mijoz pul hujjatlarini 60-yo’riqnomaga asosan rasmiylashtiradi. Mijozning ma’lumotlarini hisob-kitob hujjatining asl nusxasiga asoslangan holda kompyuterga kiritishni amalga oshiradi. Kompyuterga kiritilgan hujjatlarning ro’yxati bosmadan chiqarilishi zarur. Javobgar xodim, ya’ni bosh buxgalter yoki majburiyat yuklangan boshqa bir shaxs ushbu ro’yxatlarni pul hujjatlarining asl nusxalari bilan taqqoslashi, ularning mosligini tasdiqlashi va bankka jo’natish uchun ruxsat berishi lozim. Axborotlar elektron imzo bilan tasdiqlangandan keyin u kriptografik himoyaga o’tadi va aloqa kanali orqali xizmat ko’rsatuvchi tijorat bankiga uzatiladigan elektron fayl shakllantiriladi. Kriptografik himoyadan o’tgan fayl, mijlzni dahl qilish imkoniyatidan mahrum qiladi. Tijorat bankida qabul qilingan axborotlar dasturiy ravishda qayta ishlanadi va kelib tushgan hujjatlar, elektron pul hisob-kitob hujjatlari, shaxsiy hisobvaraqlar ro’yxati shakllanadi. Mijoz qabul qiligan ma’lumotni kompyuter ekranida ko’rishi va uni bosmaga chiqarishi mumkin. Mijoz uni o’chirish yoki o’zgartirish imkoniga ega emas. Pul hisob-kitob hujjatlari bo’yicha bankdan jo’natilgan va qabul qilingan barcha axborotlar dasturiy ravishda arxivlanadi hamda o’rnatilgan tartibda saqlanadi. Axborotlarni saqlash muddati tugashi bilan dasturiy ravishda arxivdan o’chiriladi. 113 Arxivga faqat korxonaning javobgar yoki ruxsat berilgan xodimigina kirishi mumkin. “Bank mijoz” dasturi orqali bankning ish tartibini ko’rib chiqamiz. Mijozlar bilan axborotlar almashinish uchun bankda xar bitta mijozga alohida pochta qutisi tashkil etiladi. Mijozlardan kelib tushgan barcha axborotlar dasturiy ravishda deshifratsiya qilinib, rekvizitli nazoratdan o’tadi va bankning ma’lumotlar bazasiga “kiritilgan” maqomi ostida tushiriladi. Zarur hollarda bankning javobgar xodimi o’z ish joyida qo’shimcha tekshirilishi lozim bo’lgan elktron hujjatlarni bosmadan chiqaradi va bankning tegishli bo’limlari bilan kelishadi. Pul hujjatlari o’rnatilgan tartibda tekshirilgach, ular tasdiqlanadi va bankning amaliyot kuniga qayta ishlash uchun yuboriladi, keyin esa elektron to’lovlar tizimi bo’yicha oluvchiga jo’natiladi. Mijozning hisobvarag’ida mablag’lar yo’q bo’lgan hollarda, pul hujjatlari bilan butun fayl qayta ishlashdan chiqarib tashlanadi va mijozning pochta qutisiga qaytariladi, agar shartnomada yoki boshqa me’riy hujjatlarda boshqasi nazarda tutilmagan bo’lsa. Elektron to’lovlar tizimi orqali kelib tushgan pul hujjatlari ijro etilgandan so’ng mijozning pochta qutisiga joylashtiriladi. Kun davomida mijozlardan olingan barcha ma’lumotlar arxivlanadi va o’rnatilgan tartibda saqlanadi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling