2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
19 y Banklarda hisob va tolov tizimi o qol K N Navrozova T 2005y
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xarajatlar 9 Ko’zda tutilmagan xolatlar MM Hisobvaraq turkumiga tegishli asosiy
- CCCCC VVV K SSSSSSSS NNN Hisobvaraqnin g tartib raqami
S
MM SS S Hisobvaraq turkumi (kategoriyasi): 1 Aktiv 2 Majburiyatlar 3 Kapital 4 Daromadlar 5 Xarajatlar 9 Ko’zda tutilmagan xolatlar MM Hisobvaraq turkumiga tegishli asosiy xisobvaraqlar SS Asosiy xisobvaraqalariga tegishli subxisobvaraqlar (ikkinchi tartib) Raqamli kodlashtirishga quyidagi zarur shartlar joylashtirilgan: - MM va/yoki SS jamlanma hisobvaraqlari uchun nol kattaliklar (masalan, 10000-“Aktivlar”, 10100-“Kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari” va boshqalar); - “Aktivlar” bo’limidagi “.... zararlarni qoplash zaxirasi” sarlavhali subhisobvaraqlar uchun SS 99 kattalik qabul qilingan. yordamchi kitobda shaxsiy hisobvaraqlar quyidagi sxema bo’yicha kodlashtiriladi: CCCCC VVV K SSSSSSSS NNN Hisobvaraqnin g tartib raqami Bank yoki mijozning kodi Nazorat kaliti Valyuta kodi Balans hisobvarag’i Bundan tashqari yordamchi kitoblarga Markaziy bank, tijorat banklari boshqarmalari, hamda operatsiyalarni boshqarish maqsadida tijorat banklari menejmenti (boshqarishi) uchun zarur bo’lgan muayyan axborotlar bilan 132 ta’minlovchi qo’shimcha ma’lumotlar kiritiladi. Hisobvaraqlar rejasida har bir hisobvaraq uchun u aktiv yoki passiv bo’lishi aktiv-passiv qoldiqlarga ega bo’ladigan ayrim hisobvaraqlardan tashqari, aniq belgilab qo’yilgan. Aktiv hisobvaraqlarga “Aktivlar”, “Xarajatlar” va “Ko’zda tutilmagan holatlar” bo’limlaridagi balans hisobvaraqlari, passiv hisobvaraqlarga “Majburiyatlar”, “Kapital” va “Daromadlar” bo’limlaridagi balans hisobvaraqlari taalluqlidir. Aktivlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida “Aktivlar” bo’limiga kontr- aktiv hisobvaraqlari, majburiyatlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida esa “Majburiyatlar” bo’limiga kontr-passiv hisobvaraqlar kiritilgan. “Ko’zda tutilmagan holatlar” bo’limiga operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv uslubi bo’yicha aks ettirish va amalga oshirilgan operatsiyalarning to’g’riligini qo’shimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr-aktiv hisobvaraqlar kiritilgan. Ba’zi hisobvaraqlardan tashqari “Aktivlar” likvidlilik, “Majburiyatlar” esa muddatlilik tamoyillariga asosan tasniflangan. Mazkur hisobvaraqlar rejasida har bir ikkinchi tartibli balans hisobvarag’i uchun hisobvaraq ta’rifi berilgan bo’lib, unda hisobvaraqning debeti va krediti bo’yicha qanday operatsiyalarni aks ettirish, hamda analitik hisobini yuritish ko’rsatilgan. Batafsil analitik hisob yuritish uchun banklarda shaxsiy hisobvaraqlardan tashqari hisob va reestrlarning qo’shimcha jurnali yuritilishi mumkin. “Daromadlar” va “Xarajatlar” bo’limi uchun analitik hisob ko’rsatilmagan bo’lib, ushbu bo’limlardagi hisobvaraqlar bank ichki hisobvaraqlari hisoblanadi. Tijorat banklari Markaziy bank talablari va ichki hisob siyosatidan kelib chiqqan holda ushbu hisobvaraqlarda analitik hisobni qanday yuritishni o’zlari belgilaydilar. Ushbu “Tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi” amalga kiritilishi bilan 1996 yil 13 noyabrdagi 290-sonli “Tijorat banklarining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi”, unga kiritilgan quyidagi qo’shimcha va o’zgartirishlar 12.12.96 y. №1, 07.01.97 y. №2, 7.03.97 y. №3, 01.04.97 y. №4, 24.05.97 y. №5, 31.09.97 y. №6, 28.02.98 y. №7, 28.03.98 y. №8, 25.09.98 y. №9, 4.02.99 y. №10, hamda uni qo’llashga doir barcha ko’rsatma va tushuntirish xatlari o’z kuchini yo’qotadi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling