2-bob. Pul mablag ‘law va valuta operatsiyalari hisobi
' F in a n cia l and m an agerial a cco u n tin g . 12e. C arl S.W arren, Jam es M .R e e v e
Download 333.42 Kb. Pdf ko'rish
|
2 Moliyaviy hisob va hisobot
' F in a n cia l and m an agerial a cco u n tin g . 12e. C arl S.W arren, Jam es M .R e e v e ,
Jonathan E .D u c h a c . 2 0 1 4 . 6 6 p. buyrug‘i asosida boshqa xodim zimmasiga yuklatilishi mumkin, u bilan ham, albatta, to‘liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuziladi. Kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari kassir vazifasining direktor yoki bosh buxgalter tomonidan bajarilishini taqiqlamaydi. Ammo kassa operatsiyalarining ichki nazoratini ta’minlash uchun ushbu vazifani boshqa xodimga topshirish maqsadga muvofiq. Kassir o‘zi qabul qilib olgan barcha qimmatliklaming but saq- lanishi uchun to ‘liq moddiy javobgar hisoblanadi. Kassiming ishga tayinlanganligi to‘g‘risida buyruq chiqarilganidan so‘ng, tashkilot rahbari kassimi qoidalar bilan tanishtiradi va u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g ‘risida shartnoma tuzadi. Kassir o ‘ziga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib top- shirishi taqiqlanadi. Kassir kasalligi yoki boshqa sababga ko‘ra vaqtincha ishda boim agan hollarda unga biriktirilgan barcha qimmatliklar darhol tashkilot rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqa- rish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs hamda boshqa xodim- lardan tarkib topgan komissiya ishtirokida ishni qabul qilayotgan shaxs tomonidan qayta sanaladi. Bu haqda dalolatnoma tuzilib, komissiya a ’zolari tomonidan imzolanadi. Kassa m uom alalarining buxgalteriya hisobi 5010-«M illiy valutadagi pul mablag‘lari» schyotida yuritiladi. Mazkur schyot xo‘jalik yurituvchi subyekt kassalarida turgan pul m ablag‘lari va ulaming harakati to‘g ‘risidagi m a’lumotlami umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. X o‘jalik subyektlari o ‘rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek, fuqarolaming tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda, ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. X o‘jalik subyekti bankdan olgan naqd pullami qaysi maqsad uchun olgan bo‘lsalar, uni faqat o ‘sha maqsadda foydalanishlari shart. Korxona kassasiga naqdpullar: • bankdan bank cheki asosida; • aholiga tovarlar, ishlar, xizmatlami sotish natijasida olingan naqd pul tushumi shaklida; • korxona kassasiga boshqa naqd pul tushumlari shaklida kelib tushishi mumkin. Xaridorlardan naqd pu l olayotganda korxona: • fiskal xotirali nazorat-kassa mashina (NKM)larini qoilashi; • xaridorlarga undan naqd pul qabul qilinganligini tasdiqlay- digan chek berishi shart. 0 ‘zbekiston Respublikasida faqat 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun ruxsat berilgan, Fiskal xotirali nazorat- kassa mashinalarining davlat reyestriga kiritiligan NKM model- laridan foydalanish mumkin. Har qanday apparat « 0 ‘zstandart» agentligi yoki u akkreditatsiyalagan organ tomonidan sertifikatla- nishi va muvofiqlik sertifikatiga ega bo iish i kerak. Ilgari ishlatil- gan NKMdan foydalanish taqiqlanmagan. Albatta, bunday NKM soliq organlaridagi aw algi hisobdan o ‘chirilishi kerak, bu haqda DSI apparatning ro ‘yxatdan o ‘tkazish kartasida maxsus belgi qo‘yadi. Har qanday - yangi yoki ishlatilgan - NKMni qoilashni boshlashdan aw al uni savdo shoxobchasi joylashgan joydagi soliq organida ro‘yxatdan o ‘tkazish va ro‘yxatdan o ‘tkazish kartochka- sini olish kerak. KM savdo shoxobchasi joylashgan joydagi soliq organida ro ‘yxatdan o ‘tkaziladi. Agar savdo shoxobchalari bir nechta bo‘lsa, joylashgan joydagi DSIda ro ‘yxatdan o ‘tkazilgan alohida kassa apparati bilan har bir savdo shoxobchasi jihozlani- shi kerak. Soliq organlari 5 ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjat- larning ishonchliligini tekshiradilar, m azkur NKMning fiskal xotirasiga kirishni kodlashtiradilar va uni plombalaydilar. NKM plom balarining butligi uchun shaxsan korxona rahbari javob beradi. Ish kuni oxirida kassir NKM bo‘yicha kundalik hisobotni olishi va kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini (uni kassa daftari bilan chalkashtirmaslik kerak), albatta, to‘ldirish shart. Aholidan naqd pulni qabul qilishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari (NKM) qo‘llanadi. Bunda korxonalar xaridorga undan naqd pul qabul qilinganini tasdiqlovchi chek berishlari shart. Ish kunining oxirida umumiy olingan naqd tushumga bitta kassa kirim orderi yoziladi. Korxona kassasiga naqd pullarni qabul qilish kassa kirim orderi (KO-1) bilan am alga oshiriladi. U ikki qism dan ibo rat: kirim orderi (blankning chap qismi) va unga oid kvitansiya (o‘ng qismi). Kassa kirim order ini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzola- nadi. Kassa orderlarini olish vaqtida kassir: • ularda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifala- rini amalga oshiruvchi shaxsning imzosi borligini, kassa chiqim orderida esa-tashkilot rahbari yoki vakolatli shaxsning ruxsat ber- ganligi haqidagi imzosi mavjudligini; • hujjatlaming to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini; • hujjatlarda qayd etilgan ilovalaming mavjudligini tekshirishi shart. Ushbu talablarga rioya qilinmagan bo‘lsa, kassir hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun buxgalteriyaga qay- taradi. Kassa orderlari kassaga topshirilguniga qadar tashkilot buxgal- teriyasi tomonidan tegishli ravishda «Kassa kirim orderlarini qayd etish daftari»da va «Kassa chiqim orderlarini qayd etish daftari»da ro ‘yxatga olish lozim. ISh haqini to ‘lashga doir to‘lov qaydno- malariga rasmiylashtirilgan kassa chiqim orderlar^u to‘langanidan so‘ng ro‘yxatga olinadi. Tushgannaqd tushumdan faqatbajarilmagan ish, ko‘rsatilmagan xizmat va qaytarilgan tovarlar uchun pullarni qaytarish mumkin. Ularni oylik maoshiga, xizmat safari xarajatlariga yoki boshqa maqsadlarga ishlatish mumkin emas. Tushgan naqd mablag‘lami xizmat ko‘rsatuvchi bank kassa siga topshirish lozim, u esa, o‘z navbatida, naqd pullarni korxona hisobraqamlarida aks etadigan naqdsiz pul shakliga keltiradi. X o‘jalik yurituvchi subyektlar kassasidan naqd pullar chiqim kassa orderlari (KO-2) asosida yoki tegishlicha rasmiylashtiril- gan boshqa hujjatlar (to io v vedomostlari, pul berish to‘g ‘risidagi arizalar, to ‘lovnoma va boshqalar)ga asosan beriladi. Bu huj- jatlarda chiqim kassa orderi rekvizitlari tushirilgan shtamp izi bo‘lishi lozim. Kassa chiqim orderi bilan pul berilganda pul oluvchi o ‘z shax- sini tasdiqlovchi hujjatini (pasport, yashash guvohnomasi, har- biy xizmatchilar uchun harbiy bilet) kassirga taqdim etishi lozim. Kassir hujjatning turi, seriyasi va tartib raqami, shuningdek, uning qaysi tashkilot tomonidan hamda qachon berilganligini kassa chiqim orderiga qayd etib qo‘yishi lozim. Pullar to ‘lov qaydno- masi asosida berilayotganda pul oluvchilar ham o‘z shaxsini tas diqlovchi hujjatini taqdim etadilar. Ushbu qoida korxona xodim- lariga ham taalluqlidir, ular to io v qaydnomasi asosida pul olayot- ganda, tashkilot tomonidan berilgan guvohnomani taqdim etishlari mumkin. Naqd pul olish uchun to‘ldirilgan hujjatlarda xo‘jalik yuritu vchi subyekt rahbari va bosh buxgalteming yoki ular vakolat ber- gan shaxslaming imzosi bo‘lishi kerak. 2. l-jadval Download 333.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling