2-bob. Pul mablag ‘law va valuta operatsiyalari hisobi


Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish shakllari


Download 333.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/28
Sana16.06.2023
Hajmi333.42 Kb.
#1495827
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Bog'liq
2 Moliyaviy hisob va hisobot

2.5. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish shakllari
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 
2013-yil 26-apreldagi 9/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan « 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to ‘g ‘risida»gi 
Nizom asosida amalga oshiriladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning shakllari:
1) to io v topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;
2) akkreditivlar bilan hisob-kitoblar;
3) inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar;
4) cheklar bilan hisob-kitoblar.
Yuqorida ко ‘rsatilgan shakllar b o 'yicha naqd pulsiz hisob-ki­
toblarni amalga oshirishda quyidagi pul-hisob-kitob hujjatlaridan 
foydalaniladi (ilovalarga qarang):
1) memorial order;
2) to io v topshiriqnomasi;
3) to io v talabnomasi;
4) inkasso topshiriqnomasi;
5) akkreditivga ariza;
6) tijorat bankining hisob-kitob cheki.


Naqd pulsiz hisob-kitoblar bank plastik kartalaridan (BPK) 
foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli va hisob-kitob hujjatlarining 
turi mablag‘lami to ‘lovchi hamda mablag‘larni oluvchi o ‘rtasida 
tuziladigan shartnomaga (bitimga) muvofiq belgilanadi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab 
qo‘yilgan bo‘lmasa, bank tegishli to‘lov hujjati bankka kelib tush­
gan kunda mablag‘lami mijozning hisobvarag‘iga kirim qilishi yoki 
mablag‘lami uning hisobvarag‘idan hisobdan chiqarishi shart.
B anklar m ijozning to p sh irig ‘iga binoan elektron to ‘lovni 
tegishli to‘lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot 
kuni mobaynida tushgan bo‘lsa, amalga oshirishi shart, qonunda 
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar to ‘lov hujjati ama­
liyot kuni tugaganidan keyin tushsa, banklar elektron to‘lovni 
keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart.
Banklar «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlami legallashti- 
rishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘- 
risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasining qonuniga ( 0 ‘zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari to ‘plami, 2004-y., 43-son, 451- 
modda) muvofiq, hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalami to‘xtatib 
turishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli.
M ablag‘larni to ‘lovchining hisobvarag‘ida unga qo ‘yilgan 
talablarni qondirish uchun yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lmagan 
taqdirda, m ablag‘larni hisobdan chiqarish x o ‘jalik yurituvchi 
subyektlaming bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisob­
dan chiqarish tartibi to‘g ‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 
2342, 2012-yil 15-mart) ( 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjat­
lari to‘plami, 2012-y., 11-son, 127-modda) muvofiq amalga oshi- 
riladi.
Hisob-kitob hujjatlari texnik vositalardan foydalangan holda 
to‘ldiriladi. Hisob-kitob hujjatlarini bo‘yash, chizish va tuzatishga 
yo‘l qo‘yilmaydi.
Cheklar zangori yoki qora rang pastasi bo‘lgan sharikli ruchka 
bilan yoxud texnik vositalardan foydalangan holda to ‘ldirilishi 
mumkin.


Bank tom onidan hisob-kitob hujjatlari quyidagi hollarda 
ijroga qabul qilinadi:
 yuridik shaxslardan - hisob-kitob hujjatlaridagi imzolar va 
muhr izi imzolar namunalari hamda muhr izi qo‘yilgan varaqchada 
ko‘rsatilgan namunaga muvofiq (rahbarlik vazifalarini hamda bux­
galteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshi- 
radigan shaxsning) bo‘lganda (mikrofirmalar uchun buxgalteriya 
hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi 
shaxsning imzo namunasini taqdim etish talab etilmaydi);
- yakka tartibdagi tadbirkorlik va yuridik shaxs tashkil etmas- 
dan turib dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs­
lardan - hisob-kitob hujjatlaridagi imzo hamda muhr izi imzolar 
namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchada ko‘rsatilgan namu­
naga muvofiq bo‘lgan taqdirda, bank tomonidan ijroga qabul qili­
nadi.
Mijozlaming imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaq- 
chasida dumaloq muhr izi qo‘yilmagan bo‘lsa, hisob-kitob hujjat­
lari muhr izisiz qabul qilinadi.
Hisob-kitob hujjatlari imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan 
varaqchaga imzo qo‘ygan shaxslar tomonidan imzolanishi shart. 
Hisob-kitob hujjatlarini faksimile usulida nusxa ko‘chirish vosita- 
laridan foydalangan holda imzolash taqiqlanadi.
Memorial order banklar tomonidan ishlatiladigan naqd pulsiz 
hisob-kitob hujjati bo 'lib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi:
- mijozlar bilan bog‘liq bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-ki- 
toblarda;
- bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitoblarda;
- banklaming o ‘z ichki operatsiyalari da;
- mijozning qarzdorlik mablag‘larini qoplashda, agar banklar 
bilan mijozlar o ‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yilgan 
b oisa;
- buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlami tuzatishda;
-jis m o n iy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan b o g iiq
bo'lmagan yozma topshiriqlari bo‘yicha mablag‘larni naqd pul­
siz shaklda o ‘tkazishni amalga oshirishda. Bunda to ‘lov amalga


oshirilgandan so‘ng, mazkur topshiriq memorial order bilan birga, 
bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.

Download 333.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling