5-mavzu: “KORXONALARNI MOLIYALASHTIRISHNING O‘Z MANBALARI” Reja: - Korxonalar moliyaviy ta’minot manbalari
- Mahsulot realizatsiyasidan tushum – moliyaviy manba sifatida .
Mahsulot (ish, xizmat) realizatsiyasidan tushum
Qoplash fondi
Iste’mol fondi
Jamg’arma fondi
Moddiy xarajatlar
Ishchi va xodimlarning mehnat haqi fondi
Moddiy rag’batlantirish fondi
Eskirish (amortizasiya)
Boshqa xarajatlar
Ishchi va xodimlarning ilmiy-texnika uchun mehnat haqi fondi
Ijtimoiy sug’urta fondi
Ijtimoiy rivojlantirish fondi
Ishlab chiqarish va ilmiy texnikani rivojlantirish fondi
Rezerv fondi
Kredit foizlarini to’lash uchun fond
Dividedlar to’lash uchun fond
Jarima, peniya to’lash uchun fond
Qoplash fondi korxona uchun moddiy xarajatlar, amartizatsiya xarajatlari, arzon va tez eskiruvchan narsalar amartizatsiyasini qoplashda ko’proq ahamiyatga ega hisoblanadi. Moddiy xarajatlar fondini shakllantirishda, uning hajmini aniqlashda quyidagi omillar ta’siri hisobga olinadi:
- mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish hajmi;
- narxlar dinamikasi;
- mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;
- talab tendentsiyasi;
- inflyatsiya sur’ati;
- tovar moddiy qiymatliklar zaxirasining shakllanishi;
aylanma aktivlarning aylanuvchanlik koeffitsienti.
Iste’mol fondi korxonada ish haqiga to’lovlar fondlari hisobi bilan bog’liq. U ishchi va xodimlar mehnat haqi fondlarini o’z ichiga oladi. Uning shakllanishini belgilovchi omillar:
- ishchi va xodimlar soni;
- minimal ish haqi to’lovi;
- mehnat to’lovi tizimi;
- ishtimoiy sug’urta sohasidagi davlat siyosati;
- ijtimoiy sug’urta fondiga ajratmalar darajasi;
- moddiy rag’batlantirish tizimi;
- jismoniy shaxslar daromadiga soliq.
Jamg’arma fondi sof foyda orqali korxona ixtiyorida qoladi. Unga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:
- mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish hajmi;
- mahsulot (ish, xizmat) sotilishi hajmi;
- realizatsiya narxi darajasi;
- soliqqa tortish darajasi;
- foyda solig’i bo’yicha imtiyozlar;
- korxona raqobatbardoshligi;
- bank kreditlari bo’yicha foiz stavkalarining darajasi.
O’z moliyaviy resurslarini shakllantirish siyosati ularning turli manbalardan jalb qilish jarayonini o’zida aks ettiradi. Bu faoliyatning asosiy maqsadi – o’z-o’zini moliyalashtirishning zaruriy darajasini ta’minlash. Bu maqsad hisobiga korxona o’z moliyaviy resurslarini shakllantirish siyosatini ishlab chiqadi.
Korxona o’z moliyaviy resurslarini shakllantirish jarayoni quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- o’z moliyaviy resurslariga bo’lgan umumiy ehtiyojini aniqlash;
- ichki manbalar hisobiga jalb qilinadigan o’z moliyaviy resurslar hajmini maksimallashtirish;
- tashqi manbalardan jalb qilinadigan o’z moliyaviy resurslari kerakli miqdorini ta’minlash;
- o’z moliyaviy resurslar shakllanishida tashqi va ichki manbalar munosabatlarini optimallashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |