2-bob. Pul mablag ‘law va valuta operatsiyalari hisobi


' F in a n cia l and m an agerial a cco u n tin g . 12e. C arl S.W arren, Jam es M .R e e v e


Download 333.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/28
Sana16.06.2023
Hajmi333.42 Kb.
#1495827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
2 Moliyaviy hisob va hisobot

' F in a n cia l and m an agerial a cco u n tin g . 12e. C arl S.W arren, Jam es M .R e e v e , 
Jonathan E .D u c h a c . 2 0 1 4 . 6 6 p.


buyrug‘i asosida boshqa xodim zimmasiga yuklatilishi mumkin
u bilan ham, albatta, to‘liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma 
tuziladi.
Kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari kassir vazifasining 
direktor yoki bosh buxgalter tomonidan bajarilishini taqiqlamaydi. 
Ammo kassa operatsiyalarining ichki nazoratini ta’minlash uchun 
ushbu vazifani boshqa xodimga topshirish maqsadga muvofiq.
Kassir o‘zi qabul qilib olgan barcha qimmatliklaming but saq- 
lanishi uchun to ‘liq moddiy javobgar hisoblanadi. Kassiming ishga 
tayinlanganligi to‘g‘risida buyruq chiqarilganidan so‘ng, tashkilot 
rahbari kassimi qoidalar bilan tanishtiradi va u bilan to‘liq moddiy 
javobgarlik to‘g ‘risida shartnoma tuzadi.
Kassir o ‘ziga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib top- 
shirishi taqiqlanadi.
Kassir kasalligi yoki boshqa sababga ko‘ra vaqtincha ishda 
boim agan hollarda unga biriktirilgan barcha qimmatliklar darhol 
tashkilot rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqa- 
rish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs hamda boshqa xodim- 
lardan tarkib topgan komissiya ishtirokida ishni qabul qilayotgan 
shaxs tomonidan qayta sanaladi. Bu haqda dalolatnoma tuzilib, 
komissiya a ’zolari tomonidan imzolanadi.
Kassa m uom alalarining buxgalteriya hisobi 5010-«M illiy 
valutadagi pul mablag‘lari» schyotida yuritiladi. Mazkur schyot 
xo‘jalik yurituvchi subyekt kassalarida turgan pul m ablag‘lari 
va ulaming harakati to‘g ‘risidagi m a’lumotlami umumlashtirish 
uchun mo‘ljallangan.
X o‘jalik subyektlari o ‘rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek, 
fuqarolaming tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq 
holda, ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga 
oshiriladi.
X o‘jalik subyekti bankdan olgan naqd pullami qaysi maqsad 
uchun olgan bo‘lsalar, uni faqat o ‘sha maqsadda foydalanishlari 
shart.
Korxona kassasiga naqdpullar:
• bankdan bank cheki asosida;


• aholiga tovarlar, ishlar, xizmatlami sotish natijasida olingan 
naqd pul tushumi shaklida;
• korxona kassasiga boshqa naqd pul tushumlari shaklida kelib 
tushishi mumkin.
Xaridorlardan naqd pu l olayotganda korxona:
• fiskal xotirali nazorat-kassa mashina (NKM)larini qoilashi;
• xaridorlarga undan naqd pul qabul qilinganligini tasdiqlay- 
digan chek berishi shart.
0 ‘zbekiston Respublikasida faqat 0 ‘zbekiston Respublikasi 
hududida foydalanish uchun ruxsat berilgan, Fiskal xotirali nazorat- 
kassa mashinalarining davlat reyestriga kiritiligan NKM model- 
laridan foydalanish mumkin. Har qanday apparat « 0 ‘zstandart» 
agentligi yoki u akkreditatsiyalagan organ tomonidan sertifikatla- 
nishi va muvofiqlik sertifikatiga ega bo iish i kerak. Ilgari ishlatil- 
gan NKMdan foydalanish taqiqlanmagan. Albatta, bunday NKM 
soliq organlaridagi aw algi hisobdan o ‘chirilishi kerak, bu haqda 
DSI apparatning ro ‘yxatdan o ‘tkazish kartasida maxsus belgi 
qo‘yadi. Har qanday - yangi yoki ishlatilgan - NKMni qoilashni 
boshlashdan aw al uni savdo shoxobchasi joylashgan joydagi soliq 
organida ro‘yxatdan o ‘tkazish va ro‘yxatdan o ‘tkazish kartochka- 
sini olish kerak. KM savdo shoxobchasi joylashgan joydagi soliq 
organida ro ‘yxatdan o ‘tkaziladi. Agar savdo shoxobchalari bir 
nechta bo‘lsa, joylashgan joydagi DSIda ro ‘yxatdan o ‘tkazilgan 
alohida kassa apparati bilan har bir savdo shoxobchasi jihozlani- 
shi kerak.
Soliq organlari 5 ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjat- 
larning ishonchliligini tekshiradilar, m azkur NKMning fiskal 
xotirasiga kirishni kodlashtiradilar va uni plombalaydilar. NKM 
plom balarining butligi uchun shaxsan korxona rahbari javob 
beradi. Ish kuni oxirida kassir NKM bo‘yicha kundalik hisobotni 
olishi va kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini (uni 
kassa daftari bilan chalkashtirmaslik kerak), albatta, to‘ldirish 
shart.
Aholidan naqd pulni qabul qilishda fiskal xotirali nazorat-kassa 
mashinalari (NKM) qo‘llanadi. Bunda korxonalar xaridorga undan


naqd pul qabul qilinganini tasdiqlovchi chek berishlari shart. Ish 
kunining oxirida umumiy olingan naqd tushumga bitta kassa kirim 
orderi yoziladi.
Korxona kassasiga naqd pullarni qabul qilish kassa kirim 
orderi (KO-1) bilan am alga oshiriladi. U ikki qism dan ibo­
rat: kirim orderi (blankning chap qismi) va unga oid kvitansiya 
(o‘ng qismi). Kassa kirim order ini buxgalteriya yozib beradi va 
bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzola- 
nadi.
Kassa orderlarini olish vaqtida kassir:
• ularda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifala- 
rini amalga oshiruvchi shaxsning imzosi borligini, kassa chiqim 
orderida esa-tashkilot rahbari yoki vakolatli shaxsning ruxsat ber- 
ganligi haqidagi imzosi mavjudligini;
• hujjatlaming to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini;
• hujjatlarda qayd etilgan ilovalaming mavjudligini tekshirishi 
shart.
Ushbu talablarga rioya qilinmagan bo‘lsa, kassir hujjatlarni 
belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun buxgalteriyaga qay- 
taradi.
Kassa orderlari kassaga topshirilguniga qadar tashkilot buxgal- 
teriyasi tomonidan tegishli ravishda «Kassa kirim orderlarini qayd 
etish daftari»da va «Kassa chiqim orderlarini qayd etish daftari»da 
ro ‘yxatga olish lozim. ISh haqini to ‘lashga doir to‘lov qaydno- 
malariga rasmiylashtirilgan kassa chiqim orderlar^u to‘langanidan 
so‘ng ro‘yxatga olinadi.
Tushgannaqd tushumdan faqatbajarilmagan ish, ko‘rsatilmagan 
xizmat va qaytarilgan tovarlar uchun pullarni qaytarish mumkin. 
Ularni oylik maoshiga, xizmat safari xarajatlariga yoki boshqa 
maqsadlarga ishlatish mumkin emas.
Tushgan naqd mablag‘lami xizmat ko‘rsatuvchi bank kassa­
siga topshirish lozim, u esa, o‘z navbatida, naqd pullarni korxona 
hisobraqamlarida aks etadigan naqdsiz pul shakliga keltiradi.
X o‘jalik yurituvchi subyektlar kassasidan naqd pullar chiqim 
kassa orderlari (KO-2) asosida yoki tegishlicha rasmiylashtiril-


gan boshqa hujjatlar (to io v vedomostlari, pul berish to‘g ‘risidagi 
arizalar, to ‘lovnoma va boshqalar)ga asosan beriladi. Bu huj- 
jatlarda chiqim kassa orderi rekvizitlari tushirilgan shtamp izi 
bo‘lishi lozim.
Kassa chiqim orderi bilan pul berilganda pul oluvchi o ‘z shax- 
sini tasdiqlovchi hujjatini (pasport, yashash guvohnomasi, har- 
biy xizmatchilar uchun harbiy bilet) kassirga taqdim etishi lozim. 
Kassir hujjatning turi, seriyasi va tartib raqami, shuningdek, uning 
qaysi tashkilot tomonidan hamda qachon berilganligini kassa 
chiqim orderiga qayd etib qo‘yishi lozim. Pullar to ‘lov qaydno- 
masi asosida berilayotganda pul oluvchilar ham o‘z shaxsini tas­
diqlovchi hujjatini taqdim etadilar. Ushbu qoida korxona xodim- 
lariga ham taalluqlidir, ular to io v qaydnomasi asosida pul olayot- 
ganda, tashkilot tomonidan berilgan guvohnomani taqdim etishlari 
mumkin.
Naqd pul olish uchun to‘ldirilgan hujjatlarda xo‘jalik yuritu­
vchi subyekt rahbari va bosh buxgalteming yoki ular vakolat ber- 
gan shaxslaming imzosi bo‘lishi kerak.
2. l-jadval

Download 333.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling