2-bob. Pul mablag ‘law va valuta operatsiyalari hisobi


Download 333.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/28
Sana16.06.2023
Hajmi333.42 Kb.
#1495827
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
2 Moliyaviy hisob va hisobot



2-BOB. PUL MABLAG ‘LAW VA VALUTA 
OPERATSIYALARI HISOBI
2.1. Pul m ablag‘lari va valuta operatsiyalari 
hisobining vazifalari
Kompaniya buxgalteriyasida barcha to‘lov va hisob-kitob ope­
ratsiyalari amalga oshiradi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pul 
mablag‘lari hisobini to‘g ‘ri va aniq tashkil etilishi hamda uni tako- 
millashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisobla­
nadi. X o‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriyasi, odatda, bar­
cha to‘lov va hisob-kitob muomalalarini amalga oshiradi hamda 
ushbu muomalalami qonunlarga muvofiq, o ‘z vaqtida va to ‘g‘ri 
rasmiylashtirish ustidan nazoratni amalga oshiradi1.
Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalaming pul mablag‘lari, 
xoh u o ‘z mablag‘i bo‘lsin, xoh qarzga olingan bo‘lsin, kassada 
saqlanuvchi pul qoldiqlari va oborotda foydalaniladigan tushum- 
ning bir qismidan tashqari, uning bankdagi hisob-kitob schyo- 
tida saqlanishi lozim. Bank korxonaning hisobvaraqlaridan pulni 
o ‘tkazish va berish to‘g‘risidagi hamda bank qoidalari va bank 
bilan korxona o'rtasidagi shartnomada k o ‘zda tutilgan boshqa 
muomalalami o‘tkazish haqidagi farmoyishlarini bajaradi.
Hisob-kitob muomalalarini bank orqali o‘tkazish korxonalar- 
ning o ‘zlari belgilagan ish haqi fondlariga, xizmat safarlari va 
xo‘jalik xarajatlari limitlariga rioya qilishlarini har tomonlama 
nazorat qilish, korxonaning davlat budjeti bilan soliqlar, yig‘imlar 
bo‘yicha o ‘z vaqtida hisob-kitob qilishini, mol yetkazib beru- 
vchilaming hisobvaraqlari va to‘lov talabnomalariga o ‘z vaqtida
1 F in a n cia l and m an agerial a cco u n tin g . 12e. C arl S.W arren, Jam es M .R e e v e , 
Jonathan E .D u ch a c. 2 0 1 4 . 6 2 - 6 3 p.


haq to ‘lashni kuzatib borish, korxonaga turli maqsadlar uchun 
muayyan ta’minot hisobidan ssudalar berish va mazkur ssudalar- 
ning belgilangan muddatda qaytarilishini kuzatish va hokazolar 
imkonini beradi.
Buxgalteriya hisobi oldida pul m ablagiari, to‘lovlar, hisob-ki- 
toblar va kreditlami hisobga olish borasida quyidagi asosiy vazi- 
falar belgilangan:
- korxonaning pul mablag‘larini samarali boshqarish maqsad- 
lari uchun zarur axborot bilan ta’minlash;
- mazkur sharoitlarni tartibga soluvchi m e’yoriy hujjatlar 
talablariga rioya etgan holda, naqd pulsiz o ‘tkazishlar va naqd pul- 
lar vositasida zarur to io v la r hamda hisob-kitoblarni o ‘z vaqtida 
amalga oshirish;
- hisob registrlarida to ‘lov va hisob-kitob muomalalari pul 
mablagiarining mavjudligi hamda harakatini to‘liq va tezkor aks 
ettirish, zero korxona pul mablag‘larining harakati korxona amaliy 
faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi;
- pul mablag‘laridan korxonada ishlab chiqilgan limitlar va 
smetalarga muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya 
etish;
- pul m ablag‘lari va o ‘zaro hisob-kitoblar holatining inven- 
tarizatsiyasini tashkil etish hamda belgilangan muddatlarda o‘t- 
kazish;
- kassada, banklardagi hisob-kitob, valuta va boshqa hisob- 
varaqlarda pullar mavjudligi va butligini nazorat qilish;
- qisqa muddatli investitsiyalar bilan bog iiq muomalalami o‘z 
vaqtida hisobga olish.
Bosh buxgalter xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bilan bir- 
galikda quyidagilarni ta ’minlashi kerak: kelib tushayotgan bar- 
cha pul m ablagiarining to iiq hisobi, shuningdek, boshqa xiz­
m atlar rahbarlari bilan birgalikda debitorlik qarzlarini undi- 
rish va kreditorlik qarzlarini uzish, to io v intizomiga rioya etish, 
pul m ablagiari, to io v la r bo‘yicha o ‘zaro hisob-kitoblar hamda 
m ajburiyatlar holatini belgilangan m uddatlarda inventarlash, 
amaldagi qonunchilikka muvofiq undirish mumkin boim agan,


d a’vo qo ‘z g ‘ash m uddati o ‘tib ketgan qarzlarni buxgalteriya 
balanslaridan o ‘chirish.
Kompaniyalarning naqd va naqdsiz k o ‘rinishdagi pul mab- 
lag‘larini samarali boshqarish uchun zarur axborotlami to‘plash va 
o‘rganizsh.
2.2. K assa m uom alalarini hisobga olish
X o‘jalik yurituvchi subyekt kassasidan naqd pulni olish va 
berish bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar kassa muomalalari deb 
yuritiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi M arkaziy banki boshqa- 
ruvi tomonidan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa 
operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari»ga (AV ro‘yxat raqami 
22.06.2015-yildagi 2687-son) asosan tashkil etiladi va yuritiladi.
Kassa operatsiyasi bu kompaniyadagi naqd pul bilan bog‘liq 
b oigan operatsiyalami majmuasidir1.
Har bir xo‘jalik subyekti naqd pulda hisob-kitoblami amalga 
oshirish maqsadida o ‘z kassasiga ega bo ‘lishi lozim. Naqd pul 
bilan hisob-kitoblarni amalga oshirmaydigan tashkilotlar kassa 
xonasiga ega bo‘lishlari talab etilmaydi.
Kassa xonasi alohida ajratilgan bo‘lishi, eshiklari esa opera- 
tsiyalarni amalga oshirish vaqtida ichkaridan qulflanishi shart. 
Kassa ishiga aloqador bo‘lmagan shaxslaming ushbu xonaga kiri- 
shi man etiladi.
Xo‘jalik subyektidagi barcha naqd pullar va boshqa qimmat- 
liklar yonmaydigan metall shkaf (seyf)larda saqlanadi. Ular ish 
kuni tugaganidan so‘ng, kalit bilan qulflanadi va unga kassiming 
muhri bosiladi.
X o‘jalik subyektiga tegishli bo‘lmagan naqd pullar va boshqa 
qimmatliklami kassada saqlash taqiqlanadi.
Kassa operatsiyalarini yuritish kassirga yuklatilib, u bilan 
to ‘liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuziladi. Agar korxo- 
nada kassir b o ‘lmasa, uning m ajburiyatlari korxona rahbari

Download 333.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling