2-bob. Sanoat milliy iqtisodiyatning yetakchi tarmog‘I
Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha aholi bandligi va uning o‘sish sur’ati5
Download 87.47 Kb.
|
2- mavzu bo\'yicha maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotining asosiy ko‘rsatkichlari 7 (haqiqiy bahoda, mlrd. so‘m)
Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha aholi bandligi va uning o‘sish sur’ati5
O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 13 foizi sanoat ishlab chiqarish hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuni ta’kidlash kerakki, kelajakda respublika sanoatining jadal sur’atlar bilan o‘sishi yanada yaxshilanib, mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishi, ya’ni bandlik darajasi anchagina yuksaladi. Jamiyatning yetakchi, bunyodkor, qudratli kuchi bo‘lgan kadr (xodim)larning anchagina qismi sanoatda xizmat qiladi. Bu tarmoqning yanada ulkan rivoji sanoat tarmog‘i kadrlari sonining oshishiga va ularning jamiyatdagi mavqeini ko‘tarishga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasi sanoatining taraqqiyoti yuqori malakali ishchi kadrlar, muhandis va texnik xodimlarni yaratdi. Hozirgi paytda O‘zbekiston sanoatida 1,6 millionga yaqin xodim ishlamoqda. Ulardan 16% oliy ma’lumotli mutaxassis, 84% o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotli 5 Muallif tomonidan quyidagi yordamida ishlab chiqilgan. Ўзбекистонда меҳнат ва бандлик. Статистик тўплам. Ўзбекистон Республикаси Статистика Қўмитаси. Тошкент 2016. Б.34. xodimlardir.6 Jamiyat taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan biri sanoat tarmog‘i xodimlarining madaniy – texnik saviyasi o‘sishi, ishlab chiqarish malakasi va tajribasini tinmay oshib borishidir. Ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishni ta’minlovchi buyuk harakatlantiruvchi kuch – raqobat ham avvalo, sanoat sohasida vujudga keldi va rivojlana boshladi. Tadbirkorlar, ishbilarmonlar bellashuvning bayroqdori bo‘lib maydonga chiqdilar. Respublika sanoatida ham raqobat o‘zining oddiy bosqichidan eng yuqori bosqichiga ko‘tarilib, chinakam umumiy dastakka aylanmoqda. Mustaqillikning afzalliklari va davlat iqtisodiy siyosatining yetakchilik rolini yanada oshirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari eng avvalo, sanoat sohasida amalga oshirilmoqda va sezilarli samara bermoqda. Sanoat tabiatda uchraydigan moddiy boyliklarni qazib chiqarish va tayyorlashni, ularni va qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlashni o‘z ichiga qamrab oladi. U barcha iqtisodiyot tarmoqlari uchun ishlab chiqarish kuchlarining asosiy elementlaridan biri hisoblangan jamiyatning tabiat ustidan hukmronligini birmuncha orttiradigan, fan-texnika taraqqiyotini belgilaydigan, inson mehnatining unumdorligini oshirishga imkon beradigan, mehnat va ishlab chiqarish qurollarini yaratadigan sohadir. jadval O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotining asosiy ko‘rsatkichlari7 (haqiqiy bahoda, mlrd. so‘m)
Download 87.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling