2-bob. Sanoat milliy iqtisodiyatning yetakchi tarmog‘I


Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha aholi bandligi va uning o‘sish sur’ati5


Download 87.47 Kb.
bet8/10
Sana09.02.2023
Hajmi87.47 Kb.
#1180781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2- mavzu bo\'yicha maruza matni

Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha aholi bandligi va uning o‘sish sur’ati5





Ming kishi hisobida

O‘sish,
%da

1995

2005

2014

2015

Iqtisodiyotda bandlar. Jami

8449

10196

12818

13058,3

154,6

Shu jumladan,
















sanoat

1087

1348

1642

1668,2

153,5

Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi

3485

2967

3531

3610,9

103,6

Qurilish

528

849

1209

1248,5

236,5

Transport va aloqa

348

488

685

710,6

204,2

Savdo, umumiy ovqatlanish,
ta’minot, sotish va tayyorlov

705

904

1431

1481

210,1

Uy-joy kommunal xo‘jalik va aholiga maishiy xizmat
ko‘rsatish

214

316

465

481,5

225,0

Sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va ijtimoiy
ta’minot

487

736

925

925,6

190,1

Ta’lim, madaniyat, san’at fan
va ilmiy xizmat ko‘rsatish

1054

1385

1645

1645,8

156,1

Moliya, kreditlash va sug‘urta

40

54

64

65,2

163,0

Boshqa sohalar

501

1149

1221

1221

243,7

O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 13 foizi sanoat ishlab chiqarish hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuni ta’kidlash kerakki, kelajakda respublika sanoatining jadal sur’atlar bilan o‘sishi yanada yaxshilanib, mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishi, ya’ni bandlik darajasi anchagina yuksaladi. Jamiyatning yetakchi, bunyodkor, qudratli kuchi bo‘lgan kadr (xodim)larning anchagina qismi sanoatda xizmat qiladi. Bu tarmoqning yanada ulkan rivoji sanoat tarmog‘i kadrlari sonining oshishiga va ularning jamiyatdagi mavqeini ko‘tarishga olib keladi.


O‘zbekiston Respublikasi sanoatining taraqqiyoti yuqori malakali ishchi kadrlar, muhandis va texnik xodimlarni yaratdi. Hozirgi paytda O‘zbekiston sanoatida 1,6 millionga yaqin xodim ishlamoqda. Ulardan 16% oliy ma’lumotli mutaxassis, 84% o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotli


5 Muallif tomonidan quyidagi yordamida ishlab chiqilgan. Ўзбекистонда меҳнат ва бандлик. Статистик тўплам. Ўзбекистон Республикаси Статистика Қўмитаси. Тошкент 2016. Б.34.
xodimlardir.6
Jamiyat taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan biri sanoat tarmog‘i xodimlarining madaniy – texnik saviyasi o‘sishi, ishlab chiqarish malakasi va tajribasini tinmay oshib borishidir.
Ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishni ta’minlovchi buyuk harakatlantiruvchi kuch – raqobat ham avvalo, sanoat sohasida vujudga keldi va rivojlana boshladi. Tadbirkorlar, ishbilarmonlar bellashuvning bayroqdori bo‘lib maydonga chiqdilar. Respublika sanoatida ham raqobat o‘zining oddiy bosqichidan eng yuqori bosqichiga ko‘tarilib, chinakam umumiy dastakka aylanmoqda.
Mustaqillikning afzalliklari va davlat iqtisodiy siyosatining yetakchilik rolini yanada oshirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari eng avvalo, sanoat sohasida amalga oshirilmoqda va sezilarli samara bermoqda.
Sanoat tabiatda uchraydigan moddiy boyliklarni qazib chiqarish va tayyorlashni, ularni va qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlashni o‘z ichiga qamrab oladi. U barcha iqtisodiyot tarmoqlari uchun ishlab chiqarish kuchlarining asosiy elementlaridan biri hisoblangan jamiyatning tabiat ustidan hukmronligini birmuncha orttiradigan, fan-texnika taraqqiyotini belgilaydigan, inson mehnatining unumdorligini oshirishga imkon beradigan, mehnat va ishlab chiqarish qurollarini yaratadigan sohadir.



  1. jadval

O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotining asosiy ko‘rsatkichlari7 (haqiqiy bahoda, mlrd. so‘m)






Download 87.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling