1-rasm.
Quyuqlashtiruvchi solishtirma qovushqoqligiga komponentlar konsentratsiyasining ta’siri.
a-PVA;
|
b-AE.
|
1-modifikatorsiz; PVA kraxmal massasiga nisbatan:
2- 4%;
3-5%; 4-6%.
|
1-modifikatorsiz; AE kraxmal massasiga nisbatan: 2- 1%; 3-1,5%; 4-2,0%.
|
Bunga asosiy sabab ulardagi funksional guruhlari о‘rtasida о‘zaro ta’sirlashuv sodir bо‘lganligidan dalolat beradi, ya’ni PVA va AE komponentlari tarkibiy qismlarining funksional guruhlari Van-der-Vals kuchlari hisobiga kraxmaldagi oksidlangan gidroksil guruhlarining о‘zaro ta’sirlashuvi natijasida modifikatsiyalanish sodir bо‘ladi.
Shu bilan bir qatorda shuni aytib о‘tish joizki OK-PVA sistema qovushqoqligi OK-AE sistema qovushqoqligidan 14-17% yuqori bо‘lishi tajribalarda aniqlandi va bu olingan natijalarda ham (1-rasm. a,b) о‘z aksini topgan.
Aralash tolali yoki umuman matolarga gul bosish jarayoni texnologik nuqtai nazardan asosan harorat о‘rtacha 303-313 K bо‘lganda amalga oshiriladi. Shu sababli turli haroratlarda quyuqlashtiruvchilarning qanday qovushqoqlikka ega bо‘lishi muhim hisoblanadi. Keyingi tajribalarimizda sistema qovushqoqligining haroratga bog‘liqlik qonunuiyatlarini о‘rganildi(rasm.2).
2-rasm.
Quyuqlashtiruvchi polimer kompozitsiya qovushqoqligining haroratga bog‘liqligi.
Kraxmal konsentratsiyasi,%: 1-6,0; 2-7,0; 3-8,0.
a-PVA kraxmal massasiga nisbatan 5,0%
b-AE kraxmal massasiga nisbatan 2,0%.
Olib borilgan tajribalar shuni kо‘rsatdiki haroratni ortib borishi bilan qovushqoqlik bir meyorda kamayib boradi. Ayniqsa harorat 323-333 K gacha kо‘tarilganda qovushqoqlikning keskin pasayishiga olib keladi. Shuni etiborga olib gul bosish jarayoni 298-303 K haroratda olib borish maqsadga muvofiq bо‘ladi. Harorat ushbu qiymatdan yuqori yoki past bо‘lishi texnologik jarayonga salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Agar harorat ushbu qiymatdan yuqori bо‘lsa unda quyuqlashtiruvchning qovushqoqligi keskin pasayib ketishi natijasida matoga gul bosishda texnologik salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi, jumladan gul bosilgan matoning rasm konturi, о‘lchami va rang mustahkamligini ta’minlab bо‘lmaydi. Aksincha, agar harorat 298-303 K dan past bо‘lganda quyuqlashtiruvchi bilan gul bosilganda kompozitsiya qovushqoqligi keskin ortib ketadi, natijada birinchidan, tayyor bо‘yoq suspenziyasining shablondan bosim ostida о‘ta olmasligi tufayli uning matoga bir tekis singishiga erishib bо‘lmaydi va gul bosilgan mato texnik talablarga va ikkinchidan, gul bosilgan matoning koloristik va ekspluatatsion xossalari meyor talablariga javob bermaydi.
Shunday qilib oksidlangan kraxmal va AE asosidagi polimer sistemaning fizik-kimyoviy xossalariga turli omillarning ta’siri о‘rganildi, quyuqlashtiruvchi tarkibiga kiruvchi komponentlarning optimal tarkiblari aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |