2. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy kategoriyalari Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi


Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 41.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana23.10.2023
Hajmi41.23 Kb.
#1716930
1   2   3   4
Bog'liq
1 - Mavzu

3.Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 
Falsafa va bolalar psixologiyasi. 
Falsafa-tabiat, jamiyat va inson tarakkiyotining eng umumiy konunlari 
xakidagi fan. Falsafa konunlari boshka fanlarning, shu jumladan, bolalar 
psixologiyasi fanining konunlari bulib xisoblanadi. Masalan, falsafa qonunlari 
orasida dialektika ta’limotining uch konuni–karama karshiliklar birligi va kurash
miqdor uzgarishlarining sifat uzgarishlariga utish, inkorni inkor etish konunlari 
asosiy urinni egallaydi. 
Bola taraqqiyoti xam karama-karshiliklar birligi va kurash, ya’ni mavjud 
ehtiyojlar bilan bolaning real imkoniyatlari o’rtasidagi kurash natijasidir. Falsafa 
konunlari bolalar psixologiyasi fani uchun metodologik asos bulib 
xizmat kiladi. 
Pedagogika va bolalar psixologiyasi. 
Pedagogika-ta’lim va tarbiya konunlari, metod va usullari xakidagi fan. U 
ta’lim va tarbiyaning maksad va vazifalarini, ularning shaxs tarakkiyoti va jamiyat 
xayotidagi urnini ochib beradi. Pedagogika va psixologiya fanlarining insonga 
ta’lim va tarbiya berish soxasidagi xamkorligi chukur tarixga ega. Uz davrida 
mashxur rus pedagogi KA. Ushinskiy pedagogika barkamol shaxs tarbiyasining 
rejasini ishlab chikishi uchun inson xakidagi barcha fanlarning yutuklariga tayanishi 
kerakligi, bu fanlar orasida esa psixologiya markazi o’rin egallashini ta’kidlagan edi. 
Bolaga ta’lim va tarbiya berishga oid vazifalarni xal etishda pedagogika kanday qilib 
ta’lim-tarbiya berish kerakligini aytsa, psixologiya nima uchun aynan shunday qilish 
kerakligini aniqlaydi.
Masalan, pedagogika maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limi va tarbiyasida uyin 
usullaridan foydalanish kerakligini ta’kidlaydi. Psixologiya esa buning sababi ushbu 
yosh davrida o’yin yetakchi faoliyat ekanligini tushuntiradi. 
Tibbiyot va bolalar psixologiyasi. 
Tibbiyot-inson salomatligi va kasalliklari, kasalliklarning oldini olish va ularni 
davolash, shuningdek, salomatlikni mustaxkamlash xakidagi fan. Tibbiyot va 
psixologiyaning uzaro xamkorligi natijasida psixosomatika – psixologik omillarning 
salomatlikka kasalliklar kelib chikishga ta’sirini o’rganadi. Bolalarda uchraydigan 
ko’pgina kasalliklarning manbai psixologik xarakterga egadir. Masalan, 
Tadkikotlarning ko’rsatishicha, bronxial astma bilan ogrigan kasallarning 
ko’pchiligiga bolaligidan ota-onalari emotsiyalarni erkin ifodalash, tashabbus 
ko’rsatish imkoniyatini chegaralaganlar. 
Umumiy psixologiya va bolalar psixologiyasi. 
Umumiy psixologiya – umumiy psixologik konuniyatlarni, psixologiyaning 


nazariy tamoyillarini, asosiy kategoriyalarini, metodlarini o’rganuvchi nazariy 
eksperimental tadqiqotlardir. Masalan, umumiy psixologiya tafakkur faoliyatining 
xususiyatlari, tafakkur turlari va operatsiyalari xakida umumiy tasavvurni xosil 
kiladi. Bolalar psixologiyasi esa turli yosh boskichlarida tafakkurning qanday 
xususiyatlar kasb etishini, tafakkurning qanday rivojlanishini urganadi. Bundan 
albatta, umumiy psixologiyadagi tasavnurlarga tayanadi, uning metodlari va 
kategoriyalaridan foydalanadi. 
Ijtimoiy psixologiya va bolalar psixologiyasi. 
Ijtimoiy psixologiya – psixologiya fanining tarmogi bulib, insonlarning 
ijtimoiy guryxlarga mansubligi bilan takozolangan xulk atvori va faoliyatini, 
shuningdek, shu ijtimoiy guruhlarning uzini o’rganish bilan shug’ullanadi. Bolalar 
psixologiyasi bola psixik taraqqiyotini urganar ekan, albatta, bolalar guruxi, bu 
guruxda bolalar urtasida amalga oshuvchi munosabatlarni e’tibordan chetda 
qoldirmaydi.
Bolalar psixologiyasi, ayniksa, bolaning tengdoshlari va kattalar bilan bulgan 
mulokoti va uning bola rivojlanishiga ta’sirini o’rganishga aloxida e’tibor karatadi. 
Bolalar psixologiyasi fanining yosh psixologiyasi tarkibidagi o’rni. 
Bolalar psixologiyasi – yosh psixologiyasi fanining bulimlaridan biridir. Yosh 
psixologiyasining, shu jumladan, bolalar psixologiyasining psixologiya fanidagi 
boshqa tarmoqlardan farqi shundaki, u psixik xodisalarni o’zini emas, balki 
rivojlanishi va yosh bilan bogliq ravishda uzgarishini tadqiq etadi. 

Download 41.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling