8 – mart onajonlar bayrami ertaligi Tayyorlov guruxi
Download 171 Kb.
|
8-Mart onajonlar bayrami ssenariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlovchi
- Bola
8 – MART Onajonlar bayrami ertaligi Tayyorlov guruxi Zal bayramona bezatilgan. Bolalar zalga “Xardoyim bo’lsin onam” qo’shig’i yoki bahorga oid fonogrammada kirib keladilar va o’z joylarini egallaydilar. Boshlovchi: Assalom ey lola yuzli Dirabolar assalom Yuzi gul sochi sumbul Maxluqolar assalom Mustaqil yurt gul g’unchasin Oq yuvib oppoq tarab Tunu kun parvona bo’lgan Onajonlar assalom! Xurmatli opa–singillar,aziz bolajanloar,mexribon onajonlar.Mana fasllar ichida go’zal bo’lgan baxor fasli xam kirib keldi. O’z tarovatini sochgan bu bayram qutlug’ bayramdur.Chunki siz mo’tabar va aziz onajonlar “8 – mart”bayramini nishonlaymiz. Sizlarga uzoq umr, baxt saodat, ishlaringizga katta yutuqlar tilaymiz sizlarni baxorgi kayifyat xech qachon tark etmasin. Bayramingiz qutlug’ bo’lsin. Xozir bayram dasturini ochib berish uchun so’zni bog’cha mudirasiga beramiz. Boshlovchi: Mart oyida bordur shunday 8 – raqam Aytingchi nima bildirar ushbu raqam. Bolajonlar: Onajonlar bayramin! Bola: Qirga chiqsam lolalardan Gullar sizga assalom Poyingizga gul to’shalsin Mexribonlar assalom Onajonlar, mexribonlar! Sizga ta’zim assalom! “Onajon ashulasi” “Norim – norim” Raqsi. Boshlovchi: Xurmatli opa – singillar, onajonlar!Xozirgi kunda jamiyatimizni ayollarsiz, xotin – qizlarning faolligisiz tasavvur qila olmaymiz.Qaysi soxaga qaramaylig xotin – qizlarimizni fidokorona mexnatini ko’ramiz. Ayollarimiz xam oilada, xam jamiyatda, xam ish o’rinlarida ularining munosib mehnatlari bilan obro’ e’tibor qozonmoqdalar. Bunday obro’ – etibor yoshligidan berilgan tarbiya va o’z xarakatining maxsulidir. Bizning bog’chada tarbiyalanayotgan qizoloqlarimiz xam kelajakda ana shunday faol bo’lish uchun xozirdanoq o’zlarining bilimdonliklarini, chaqqonliklari, tirishqoqliglari bilan intilmoqalar. Bola: Go’dakligimdan katta qildingiz Tebratib beshig alla aytingiz Goxo kunlari, goxo saxarda Gox kanda qildingiz choyiz saxarda Bola: Dedingiz bolam tinglagin allam Sening baxtinga tinch bo’lsin olam “Ollox” – dedingiz tinglagin nolam Xechqachon kasal bo’lmasin bolam. “Qizaloq” ashulasi. Download 171 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling