Bozorlar samaradorligi


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana10.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1183829
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 мавзу ISTE\'MOLLAR, ISHLAB CHIQARUVCHILAR VA BOZOR SAMARADORLIGI, ISTE\'MOLCHI TANLOVI VA MUVOZANATI.



84 
 
 
VI BOB. ISTE’MOLCHILAR, ISHLAB CHIQARUVCHILAR VA 
BOZORLAR SAMARADORLIGI 
6.1. Iste’molchi ortiqchaligi 
 
 
Tasavvur qiling siz Elvis Presleyning birinchi albomi egasisiz va 
siz uni ishlatmaysiz. Siz Elvis Presleyning muxlisi emassiz, shu sababli 
uni sotishga qaror qildingiz. Buning yagona yoʻli kimoshdi savdosi 
oʻtkazish. 
Bu kimoshdi savdosida toʻrt nafar Elvis Presleyning muxlislari 
ishtirok etishmoqda: Jon, Paul, George, va Ringo. Ularning har biri 
albomga egalik qilishni istashadi, lekin har birida buning uchun 
toʻlashga tayyor pul miqdori chegaralangan. 1-rasm toʻrt xaridorlarning 
toʻlashi mumkin boʻlgan maksimal narxlar ularning toʻlov uchun 
tayyorligi deyiladi va bu xaridorning mahsulotni qancha baholashini 
anglatadi. Har bir xaridor albomni oʻzining toʻlov uchun tayyorligidan 
arzonroq narxda sotib olishni istaydi va toʻlov uchun tayyorligidan 
qimmatroq narxda albomni sotib olishni rad etadi. Narx toʻlash uchun 
oʻz tayyorligiga teng boʻlsa, xaridor sotib olishga befarq boʻlishi 
mumkin.
Agar narx uning albomga qoʻygan bahosi bilan aynan bir xil 
boʻlsa, u uni sotib olish yoki pulini tejab qolishdan xursand boʻlishi 
mumkin. 
J a d v a l
 
4 ta xaridorning toʻlov 
qobiliyati
Jon 
Paul 
Jorj 
Ringo 
Xaridor 
e
100 $ 
80 
70 
50 
Toʻlov qobiliyati 


85 
Siz albomingizni sotish uchun past narxda uni taklif qilasiz, misol 
uchun 10 $. Chunki barcha toʻrt xaridorlaringiz toʻlashga tayyor, narx 
esa tez koʻtariladi. Kimoshdi savdosi Jon 80 $ (yoki bir oz koʻproq) 
taklif qilgan vaqtda toʻxtaydi. Bu nuqtada, Paul, Jorj va Ringo boshqa 
hech qanday taklif qilishni istashmaydi, chunki ular 80$ dan koʻproq 
taklif qilishni istashmaydi. Jon sizga 80$ toʻlaydi va albomni oladi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, albom yuqori qadrlaydigan xaridorga ketdi.
Jon Elvis Presleynining albomini sotib olishdan nima foyda oldi? 
Bu oʻrinda Jon uni haqiqiy savdo orqali topdi: u albom uchun 100$ 
toʻlashga tayyor, lekin u buning uchun atigi 80$ toʻladi. Jon 20$ 
isteʼmolchi ortiqchaligiga ega boʻldi. Isteʼmolchi ortiqchaligi bu 
xaridorning toʻlashga tayyorligidan aslida buning uchun toʻlagan 
miqdorini ayirishdan qolgan miqdorga aytiladi. 
Isteʼmolchi ortiqchaligi xaridorlarning bozor jarayonida olgan 
foydasiga qarab oʻlchanadi. Bu misolda, Jon kimoshdi savdosida 
ishtiroki natijasida 20$ foyda oldi, chunki u 100$ ga baholangan tovar 
uchun atigi 80$ toʻladi. Pol, Jorj va Ringolar isteʼmolchi ortiqchaligiga 
ega boʻlishmadi, chunki kimoshdi savdoda ishtirok etib albomga egalik 
qilmasdan va hech narsa toʻlamasdan ketishdi. 
Endi biroz boshqacha misolni koʻrib chiqamiz. Siz ikkita bir xil 
Elvis Presleyning albomini sotmoqchisiz deylik. Yana kimoshdi 
savdosida toʻrt xaridor mavjud. Hammasi oddiy, biz albomlarning 
ikkalasini bir xil narxda va turli xaridorlarga sotishni rejalashtirganmiz. 
Bu jarayon ikkita xaridor qolgunicha davom etadi. Kimoshdi savdosi 
Jon va Paul 70$ (yoki bir oz yuqori) taklif qilgan vaqtda toʻxtaydi. Jon 
va Paul, ikkovlari albomni bu narxda sotib olishga rozi va Jorj hamda 
Ringo bundan yuqori narx taklif qilmoqchi emas. Jon va Paulning har 
biri isteʼmolchi ortiqchaligiga ega boʻlishdi, uni toʻlashga tayyorligi 
ayiruv toʻlangan narxiga teng. Jonning isteʼmolchi ortiqchaligi 30$ 
boʻladi, Paulniki esa 10$. Jonning isteʼmolchi ortiqchaligi avvalgisiga 


86 
nisbatan yuqoridir u oʻsha albomni oladi, lekin buning uchun kam haq 
toʻlaydi, umumiy isteʼmolchi ortiqchaligi 40$. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling