Bozorlar samaradorligi
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
2 мавзу ISTE\'MOLLAR, ISHLAB CHIQARUVCHILAR VA BOZOR SAMARADORLIGI, ISTE\'MOLCHI TANLOVI VA MUVOZANATI.
Narx ishlab chiqaruvchi
ortiqchaligiga qanday ta’sir qiladi Miqdor Miqdor Dastlabki ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi Yangi ishlab chiqaruvchilar uchun ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi Dastlabki ishlab chiqaruvchilar uchun qoʻshimcha ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi 97 Bu savollarga javob berish uchun rejalashtiruvchi avvalo jamiyatning iqtisodiy rivojini qanday baholashini bilib olishi darkor. Ulardan biri isteʼmolchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklarining umumiy yigʻindisidir. Isteʼmolchi ortiqchaligi xaridorlarning bozordagi ishtirokidan kelib chiqadigan foydadir, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi bu sotuvchining qoʻlga kiritgan foydasidir. Shunday ekan umumiy ortiqchalik jamiyat iqtisodiy rivojlanishining koʻrsatkichi hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanishning bu koʻrsatkichini yaxshi tushunish uchun isteʼmolchi va ishlab chiqaruvchi oqtiqchaligini oʻlchab koʻrish kerak. Biz isteʼmolchi ortiqchaligini shunday aniqlaymiz: Isteʼmolchi ortiqchaligi = xaridorlar toʻlamoqchi boʻlgan narx - xaridorlar tomonidan toʻlangan narx Shunga oʻxshab, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini ham aniqlab olamiz: Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi = sotuvchilarning sotgan narxi - sotuvchilarning xarajatlari Agar biz isteʼmolchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklarini birlashtirsak biz quyidagilarga erishamiz: Umumiy ortiqchalik = (xaridorlar toʻlamoqchi boʻlgan narx - xaridorlar tomonidan toʻlangan narx) + (sotuvchilarning sotgan narxi - sotuvchilarning xarajatlari) Xaridorlar tomondan toʻlangan narx sotuvchilarning sotgan narxi bilan tenglashadi, shuningdek, ushbu iboradagi ikki atama oʻchib ketadi va natijada umumiy ortiqchalikni yozishimiz mumkin: Umumiy ortiqchalik = xaridorlar toʻlamoqchi boʻlgan narx - sotuvchilarning xarajatlari). Bozordagi umumiy ortiqchalik bu xaridorlar tovarga oʻzlarini xohishlari asosida toʻlamoqchi boʻlgan umumiy narxdan sotuvchilar bu 98 tovarni ishlab chiqarish uchun qilgan umumiy xarajatlarni ayirish natijasidir. Agar resurslar taqsimoti umumiy ortiqchalikni maksimallashtirsa, biz bu taqsimot samaradorlikni koʻrsatadi deb aytamiz. Agar taqsimot samarali boʻlmasa, unda sotuvchi va xaridorlar ichida ba’zilari savdodan keladigan imkoniyatli yutuqlardan mahrum boʻlgan hisoblanadi. Misol uchun, agar sotuvchilar ishlab chiqarilgan mahsulotni eng past xarajatlardan ham past narxda sotsalar taqsimot samarasizdir. Bu holatda, yuqori xarajatli ishlab chiqaruvchidan pats xarajatli ishlab chiqaruvchiga oʻzgarish sotuvchining umumiy xarajatlarini pasytiradi va umumiy ortiqchalikni oshiradi. Shunga oʻxshab, agar xaridorlar mahsulotni eng yuqori daromadlaridan yuqori qiymatda iste’mol qilsa ham taqsimot samarasiz boʻladi. Bu holatda tovarlar isteʼmolida past daromadli xaridordan yuqori daromadli xaridorga oʻzgarish umumiy ortiqchalikni oʻsishiga sabab boʻladi. Samaradorlikka qoʻshimcha qilib shuni aytish lozimki, ijtimoiy rejalashtiruvchi tenglik haqida ham, ya’ni bozordagi turli xil xaridor va sotuvchi iqtisodiy rivojlanishda bir xil darajada borishi haqida oʻylashi kerak. Buning asl ma’nosi esa bozor ishtirokchilarining bir pirogni teng boʻlib olishiga oʻxshaydi.Samaradorlik degan savol esa iloji boricha oʻsha pirogning katta boʻlishini anglatadi. Tenglik tushunchasi esa oʻsha pirog neha boʻlakka boʻlingani hamda ishtirokchilar oʻrtasida qanday bolinganinni angladi. Bu bobda biz samarali ijtimoiy rejalashtirish maqsadlari haqida gaplashamiz. Shuni yodda tuting haqiqiy iqtisodiy siyosatchilar har doim tenglik boʻlishi haqida qaygʻurishadi. Tenglik – bu jamiyat a’zolari oʻrtasida iqtisodiy resurslarning iqtisodiy oʻsish uchun teng taqsimlanishidir. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling