Bozorlar samaradorligi
Taklif roʻyxati va taklif
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
2 мавзу ISTE\'MOLLAR, ISHLAB CHIQARUVCHILAR VA BOZOR SAMARADORLIGI, ISTE\'MOLCHI TANLOVI VA MUVOZANATI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qanday qilib yuqori narx ishlab chiqarish ortiqchaligini oshiradi
Taklif roʻyxati va taklif
egri chizigʻi 94 5-rasm taklif egri chizigʻi bizning 2ta misolimizdagi ishlab chiqarish ortiqchaligini hisoblash uchun ishlatiladi. (a) chizmada biz narx 600$ deb hisoblaymiz. Bu holda taklif miqdori 1ga teng. Narx va taklif egri chizigʻi orasidagi maydon 100$ga teng. Biz buni Grandmaning ishlab chiqarish ortiqchaligi sifatida hisoblagandik. 5- rasm (b) chizmasi $800 narxdagi ishlab chiqarish ortiqchaligini koʻrsatadi. Bu holatda narxning past va taklif egri chizigʻining yuqorisi 2 ta burchakning umumiy maydoniga teng. Bu maydon $500 ga teng. Ishlab chiqarish ortiqchaligi biz oldin hisoblaganimizdek Grandma va Jorjiyani ikkita uyni boʻyaganida koʻrinadi. Bu misol taklif egri chizigʻiga tegishli, past narx taklif egri chizigʻining yuqorisi bozordagi ishlab chiqarish ortiqchaligini oʻlchaydi. Mazmun shundaki: taklif egri chizigʻining yuqorisi sotuvchilarning narxini ishlab chiqarish va narx oʻrtasidagi farqni oʻlchaydi. Bundan kelib chiqadiki, umumiy maydon bu barcha sotuvchilarni ishlab chiqarish ortiqchaligining yigʻindisiga teng. Qanday qilib yuqori narx ishlab chiqarish ortiqchaligini oshiradi Sotuvchilar tovarlari uchun yuqori narx olishni xohlashlari hech kimni hayratga solmaydi. Lekin yuqori narx sotuvchilarning farovonligiga qanchalik ta’sir koʻrsatadi? Ishlab chiqarish ortiqchaligi bunga aniq javobni beradi. 6- rasm koʻp sotuvchiga ega boʻlgan bozordagi taklif egri chizigʻini keskin koʻtarilishini koʻrsatadi. Taklif egri chizigʻi oldingi rasmdan farq qilinishiga qaramay, ishlab chiqarish ortiqchaligi bir xil yoʻl bilan hisoblanadi. Ishlab chiqarish ortiqchaligi narxdan past va taklif egri chizigʻidan yuqori boʻladi. (a) chizmada narx P 1 va ishlab chiqarish ortiqchaligi ABC maydonida yotadi. (b) chizmada narx P 1 dan P 2 ga oʻsgandagi holat 95 kuzatiladi. Ishlab chiqarish ortiqchaligi bu holda ADFga teng. Ishlab chiqarish ortiqchaligining bu turdagi oʻsishining 2 tomoni mavjud. ]Birinchisi Q 1 da tovarlarni past narxda P 1 da sotayotgan sotuvchilar yashash darajasi yaxshiroq, chunki ular tovarlari uchun koʻproq haq olishadi. Mavjud sotuvchilarning ishlab chiqarish ortiqchaligidagi oʻsish BCED maydoniga teng. Ikkinchidan, bozorlarda yuqori narxda tovar sotishni xohlagan ba’zi yangi sotuvchilar kelishi va uning natijasida taklif miqdori Q 1 dan Q 2 ga oʻsadi. Bozorga yangi kelayotganlarning ishlab chiqarish ortiqchaligi CEF burchagida yotadi. Tahlildan koʻrinib turganidek, biz iste’molchi ortiqchaligidan xaridorlarning farovonligini aniqlagan boʻlsak, ishlab chiqarish ortiqchaligi yordamida sotuvchilarning farovonligini aniqlaymiz. Bu ikki oʻlchov usuli bir-biriga oʻxshashligi sabab ularni ikkalasini ham ishlatish tabiiydir. Keyingi bobda biz aynan shu masalani koʻrib chiqamiz. (a) rasmda tovar narxi 600$ va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi 100$. (b) rasmda tovar narxi 800$ va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi 500$. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling