2. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy kategoriyalari Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi


 Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot


Download 41.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana23.10.2023
Hajmi41.23 Kb.
#1716930
1   2   3   4
Bog'liq
1 - Mavzu

4. Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot 
Yosh psixologiyasining bugungi kundagi eng muxim muammolari 
quyidagilardan iborat: 
a) turli psixofiziologik funksiyalarning yoshga oid me’yorlarini ilmiy jixatdan 
asoslab berish; 
b) individ, shaxsning yetuklik mezonlari va namunalarini aniqlash; 
v) xayotning turli bosqichlarida insonning real va potensialimkoniyatlari 
qanday bulishini aniqlash; 
g) inson xayotining dastlabki bosqichlari uning kelgusidagi tarqqiyotida 
qanday rol uynashini tushunish va ilmiy bashorat kilish. 
Ushbu muammolarni xal etish uchun inson xayotining xar bir bosqichida - 
bolalikda, uspirinlikda, yetuklik va qarilikda uning psixikasidagi uzgarishlarni 
chuqur o’rganish talab etiladi. 
Ayrim urinlarda bolalar psixologiyasiga sinonim sifatida «genetik psixologiya» 
tushunchasi ishlatilmoqda. Bu holatni to’g’ri deb baholash mumkin emas. Chunki 
genetik psixologiya psixik jarayonlarning paydo bo’lishi va rivojlanishini o’rganadi. 
Bolalar psixologiyasining predmeti esa faqat psixik jarayonlar taraqqiyoti bilangina 
cheklanib qolmaydi. 


Bolalar psixologiyasi fanining peadagogik psixologiya fani bilan aloqasi. 
Pedagogik psixologiya XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib vujudga kelgan va 
psixologiya faniga genetik g‘oyalarning kirishi bilan yanada rivojlandi. Rus
pedagogi K.D.Ushinskiy (1824-1870) o‘z asarlarida jumladan “Inson tarbiya 
predmeti sifatida” asarida shunday deb yozadi: “Insonni har tomonlama 
tarbiyalaydigan pedagog uni har tomonlama bilishi, tushunishi kerak”. 
Bola tarbiyalash va uning rivojlanishining psixofiziologik jixatlarini 
I.M.Sechenov (1829-1905) ko‘rsatib o‘tgan. U kishining psixik rivojlanishi sababli 
bog‘lanish asosida sodir bo‘ladi deydi. Ya’ni psixikaning kelib chiqish manbai - 
o‘zgarib turuvchi hayot sharoitlaridagi qo‘zg‘atuvchilardir va bu qo‘zg‘atuvchilar 
inson nerv sistemasiga ta’sir qiladi va murakkab bog‘lanish paydo bo‘ladi. Mana 
shu bog‘lanish esa bola psixikasining rivojlanishiga olib keladi.
I.P.Pavlovning bosh miya qobig‘idagi nerv bog‘lanishlari to‘g‘risidagi 
qonunlari va umuman psixologik sohasida eksperimentlarning sezilarli yutuqlari 
(Veber, Fexner) tomonidan xotiraning o‘rganilishi yosh va pedagogik 
psixologiyaning rivojlanishi yetarlicha asos bo‘ldi.
Pedagogik psixologiya esa ta’lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini 
o‘rgaadi. o‘quvchining bilish faoliyati va ularning aqliy rivojlanishi bilishning 
muloqotga kirishishi va mehnatining ongli sub’ektlari sifatida shakllanib borishi 
pedagogik psixologiyaning predmeti hisoblanadi. 
Bo‘lajak o‘qituvchilar uchun mazkur kurs bo‘yicha olinadigan bilimlar juda 
muhim ahamiyatga ega. o‘qituvchi o‘z faoliyatida yosh psixologiya ma’lumotlarini 
qo‘llay olish kerak. 
O‘z navbatida bolaning psixik rivojlanishidagi barcha bosqichlarda o‘kuv 
tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda pedagogik psixologiya to‘laqonli 
javob beradi. 
 
Nazorat uchun savollar: 
1. Fanning ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqasini tushuntiring. 
2. Ushbu kurs psixologik bilimlar tizimida qanday ahamiyatga ega? 
3. Fanning asosiy kategoriyalarini sanab o‘ting. 
4. Bolalar psixologiyasi fanining nazariy ahamiyatini tushuntiring. 

Download 41.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling