2-boshlovchi: ”Davron elining jismida jon bo’lg’on”mo’tabar ustozlar Assalomu alaykum!


Har duri inoyating nisor ayla manga


Download 23.9 Kb.
bet3/7
Sana03.02.2023
Hajmi23.9 Kb.
#1150634
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9 fevral

Har duri inoyating nisor ayla manga
G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulga tikondek oshyon bo’lmas emish.
O’n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur.
Ne ajabkim sarvinozim, o’n sakkiz yoshindadur.
Desa bo’lg’aykim,yana ham o’n sakkiz yil husni bor,
O’n sakkiz yoshinda bunchakim fitna boshindadur.
Boshni fido qilg’il ato bo’shig’a
Jismni qil sadqa ano qoshig’a
Tun kuningga aylagali nur fosh,
Birisin oy ayla,birisin quyosh.
1-boshlovchi:-Navoiy bobomiz hatto shohning vaziri bo’lganlarida ham xalq uchun ko’p yaxshi ishlar qilganlar.Maktab va madrasalar qurishga bosh-qosh bo’lganlar. O’zlarining insonparvarliklari tufayli elning nazari va mehriga tushganlar.
2-boshlovchi:-Alisher Navoiy bobomizning hikmatli so’zlarini tinglaylik.
Odami ersang demagil odami,
Oning kim yo’q xalq g’amidin.
Bu gulshan ichra yo’qdir baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik birla ot.
Haq yo’linda kim senga bir harf o’rgatmish ranj ila,
Aylamak oson emas haqqin ado yuz ganj ila.
Hunarni asrabon netgumdir oxir
Olib tuproqqami ketgumdir oxir.
Chin so’zni yolg’onga chulg’ama
Chin ayta olur tilni yolg’onga bulg’ama.
Umrni zoye etma mehnat qil
Mehnatni saodantning kaliti bil.
Raqs
1-boshlovchi. Alisher Navoiy 1438-yilda turkiy tilda birinchi bo’lib Xamsa yozishga kirishdilar va juda qisqa muddat ikki yilda besh yirik dostondan iborat “Xamsa”ni yozib tugatdilar. Ilm va ijod ahli bu voqeani zo’r shodlik bilan qarshi oldi .Abdurahmon Jomiy Navoiy “Xamsa”siga yuksak baho berdilar. Husayin bayqoro buyuk shoirini oq otiga mindirib,unga jilovdorlik qilib Hirot ko’chalarini aylantirgan.

Download 23.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling