2-bosqich 205-guruh talabasi G’aybullayev Jahongirning falsafa fanidan


Download 11.59 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi11.59 Kb.
#1566385
Bog'liq
falsafa 1


“TIQXMMI”MTU”ning Qarshi irrigatsiya va agrotexnalogiyalar instituti
CHQXM fakulteti TJICHAB yo’nalishi
2-bosqich 205-guruh talabasi
G’aybullayev Jahongirning falsafa fanidan
Milliy madaniyatlarning diniy madaniyat shakllanishidagi roli. Ona yurtim tabiati mavzusida videoroliklar tanlovini tashkil etishtarihi. ” mavzusida tayyorlagan taqdimoti
QARSHI 2023
REJA:
1. Diniy madaniy an’nalarning 2. O‘zbekistonda diniy madaniyatni rivojlanish tarixi va xozirgi davrdagi ahamiyati 3. Diniy urf odatlarnnig shaxs dunyoqarashi va tafakkuriga ta’siri TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR: Diniy madaniyat, aqliy-mantiqiy tafakkur, ibodatxona, ierarxiya, vassal, ilohiyot, aqida, taxayyul, madrasa, texnogen madaniyat, antroposentrizm, ratsionalizm, utilitar, emperik, texnosentrik, texnodeterministik, ommaviy madaniyat, mafkuraviy immunitet
Milliy madaniyat - millatning butun bir xalqning tarixini, asrlar davomidagi turmush tarzi, ilimiy, ma’naviy va moddiy salohiyatini belgilab beruvchi birlamchi hodisadir. VI-XVI asrlar davri tarix fanida o’rta asrlar deyilib, qadimgi va an`anaviy madaniyatlar o’rtasidagi davrni bildiradi. Bu davr madaniyatida mifologik tafakkur va an`analarning kuchli ta`siri hamda yangi davrning texnogen madaniyatidagi aqliy-mantiqiy tafakkur, ilmning amaliy xususiyatlari seziladi. Arab xalifaligi va Evropa mamlakatlari o’rta asrlar madaniyatidagi xususiyatni islom va xristianlik belgilaydi. O’rta asrlar madaniyatining shakllanish qiyofasini islom va xristianlik belgilashi bilan birga, ularning o’zi ham mifologik tushunchalar asosida shakllanib, an`anaviy madaniyatning ko’plab jihatlarini o’zlashtirdi, o’z navbatida o’rta asrlar madaniyati negizida keyingi davrlar madaniyatining shakllanishi uchun yangi madaniyat kurtaklari va yangicha tafakkur tarzi vujudga keldi. Diniy madaniyat ko’p mazmunlidir, negaki uning asosida turli xalqlarning madaniyat merosi mavjud. Shuningdek, din o’sha davrdagi madaniyat va submadaniyatning barcha sohalarini birlashtirib o’z ichiga qamrab oldi.
O`rta asrlar davrida yakka xudolikka asoslangan jahon dinlari-xristianlik va islom Yevropa, Osiyo va Afrikaning ko’p joylarida ko’plab kishilar uchun dunyoqarashning ustivor shakli bo’lib, inson va butun jamiyatning tafakkurini, butun turmush tarzini belgiladi. Diniy aqidalar asosida o’sha davrning qiyofasi kishilar ongida shakllanib madaniyatning o’ziga xos xususiyatini belgiladi. Koinot va osmon jismlarini dastlabki va boshlang’ich o’rnini Xudo (Olloh) belgilab, dunyo va insonni yaratuvchisi hamda barcha mavjudot xudoning (Olloh irodasining) ijodiy yaratuvchanlik natijasidir deb ta’kidlandi. Diniy madaniyat umuminsoniy madaniyat taraqqiyotining eng muhim davri hisoblanadi. O`rta asrlar davrida davlatchilik, millatlarning yangi shakllari vujudga kelishi yuz berdi, hozirda muomalada bo’lgan tillar shakllanib, ta`lim va fan tizimi yanada taraqqiy etdi.
O‘rta Osiyo tarixiy voqealarga g‘oyat boy o‘lka bo‘lishi bilan birga azaldan ilm – fan, madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo‘lib kelgan. Bu o‘lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonmushul ulug‘ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qo‘shganlar. O‘rta Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining uzviy ajralmas tarkibiy qismidir. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat –engilmas kuch” kitobida ta’kidlaganidek: “Bu tabarruk zamindan ne –ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani , umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichda ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi1”
Madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunosligining taraqqiyoti;  yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish;  Astronomiya, matematika, minerologiya, jo‘g‘rofiya, kimyo va boshqa tabiiy  fanlar rivoji; Uslub (metodologiya)da –ratsionalizm, mantiqning ustunligi;  insoniy do‘stlik, yuksak ahloqiylikning targ‘ibot etilishi ;  falsafaning keng darajada rivoj topishi;  adabiyot, she’riyat, ritorikaning keng miqyosda rivojlanishi;  bilimdonlikning qomusiy harakterda ekanligi. Bu davrga kelib, avvalo O‘rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu fan va madaniyatning yirik o‘chog‘iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy markazlar tashkil topgan edi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg‘oniy, Beruniy, Imom al –Buxoriy, Imom Iso at – Termiziy, Hakim at –Termiziy kabi O‘rta Osiyolik olimlar va ulamolarning dong‘i yetti iqlimga tarqalgan edi. Beruniy fikricha, kishilar uchun dunyoda turli hollar bor.
Diniy va milliy an’analar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi va sayqallanadi. Davr talabiga javob bergan an’analar unutilmaydi, avlodlarga meros bo‘lib qoladi, xalq hayotining tarkibiy qismiga aylanadi. Har bir el, millat yoki xalq o‘z an’analarini rivojlantiradi, asrab-avaylaydi. An’analarda xalq dahosi, turmush tarzi, madaniy kamolot darajasi aks etadi An’analar yoshlarni tarbiyalash, ularga keksa avlodning tajribalarini o‘zlashtirish vositasi hamdir. Diniy va milliy an’analarni ijtimoiy hayotning quyidagi ma’naviy omillaridan biri sifatida tavsiflash mumkin: a) diniy va milliy an’analarning avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tishi; b) milliy an’analar – umuminsoniy an’analarning tarkibiy qismi; v) diniy va milliy an’analar millatni birlashtirish, hamjihatligini ta’minlash vositasi; g) urf-odat va an’analarga ehtirom ko‘rsatish. Qachonki milliy va diniy an’analar umuminsoniy demokratik qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirilsa, shundagina jamiyat taraqqiyotining rivojlanishida uning o‘rni alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Jamiyat odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay turib, o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Madaniy qadriyatlarimiz, ma’naviy merosimiz ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, o‘zbek xalqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Muhimi, dinlar ham xalq hayoti, e’tiqodi va dunyoqarashiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Bir dinning biror mintaqada yoyilishi, u yerdagi urf-odatlar ta’sirida milliylik kasb etishini o‘rganish o‘ziga xos aniq va to‘liq ma’lumot olishga yordam beradi. Dunyodagi turli xalqlar bilan muloqot qilishda, avvalambor, ularning dunyoqarashi, urf-odatlari, qadriyatlarini bilish katta ahamiyatga ega. Yurtimizda turli xil millatlar va turli din vakillari istiqomat qiladilar. Har bir din vakillarining o‘z urf-odat, bayram va marosimlari mavjuddir. Ularga biz hurmat bilan yondoshishimiz zarur. Diniy va milliy qadriyatlar turli millatlar va xalqlar, ijtimoiy guruhlar manfaatlariga bevosita taalluqli hamda ularning taraqqiyoti va istiqboli uchun xizmat qiladigan ma’naviy, ijtimoiy, axloqiy, huquqiy, falsafiy boyliklarning umumlashgan holatdagi ifodasidir. Diniy qadriyatlarning vujudga kelishida ma’lum bir dinning paydo bo‘lishi, uning hududi, tarixi, madaniyati, muqaddas manbalari, ta’limotlari, urf-odat va an’analarining o‘rni benihoya muhimdir. Diniy qadriyatlar ushbu din vakillarining tabiiy ehtiyoj va talablarini qondiradi va jamiyatda o‘ziga xos o‘rinni egallaydi.Diniy qadriyatlar: muayyan dinning muqaddas sanalmish makon-manzil, ashyolariga e’tibor berish; ushbu din ta’limoti mazmunini chuqur anglash; din belgilagan qonun-qoidalarga rioya qilish; o‘z hatti-harakatlarini din belgilagan me’yorlar asosida olib borish; poklik va halollik bilan hayot kechirish; eng yuksak orzu, niyat, g‘oya, maqsad va qiziqishlarini din qonun-qoidalaridan chetga og‘ishmay amalga oshirish kabilarda namoyon bo‘ladi.
Diniy qadriyatlarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Chunki u insonlarga axloqiy poklik, ezgulik, go‘zallik, poklik, haqiqat, erkinlik, adolat, do‘stlik, muhabbat, halollik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlarni targ‘ib etadi. Diniy qadriyatlar haqida fikr yuritar ekanmiz, uni milliy qadriyatlardan ajratib o‘rganish yoki tahlil qilish qiyin. Chunki jamiyat hayotida asrlar davomida milliy va diniy qadriyatlar bir-biri bilan qo‘shilib, uyg‘unlikda umuminsoniy qadriyatga aylangan. Mustaqillik yillarida ajdodlarimiz hayot yo‘llari va ilmiy merosini o‘rganish borasida qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Muhimi, ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jamiyatning barcha qatlamlarini o‘ziga jalb etib, xalqaro miqyosda nishonlanib kelmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekiston o‘zini dunyoviy davlat deya e’lon qildi va Konstitutsiya orqali buni mustahkamladi. Dunyoviylik tushunchasi zamirida diniy tashkilotlarni siyosiy tashkilotlardan ajratish va diniylikni barcha uchun asos qilib olmaslik tamoyili mujassamdir. Shu bilan birga, davlat dindorlarning haq-huquqlarini kafolatlash majburiyatini ham o‘z zimmasiga oladi. Asosiy Qonunimizning 31-moddasiga ko‘ra, “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”
Download 11.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling