2 bosqich talabalari uchun Sport pedagogik mahoratni oshrish fanidan


O'z-o'zini nazorat uchun savollar


Download 1.38 Mb.
bet26/41
Sana17.09.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1680338
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
Sport pedagogik mahoratni oshrish

O'z-o'zini nazorat uchun savollar
Turizm texnikasida qanday iboralar bor?
Turizm texnikasi bo'yicha musobaqa qanday o'tkaziladi?
MehnatkaShlar va turli idoralarning dam olish uylari, sanatoriyalarda sayohatlar qanday olib boriladi?
Aholi istiqomat joylarida sayr-tomoShalar qanday o'tkaziladi?
Istirohat bog'larida sayr-tomoShalar qanday Shakllarga ega?

MAVZU№8
Modul: Turistik sayr jarayonida gigiena qoidalari.
Reja:
1. Turistlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tish. Turizm gigienasiga rioya qilish.
2. Turistlarning Shaxsiy gigienasi. Tibbiy ko’rik va shfokor nazorati.
3.Turistlarning gigienasiga rioya qilish va o’z o’zini nazorat qilish.
4. Tabiatni sog’lomlashtrish kuchlardan uv, xavo, quyosh foydalanish.
5. Quyosh,xavo, suv vannasini qabul qilishning asosiy qoidalari.

  1. Tibbiyot ko‘rigi va Shifokor nazorati

Talabalar, o‘quvchilar va barcha turistlar sayr, ayniksa ko‘p kunlik yurish lar oldidan maxsus Shifokor kurigidan utib, sayohat uchun ruxsat olishlari talab etiladi. O‘zoq sayohatga boriSh uchun muljallangan o‘quvchilarni maktab, akademik litsey, kollej yoki universitet Shifokori avvaldan ko‘zatib, nazorat kilib boriShi, ularning nazorat daftarchalariga tegiShli xulosalarni muntazam yozib boriShi lozim. SHifokorning nazoratida turistik sayrga borayotgan Shaxslarning funktsional holatini va imkoniyatlarini tekShiriladi va o‘z tavsiyalarini beradi.SHunga karamasdan, sayohat davomida o‘zoq yurib charchaganligi, ob-havo ta’sirida ayrim Shaxslar ShamollaSh, yutaliSh, isitma chiqarish, boSh yoki korin og‘rigi paydo bo‘liShi mukarrar. Buning oldini olish uchun maxsus dorilardan foydalanish mumkin. Dorilar sayohatchilarda individual raviShda hamda guruh uchun olingan Shifokorning «dorilar kutichasida» mavjud buladi.
SHaxslar organizmi yoshga karab har xil rivojlanish xususiyatiga ega. Tabiatning go‘zalligi, sayohatning kizikarliligi tufayli ayrim Shaxslar charchaganligini tezda sezmasliklari mumkin. SHu sababdan ularning, yoshi jismoniy tayyorgarligiga karab yullanma berish lozim. Har bir turist sayrgacha va sayrda o‘z sog‘ligini, jismoniy chinikishini o‘zlari nazorat kilib borishlari kerak.
1. yurak o‘riShi
2. nafas olish
3. dam olish joyida o‘tirganda oyoqlarni yuqoriga qo‘yib o‘tiriSh.
II. Turistlar gigienasiga rioya qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish. Hamda tabiatni sog‘lomlaShtiruvchi kuchlaridan (suv, havo, quyosh) foydalanish.
Sayrlar jarayonida o‘quvchilar turistlarning Shaxsiy gigienasiga kat’iy rioya qilishlari lozim. Zarur gigienik Shartlarga amal qilish turistik sayrlarda muxim rolь uynaydi. Bunga kat’iy kundalik rejim kiradi. Kun rejim deganda kunlik hayotda kattik tartib urnatiliShi, mexnat, dam olish, ovqatlanish vaqtining okilona taksimlaniShi tuShuniladi. O‘zoq vaqt davomida kunlik rejimga amal qilish inson salomatligi mustaxkamlaShga yordamlaShadi, tetik, hayotbaxSh kayfiyat yaratadi, uning mexnat kobiliyatini oShiradi. Kunlik rejimga amal kiliniShi insonda intizom, ozodalik va tashkilotchilik kabi bebaho xislatlarni tarbilaydi.Turistlarning Shaxsiy gigienasi ham gigienik Shartlar tizimiga kiradi. Shaxsiy gigiena - bu inson salomatligi saklaShni ta’min etuvchi hamma tadbirlar majmuasidir.
Shaxsiy gigienaning asosiy talabalari kuyidagilardan iborat: tananing tozaligi va uning parvariShi, ichki va ustki kiyimlar, poyabzal, yaShaSh va iSh joyining tozaligi; iSh va Shaxsiy buyumlarning orasta saklaniShi Shaxsiy, o‘quv muassasasida, kuchada turizm sayrlarida va umumiy joydagi madaniy xulki kiradi. Iklim Sharoitga asoslanib, kiyim boSh, poyafzal, ich kiyim hamda quyoshdan, sovukdan, yog‘ingarchilikdan saklaniSh uchun tegiShli boSh kiyimlarni, ko‘zoynakni olib yurish va o‘z vaqtida iShlatiSh kifoya. Sayrlarning 1 kunlik yoki ko‘p kunlik tashkil qilinganligiga karab tegiShli bulgan gigienik Shartlar (kun rejimi, inventarь va jihozlarning saklaniShi turistlarning kiyim kechaklar) va yordam beradigan Shartlar (Shaxsiy gigiena) birgalikda turistik sayrlarda muxim vositalardan hisoblanadi. Umuman gigienik omillar mexnat, dam olish, ovqatlanish, tevarak-atrofdagi muxitning Shaxsiy va ijtimoiy gigienasi tadbirlaridan iborat. Turistik sayrlarni tashkil qilish jarayonida gigiena koidalari va normalariga rioya qilish majburiydir, chunki u turistik sayrlarning Shaxs psixikasiga ta’sir kursatiSh samarasini oShiradi hamda kishining sog‘lig‘ini mustahkamlaShga, jismoniy kobiliyatlarini ustiriShga imkon beradi.
Turistik sayrlarda tabiatni sog‘lomlaShtiriSh kuchidan organizmni chiniqtiriShning mustakil vositasi sifatida foydalaniladi.Tabiat kuchlari (suv, havo, quyosh) kiShilarning sog‘ligini mustaxkamlaSh va iSh kobiliyatini oShiriShning muxim vositasidir.
Turistik sayrlarda harakatlar bilan birgalikda turli tadbirlardan foydalaniladi (ochik havodagi o‘yinlar, quyosh ostida toblaniSh, cho‘miliSh va nam sochiqda artiniSh) ya’ni vosita sifatida foylaniladi. Tabiatning sog‘lomlaShtiriSh kuchidan foydalanishning asosiy natijasi kishining chinikiShi, ya’ni organizmning sovuk, issik, quyosh radiatsiyasi (ayniksa ular keskin o‘zgarib turganda) kabilarga bardoSh berish xususiyatining ortiShidir. Bu hol sog‘likni mustaxkamligi va iSh kobiliyatini oShiriSh imkonini beradi, buni ilk yoshlik chog‘idan boshlab doimo utkazib turiSh lozim. Har tomonlama chiniqtiriSh uchun organizmga turlicha ta’sir etadigan vositalar (xilma-xil haroratdagi suv va havo, quyosh turlari ta’sirida bo‘liSh va hokazo)dan foydalanish kerak.
III. Quyosh vannasini kabul qilishning asosiy koidalari.
Quyosh vannasini kunning birinchi yarmidagi (soat 8 dan 11 gacha - bu paytda havo uncha kizmagan va toza buladi) ovqatlanishga bir yarim soat kolguncha yoki undan 1,5-2 soat keyin kabul qilingan ma’ko‘l. Quyosh nuri ostida bo‘liSh dastlab 8-10 dakika bilan chegaralanadi, sung bu protsedurani har kuni 5-10 dakika ko‘paytirilib boriladi va asta-sekin 30-40 dakikaga etkaziladi. Quyosh vannasini kabul kila turib har 5-10 dakikada tana holatini o‘zgartirib turiSh kerak. Quyosh vannasidan keyin suv protseduralari tavsiya qilinadi. Quyosh vannasidan haddan ziyod notug‘ri foydalanish organizm uchun zararlidir. Bu tananing kuyiShiga va issik uruShiga olib kelishi mumkin.
IV. Havo vannasini kabul qilishning asosiy koidalari.
Havo vannasiga yaxShisi erta bahorda, ilik kunlarda (+200 C), lekin quyosh nuri va Shamolning tik tuShuShidan muhofaza qilingan joylarda tuShgan ma’ko‘l. Havo vannasida dastlab 10-15 dakika. Asta-sekin 1,5-2 soat bulinadi. Havo vannasi uchun ko‘lay vaqt kundo‘zgi soatlardir (soat 9 dan 18 gacha).
Havo vannasini korin ochganda yoki bevosita ovqatdan sung kabul qilish tavsiya etilmaydi. Bazan uviSha boShlaganda bu protsedurani darhol tuxtatiSh kerak. Iloji bulsa, havo vannasiga tuShiShdan oldin organizmni kizitiSh kerak. Havo vannasini ochik havoda harakatlanib (uynab yoki yurib) olgan ma’ko‘l.
Ilik kunlarda havo vannasini muntazam olish asta-sekin bu protsedurani juda past temperaturada ham amalga oShiriSh imkonini beradi. Bu organizmni chiniktiradi.
V. Suv muolajasini olishning asosiy koidalari.
Suv protsedurasiga kuyidagilar kiradi: artiniSh, ustidan suv kuyiSh, duShga tuShiSh va chumiliSh. eng ko‘layi artiniShdir. IShkalaSh hul sochik yoki gubka bilan amalga oShiriladi. IShkalaShdan sung badan sochiq bilan kuriguncha artiladi. IShkalaShda dastlab ilik suvdan: maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 28-25 harorat issik, maktab o‘quvchilari va usmirlar uchun 25-20, 20-18 harakat issik suvdan foydalaniladi. Suvning harorati asta-sekin 3-4 kunda bir harorati pasaytiriladi va maktabgacha yoshdagi bolalarda 19, maktab o‘quvchilarida 18, usmirlarda 16 haroratgacha tuShiriladi. Ustidan suv kuyiSh va duSh kabul qilish eng kuchli suv protseduralaridir. Ularni kabul qilishga bolalar hul narsa bilan badanlarini iShkalaShga kunikanlaridan sung kiritiSh zarur.
Suv havzalarida chumiliSh eng yaxShi muolajalardan biridir. Agar badan tarbiyadan sung chumiliShga tugri kelsa, suvda 2-3 dakika bo‘liShi kifoya, quyosh vanasidan chikib chumilganda 10-20 dakika turishlari mumkin, chumilayotib kuchli harakatlar qilish kerak, aks holda sovkotib kolish mumkin. Har kanday suv protsedurasidan sung bazanni kuriguncha artiSh, keyin hul yoki kuruk sochik bilan iShkalab kuritiSh lozim. Har uchchala protsedurani tashkil qilish va o‘tkaziShida ablatta tibbiy nazorat darkor.
VI.Turizm elementlari bo‘yicha musobaqalarni uyuShtiriSh va o‘tkaziSh.
Turistik sayohatlar, sayrlarda hilma-xil musobaqalar, slyotlar tashkil qilinadi. O‘quvchilar-usmirlar orasida sayohatlar jarayonida sportning voleybol, futbol, badminton, suvda so‘ziSh kabi turlaridan oddiy koidalar bo‘yicha musobaqalar, kungil ochiSh tadbirlari tashkil qilinadi. Balandliklarga chikiSh, tuShiSh, chodirlarni tez urnatiSh, ovqat piShiriSh kabilar bo‘yicha ham musobaqalar, estafetalar tashkil qilinadi. Turistik sayohatlar va sayrlar davomida tashkil etiladigan turli musobaqalar ham avvaldan tayyorlangan bulib, maxsus reja yoki nizom asosida o‘tkaziladi.
Maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollej talabalarning barcha sayohat va sayrlarida yulda yurish tartibi, atroflarni ko‘zdan kechiriSh, joylarni o‘rganiSh, mo‘zey va dakikatga sazovor joylarni tomoSha qilishi, turistik musobaqalar ham tashkil qilinadi. O‘quv muassasalarida turizm buicha musobaqalari turistik texnika va slyot hisoblanadi.
Turistik texnikaning asosiy elementlari past baland joylarida yuguriSh, tusiklardan arkon va oddiy moslamolardan qilingan vositalar yordamida utiSh, Shikastlangan paytda birinchi tibbiy yordam berish, karta (sxema) bo‘yicha joylarni belgilaSh, azimut bo‘yicha yurish , chodirlarni vaqtida kuriSh. Ryukzakka kerakli buyum va jihozlarni joylashtiriSh, ovqat piShiriSh, choy kaynatiSh, devorriy gazeta tayyorlash, suratalьbomlarni namoyiSh qilish kabilardir.
Turizmning elementlari bo‘yicha musobaqani bir jamoa yoki guruhning o‘zi ham tashkil qilishi mumkin. Bunda bir necha komanda tashkil qilishga tug‘ri keladi, komandalar to‘ziSh, imkoni bulmaganda namuna sifatida 10-15 ta turistning iShtirokida musobaqa tashkil qilinadi.
Bunday musobaqalar o‘quvchi-usmirlar va turistlarning jismoniy tayyorgarligini oShiriShi, turistik malaka hosil qilish, yirik musobaqa yoki slyotlarga tayyorlanish maqsadida maktab turizm sektsiyalarida yil davomida muntazam o‘tkaziladi. Bunday musobaqalar talabga javob beradigan tabiiy Sharoitlarda tashkil qilinadi. Turistik texnika bo‘yicha musobaqa tuman yoki Shahar miqyosida tashkil qilinadi. Turistik musobaqalarning eng yirigi slyot hisoblanadi.
Slyot - turistlarning katta anjumani hisoblanadi. Slyot asosan tuman, Shahar, viloyat, respublika miqyosida maxsus nizom asosida o‘tkaziladi. O‘quv muassasalari slyotlari xalk maorifi tomonidan tashkil qilinadi. Turistlik slyotlarga tegiShli sport jamoalari, turizm bo‘yicha ma’sullar rahbarlik qiladi. Slyot o‘tkaziliShidan bir necha oy ilgari nizom ishlab chiqiladi va tegiShli joylarga yuboriladi. Nizom asosida o‘quv mussasalari o‘z komanadalarini tayyorlaydilar. Slyotni o‘tkaziSh uchun tashkiliy hayat (komissiya) to‘ziladi. Hayat(komissiya) esa slyotda xizmat qiladigan ma’sul hodimlarni tayinlaydi, xavfsizlik va kutkariSh koidalarini avvaldan ogohlantiradi.
Slyot dasturida asosan kuyidagi tadbirlar buladi:
1. Umumiy parad, raport.
2. Turizm turisida ma’ruza yoki biron jamoaning iSh tajribasi joriy qilinadi (qisqa mag‘zmunda).
3. Musobaqa,estafetalar.
4. Chamalash elementlari bo‘yicha musobaqa.
5. Mazali ovqat piShiriSh, choy kaynatiSh bo‘yicha musobaqa.
6. Jamoa hayotini aks ettiruvchi kurgazmali materiallar bilan iShtirok etish.
7. Badiy havoskorlik konkursi.
8. Gulxan tayyorlash va uni yokiSh.
9. G‘olibalarni mukofatlaSh.
O‘quv muassasalarida tashkil qilingan turistik musobaqa va slyotlarda albatta tibbiy xizmat tashkil qilinadi

Turistik kunikmalarni mustahkamlaydigan o‘yin musobaqalar.


Ryukzakka buyum joylash.
Ryukzakka buyumlarni tez joylash musobaqasida ayrim katnaShchilar iShtirok etishadi. Vazifa - asbob anjomlarni iloji baricha tezrok joylab, ryukzakni orkalab olishdan iborat.
Ryukzak ichida adeol, Shippak (tapochka), ovqat mahsulotlari (3-4 banka konserva, kand, solingan xaltacha), koShik, krujka, tunuka tovokcha, sochik, sovun, tiSh chutkasi, tiSh pastasi joylaniShi kerak. Ryukzakning orkaga yopiShib turadigan tomonini erga karatib kuyiladi. YUmShok narsalar (odeal, plaSh va boshqalar) ryukzakning orka tomoniga takab joylanadi. Ryukzak ichidagi kattik buyumlar orkaga botmasligi uchun Shunday qilinadi. Hamma og‘ir narsalar (konservalar, metall buyumlar) ryukzakning tagiga, engil narsalar esa (kuylak va boshqalar) ryukzakning ustki tomoniga joylanadi. Ryukzakning chuntaklaridan sayr vaqtida tez-tez olib iShlatiladigan narsalar: topochka, sochik, sovun, krujkalarni solib kuyiSh foydalaniladi. Ryukzak yassi Shaklli bulib, orkaga zich yopiShib turiSh kerak. Hamma narsani tez va Shu bilan birga sifatli kilib joylagan kiShi yutib chikkan hisoblanadi.
Palatka o‘rnatish.
Bu musobaqada 6 kiShidan iborat komandalar katnaShadi. Palatkani Shunday tarang kilib tortiSh kerakki, Shipining matosi osilib yoki solki bulib turmasin, buriShib kolmasin. Palatka devorlarida ham buriShgan joylari bulmasligi kerak. Palatkani eShigi ilib kuyilgan bo‘liShi lozim, arkonning uchlarini koziklarga urab kuyiSh kerak. Musobaqa boShlaniShi oldidan uning katnaShchilari tekis maydonchada yoki yalanglikda chizib kuyilgan chizik ustida bir kator bulib saf tortib turadilar. Start joyidan 3-4 metr narirokda har bir komanda oldiga bir xil nusxadagi palatka kuyiladi. Start joyidan 3-4 metr narirokda har bir komanad oldiga bir xil nusxadagi palatka kuyiladi. Palatkaning yonida 14 dona mayda kozik, palatka balandligiga teng ikki ustun va koziklarni erga kokiSh uchun boltachalar buladi. Hakamning «urnat!» degan komandasi eShitiliShi bilan musobaqa katnaShchilari o‘z palatkalari yoniga yugurib borib, palatkalarni urnatiShga Kirishadilar.
Palatka urnatilib bulgach, komanda palatkaning eShigi oldida saf tortib turadi va komanda kapitani «tayyor» deb doklad qiladi. Sekundomerchi hakam sekundomerini vaqtini belgilab kuyadi yoki tuxtatadi. Palatka urnatiSh uchun eng kam vaqt sarflagan komanda musobaqada yutib chikadi lekin bunda palatka urnatiShdagi kamchiliklar uchun berilgan jarima ham kuShib hisoblanadi.
Turistik estafeta.
Musobaqada har biri 6-10 kiShilik komandalar katnaShadi. estafeta turli boskichlaridan iborat bo‘liShi mumkin. Turizmning kanday turi (piyoda yurish , tokka chikiSh), bo‘yicha musobaqa o‘tkazilayotganiga karab etaplardagi tusiklarning xarakteri belgilanadi. etaplarni tanlash va ularni masofa buylab joylashtirib chikiSh mahalliy Sharoitlarga bog‘likdir. Xalkasimon estafeta hakamlar uchun ham, tamoShabinlar uchun ham ko‘lay. Bunday holda start va finiSh bir joyda buladi. Bunda masofa kizil bayrokchalar bilan belgilab chiqiladi. Yulning eng kiyin qismlari (masalan tokka kutariliSh, kalin archazor, tepalik) 50 metrgacha qisqartiriliShi kerak. estafetaning har kaysi katnaShchisi fakat bir boskichni bosib utiShga hakli. Musobaqa estafeta vazifasini ryukzak utaydi. Bir necha komandaga baravar start beriladi. Start navbati chek taShlaSh yuli bilan aniklanadi.
Musobaqachilar startda turgan paytda elkalariga buSh ryukzak osib oladilar. Keyinchalik butun masofa davomida uni bir -birlariga oShiradilar. Musobaqa katnaShchisi hatto eng kiyin tusikdan olib utayotgan paytda ham ryukzakni elkasidan olmasligi kerak. estafeta masofasida ryukzakni bir-biriga oShiriSh uchun boskichlar o‘rtasida oShiriSh zonasi (boskich boShlanmasdan oldin 5 metr va undan keyin 5 metr) belgilab kuyiladi.
Musobaqa katnaShgan komandalar egallagan urinlarni aniklaSh uchun startdan to finiShga kadar sarflangan jami vaqt hisobga kiradi, Shuningdek Shtraflar ham hisobiga olinadi.

O'z-o'zini nazorat uchun savollar
Ekologiya so'z iborasi nimani bildiradi va uning mazmuni nimalarga xizmat qiladi?
Ekologik muvozanatlarda qaysi sohalar muhim o'ringa ega?
O'zbekistonda ekologiyani yaxShilaSh borasida qanday chora- tadbirlar olib borilmoqda (Orol muammosi)?
Tabiiy Sharoitda ekologik holatlar bo'lmagan yoki etarli darajada emasligini o'zlaShtiriSh uchun qanday tadbir-choralar ko'rilmoqda (cho'l zonalari, Orol bo'yi)?
Ekologik muvozanatlarni saqlaSh va tiklaShda sayohat qatnaShchilarining vazifalari nimadan iborat?
O'lkaShunoslik va kuzatiSh ishlari nimalardan iborat?
O'zbekistonning geografik joylashiShi, tuzilishi haqida nimalarni bilasiz?
Kasbiy-amaliy tayyorgarlik jarayonlarida turizm nimalarni o'rgatadi?
Jismoniy tarbiya, ta'lim-tarbiya va boShqa sohalarda ta'lim oluvchi o'quvchi yoshlar va talabalar o'lkani o'rganiSh hamda kuzatiSh iShlariga qanday e'tibor beriladi?
Sayohatlar jarayonida ijtimoiy-foydali mehnatlarning qanday turlari bor?
Aholi o'rtasida qanday targ'ibot ishlarini talabalar tomonidan olib boriSh mumkin?
QiShloqlarda mahalliy millat qizlari bilan suhbat va muloqotlarda nima iShlar qilish lozim bo'ladi?


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling