2 bosqich talabalari uchun Sport pedagogik mahoratni oshrish fanidan


MAVZU № 1 MODUL: SPORT SOG'LOMLASHTIRISH TURIZMI FANIGA KIRISH


Download 1.38 Mb.
bet2/41
Sana17.09.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1680338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Sport pedagogik mahoratni oshrish

MAVZU № 1


MODUL: SPORT SOG'LOMLASHTIRISH TURIZMI FANIGA KIRISH
Reja
1. Turizmni vujudga kelishi va rivojlanishi tarixi
2. Turizm va sport sog'lomlashtirish turizmi tushunchalari
3.Sport sog’lomlashtirish turizmi jismoniy tarbiya vositasi sifatida
4. Turizmning maqsadi,vazifasi va turlari
5. Sport sog’lomlashtirish turizmining asosiy maqsadi va vazifalari
Turizmni vujudga kelishi va rivojlanishi tarixi

Turizm sayohat sifatida darn olish, xordiq chiqarish, tabiat rnanzaralarini tornosha qiIish, tarixiy-madaniy obidalarni ko'rish, o'rganish kabi faoliyatlarning rnazrnun va shakuaridan iboratdir. Bunda eng avvalo rna'naviy-ma'rifiy bilimlarni kengaytirish va jismoniy kamolatni tarbiyalashdek eng rnurakkab hamda ulug'vor maqsadlar amalga oshiriladi."Turizm" so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, u aylana bo’ylab harakat qilish - degan ma’noni bildiradi. Keng ma’noda buni kishilarni xayotda harakatda bo’lishlari tushuniladi. Shuningdek, turizm «tur» (belgi) o’rnatish, ya’ni tog’ adirlar, uzoq masofalarga sayohat qilish, so’nggi manzilga belgi ko’yish yoki cho’qqiga chikqanligini bildirish uchun biron bir belgi (yozuv, byust, haykal va x,.k) qoldirishni bildiriladi. Turistik poxodlarda sportcha chamalab topish, voleybol, yengil atletika va xalq miuiy o’yinlaridan keng foydalaniladi. Turizmning texnik tushunchalari poxodga tayyorgarlik shartlari, yurish, to’siqlardan o’tish, turistik jixozlaridan foydalanish, turistik turmush sharoitlarini bilish va ulardan foydalanish keng tushuniladi. Turistik taktika tushunchasi esa kompas, karta, sxema va boshqa asboblar xamda tibbiy sharoit vositalari orqali turistik poxod, slyot, sayohatlarga qo’yiladigan maqsad va vazifalarga erishish, topshiriqlarni ado etish demakdir.


Turizmni vujudga kelish tarixi va rivojlanishi yurish, tog‘ so‘qmoqlari va dovonlaridan oshish, daryolardan kechib o‘tish, arqonlarga osilib Turizm (sayohat) ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarga ega bo‘lgan nazariy va amaliy fan sifatida o‘qitiladi. U o‘zining ijtimoiy tizimlar (formatsiya) bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z tarixi hamda rivojlanish jarayonlariga ega. Turizm umumiy ma’noda sayr-sayohatlar, sarguzashtlarni ifoda etadi. Shu sababdan ular ijtimoiy-turmush va mehnat jarayonlaridan tarkib topadi. Turizm haqida ilmiy-ommabop risolalar, o‘quv va uslubiy qo‘uanmalar juda ko‘p. Ularning mazmunida turli yoshdagi kishilar va aholining talablariga qarab sayr-sayohatlarni tashkil qilish yo‘uari bayon etilgan. Turizmning vujudga kelish omiuari va davrlari ijtimoiy turmush, madaniy hayot va mehnat jarayonlari bilan bevosita bog‘liqdir. Eng qadimgi insonlar yashash uchun ov va mehnat qurouarini yaratishga harakat qilganlar. Shu tarzda tog‘lar, daryo va ko‘uarning sohiuarida yashab, yovvoyi hayvonlarni ov qilganlar, ularni qo‘lga o‘rgatib o‘z mehnatlarida foydalanganlar. Ov manziuari va dam olishga qulay bo‘lgan joylarda ma’lum bir belgilarni (tur) qo‘yishgan va zarur bo‘lgan paytlarda ana shu joylarga kelib hordiq chiqarishgan, turli o‘yinlar tashkil qilib musobaqalashishgan. Ishlab chiqarish va mehnat jarayonlarining takomiuashuvi, ov va jang qurouarini yaratishining yangi usuuari odamlarning uzoq joylarga borib ov va mehnat qilishi, shu asosda eng qulay va yaxshi joylarni tanlab dam olish, hatto o‘troqlashib qolishlariga olib kelgan. Shu tariqa daryolar, ko‘uar, dengizlarda ov qilish, sayr o‘tkazish, izlanish uchun kemalar yasab, ulardan maqsadli foydalanganlar. Bu sohada Xristofor Kolumbning Amerika qit’asiga borib qolishi (kashfiyot), turli sayohatchilarning Hindiston, Afrika, Avstraliya va boshqa qit’alar, mamlakatlarga borganligi tarixdan ma’lum.
XIX asrning ikkinchi yarmida bir qator rus sayyohlari, mutaxassis olimlari (asosan harbiylar) Markaziy Osiyoning iqlimi, tabiiy boyliklari, aholining madaniyati va boshqa jihatlarini o‘rganish uchun tashrif buyurishgan. Ular orasida P.P.Semyonov, Tyanshanskiy, Prejevalskiy kabilar tog‘ sharoitlarini chuqur o‘rganib, maxsus xaritalar tayyorlaganlar.
O‘zbekistonda turizmning dastlabki rivojlanish davri asosan o‘tgan asrning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. 1925–1930-yiuarda Markaziy Kasaba uyushmalari kengashi qoshida maxsus turistik jamiyat, ya’ni ishchi-dehqonlar turizm tashkilotini ta’sis etgan. Bu jamiyat asosan mehnatkashlarning turli shaharlarga sayohatini (ekskursiya) uyushtirish, o‘quvchi-yoshlarni tarixiy obidalar bilan tanishtirish, o‘lkani o‘rganish kabi tadbirlar bilan shug‘uuangan. Shuningdek, dam olish kunlari ommaviy ravishda shahar atroflariga piyoda chiqish, chang‘ida yurish, velosiрedda sayr qilish kabi amaliy faoliyatlarni tashkil qilgan. Ularning asosiy maqsadi jismonan chiniqish, mehnat faoliyatini oshirish va mudofaa ishlariga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat edi. Ikkinchi jahon urushi yiuarida (1941–1945-yiuar) harbiy tayyorgarlik jarayonlarida o‘quvchi-yoshlar va mehnatkashlarning topografik bilimlarini oshirishga alohida e’tibor berildi. Atroflarni chamalab (ориентирование) topish, xaritani o‘qish, mo‘ljalga tez yetib borish (jismoniy harakat) kabi turistik faoliyatlar keng rivojlandi. Bu jarayonlar o‘sha davrlarda va hatto keyinchalik ham "Mehnat va mudofaga tayyor” majmuyidan o‘rin oldi. Urushdan keyingi yiuarda (1950–1960-yiuar) Markaziy Kasaba uyushmalarining tashabbusi bilan barcha viloyatlarda va ularning quyi tarmoqlarida turistik klublar tashkil etildi.
Klublar turizm bo‘yicha (piyoda yurish, tog‘ turizmi, velosiрed turizm va hokazolarni uyushtirish) seksiyalar, to‘garaklar, jamoalar tashkil etib, musobaqalar tashkil etishga kirishdi. Keyingi 30–40 yil davomida (1955–1990-yiuar) Respublikalar, hududlar (Markaziy osiyo, Kavkaz, Boltiq bo‘yi, O‘rol, Sibir va hokazo) miqyosida slyotlar (musobaqalar) tashkil etildi. Ularning dastur mazmunida kategoriyali (darajali) piyoda yurish, tog‘ so‘qmoqlari va dovonlaridan oshish, daryolardan kechib o‘tish, arqonlarga osilib daryo, jarlarning us- tidan o‘tish hamda belgilangan joylarni kompas orqali va chamalab topish, gulxan yoqish, chodirlarni tez (vaqtga) o‘rnatish, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, jamoaning ish faoliyatlarini ifoda etuvchi albomlarni namoyish etish, qo‘shiq-raqs bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazish kabi ko‘p qirrali ijtimoiy-tarbiyaviy jihatlar o‘rin egauagan edi. Bunday nufuzli turistik tadbirlar boshlang‘ich jamoalarda (ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va hokazoga) ham u yoki bu darajada o‘tkazilishi odatga aylandi.
Ommaviy piyoda yurish, shahar va tarixiy yodgorliklarni tomosha qilish sayr-sayohatlari asosan quyi jamoalarda yaxshi yo‘lga qo‘yildi. Markaziy shaharlar, viloyatlarda tashkil qilingan seksiyalardagi terma jamoalar tog‘ turizmi, velosiрed turizmi kabilar bilan shug‘uuanib, ularda chamalab topish (ориентирование) bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar tashkil qilindi, jarlarning ustidan o‘tish hamda belgilangan joylarni kompas orqali va chamalab topish, gulxan yoqish, chodirlarni tez (vaqtga) o‘rnatish, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, jamoaning ish faoliyatlarini ifoda etuvchi albomlarni namoyish etish, qo‘shiq-raqs bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazish kabi ko‘p qirrali ijtimoiy-tarbiyaviy jihatlar o‘rin egauagan edi. Bunday nufuzli turistik tadbirlar boshlang‘ich jamoalarda (ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va hokazoga) ham u yoki bu darajada o‘tkazilishi odatga aylandi. Ommaviy piyoda yurish, shahar va tarixiy yodgorliklarni tomosha qilish sayr-sayohatlari asosan quyi jamoalarda yaxshi yo‘lga qo‘yildi.
Markaziy shaharlar, viloyatlarda tashkil qilingan seksiyalardagi terma jamoalar tog‘ turizmi, velosiрed turizmi kabilar bilan shug‘uuanib, ularda chamalab topish (ориентирование) bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar tashkil qilindi. Shu asosda yuqorida zikr etilgan turlar maxsus sportga aylandi. Ularning qoidalari (ni- zomlar) ishlab chiqilib, sport razryadlari (I-II-II darajalar, sport ustaligiga nomzod, sport ustasi, xizmat ko‘rsatgan sport ustasi va hokazo unvonlar) tasdiqlandi.
Belorussiya, Boltiqbo‘yi, O‘rol, Sibir o‘lkasida o‘z hududlariga mos, asosan turizmning tog‘ turizmi, chamalab topish, suv turizmi kabi turlari amalga oshirildi. Kavkaz, Qirg‘iziston va shu kabi boshqa tog‘li hududlarda esa tog‘ turizmi (g‘orlarni topish, qoyalarni zabt etish) ko‘proq rivojlanadi. Boshqa hududlarda ommaviy piyoda yurish turizmi keng rivojlandi. Jamiyatdagi qayta qurish (1980–1990-yiuar) tadbirlari boshqa sohalar kabi turizm ishlariga, ayniqsa, jamoalarda ommaviy sog‘lomlashtirish sayohatlarini tashkil qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, ya’ni: – shug‘uuanuvchilarning erk va istaklarini chegaralash, moddiy-texnik ta’minotni bekor qilish, faouarning sa’y-harakatlarini to‘xtatish kabi tadbirlar rasmiy ravishda amalga oshirildi. Buning oqibatlari hozirgacha turizmning rivojlanish jarayonida seziladi.
Turizm aqliy tarbiya taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Yoshlarning geografiya, biologiya, tarix, geologiya, ekonomika va boshqa fanlar bo’yicha olgan bilim va malakalarini oshiradi. Sayohatlar jarayonida axloqiy irodaviy sifatlar, sof vijdonlik, uyushqoqlik, jasurlik, burchni his qilish, o’zaro yordam va o’rtoqlik his-tuyg’ulari sinovdan o’tadi va chiniqadi. O’kuv yurtlari va ishlab chiqarish mehnat jarayonlarida harakter, ishonch tushunchalari umumiy ma’noda shakuansa, turistik. sayohatlar jarayonida ular amalda sinaladi. Turistik faoliyatlar jarayonida mehnat malakasi xam shakuanadi. Masalan turistlar butun sayohat davomida yuk ko’tarish, turli to’siklardan o’tish, kechalari tunash uchun joy tayyorlash, ovqat pishirish uchun joy tayyorlash, ovqat pishirish uchun o’tin to’plash va xakazolar. Tegishli yuklarni (oziq-ovqat, palatka va x,k.) kutarish, palatkalar o’rnatish, navbatchilik qilish vazifalarini bajarishda ba’zi yoshlar o’ta yalqovlik qilishlari yoki ishni sifatsiz bajarib qo’yishlari mumkin.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling