2 bosqich talabalari uchun Sport pedagogik mahoratni oshrish fanidan
Sayrlarda ijtimoiy foydali mehnatlarni tashkil qilish
Download 1.38 Mb.
|
Sport pedagogik mahoratni oshrish
3.Sayrlarda ijtimoiy foydali mehnatlarni tashkil qilish
O'zbekistonning xududiy sharoitlariga bir kunlik, tunab kelish va ko'p kunlik sayahatlarni tashkil qilish hamda ularni mazmunli, qiziqarli darajada o'tkazishda ijtimoiy faydali mehnatlami amalga oshirish o'ziga xos xususiyatlarga egadir. Ma'lumki, Respublikada kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda barcha sohadagi a'rta maxsus (kasb-hunar) va oliy o'quv yurtlaridagi o'qitish, tajriba hosil qilish yo'lida innovatsion usullar, pedagogik texnologiyalarni davr talablari asosida qo'llash, maqsad yo'lida samarali foydalanish faoliyatlarida yangi tajriba hamda usullar vujudga kelmoqda. Bunda noan'anaviy usullar vositalardan foydalanishga ham alohida e'tibor berilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi barcha o'quv yurtlarida (oliy va o'rta maxsus-kollej1ar) o'qitilayotgan turizm fanida ham bu jarayonlarda maqsadli va rejali faoliyatlarga e'tibor berilmoqda. Shuningdek Davlat ta'lim standartlari asosida barcha turdagi va toifadagi o'quv yurtlarining "Jismoniy tarbiya" dasturlari hamda o'quv jarayonlarida turizm bO'yicha nazariy bilimlar berish, amaJiy ka'nikmalarni tarbiyalashda eng zarur bo'igan ishlar amalga oshirilmaqda. Sohalar bo'yicha ta'lim-tarbiya olib, kasb-hunarga qaratilgan kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik jarayonlarida u bilan bevosita bog'liq bo'lgan "dippom ish" va "Barchinoy" maxsus testlari talablarini (sar-sayohat) bajarishda o'quvchi va talaba yoshlarga tegishli topshiriqlar bcriladi. Ular orasida bir kunlik, tunab kelish va ko'p kunlik piyoda yurish sayohatlari asos qilib olinmoqda. O'quvchi yoshlar va talabalarning sayohatlar jarayonida amalga oshiradigan ijtimoiy-foydali mehnatlari asosida ularni tarbiyalashda quyidagi yo'nalishlar va turlar xizmat qiladi: I. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi talabalar: • Sayohat yo'llaridagi kcraksiz to'siqlarni (tosh, kunda, tekislash, ko'prik qurish va h.k.) olib ta<;hlash va ulami tuzatish; • dam olish oromgohlari va sport maskanlaridagi quragan joylarni tiklash, ariq-hovuzlarni tozalash; • tartibsiz sayohatchilardan qolgan chiqindilarni olib tashlash, tozalash: • mahalliy aholi taklifi asosida ularga yordam berish. 2. Ta'lim-tarbiya (o'qituvchi, tarbiyachi) sohasidagi talabalar: • Sayohat yo'lidagi bog'cha va maktablarning ish faoliyatlariga yordamlashish (cho'milish, o'yin maydonlarini qurish. tozalash, bo'yash va h.k.); • Kichik yoshdagi maktab bolalari va bog'chalardagi bolalar bilan harakatli o'yinlar, estafetalar uyushtirish; • O'quvchilaming yozgi dam olish oromgohlarining xo'jalik va ta'mirlash ishlariga ko'maklashish; 3. qishloq va suv xo'jaligi, qurilish, texnika, madaniyat va boshqa sohalardagi talabalar: • yerni chopish (haydash), ekin ekish, sug'orish ishlarida qishloq va tog'liq aholiga amaliy yordam berish; • traktor va qishloq xo'jaligi uchun kerakli bo'igan boshqa tcxnik vosilalarni ta'mirlash, ularni yuritish va ishlatish kabi faoliyatlarda qatnashish; • qishloq va chorvador xo'jaliklariga ega bo'igan fermerlarning ishlari bilan tanishish, zaruriyat bo'lsa ularga ko'maklashish; • o'rmon xo'jaligi va qo'riqxonalardagi xodimlarning taklifi va iltimosi asosida ularga amaliy yordam ko'rsatish; • sayohat yo'llaridagi to'siqliklarni olib tashlash, ko'prik qurish va boshqa ishlarda faol ishtirok etish. Barcha sohadagi o'quvchi va talaba yoshlar sayohatlarda, ayniqsa tunab kelish va ko'p kunlik yurish jarayonlarida ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishlari ko'zda tutiladi, ya'ni: • Keksa kishilar bilan suhbat va qishloq (ovul) aholi o'rtasida kontsertlar (qo'shiq, raqs. hajviy aytishuvlar va h.k.) uyushtirish; • Mahalliy millat xotin-qizlari o'rtasida san'at, sport, madaniyat, sog'lom turmush tarzi va ular qiziqtirgan mavzularda suhbat, muloqotlar olib borish; • Kinokamera., videoapparat, qo'l telefonlari orqali qiziqarli voqealami tasvirga tushirish va ularni mahalla xalqiga namoyish qilib ko'rsatish (innovatsiya), pcdagogik texnologiyani amaliy ko'rsatish; • Mahalliy yoshlar, ayniqsa o'quvchi qizlar bilan voleybol, basketbol badminton, shaxmat va boshqa sport turlari bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilish; Yuqoridagi tadbirlar orqali xalq farovonligi, mustaqillik" sog'lom turmush tarzining yaxshilanishi va boshqa yutuqlar to'g'risida aholiga targ'ibot ishlarini olib borish eng muhim vazifalardan biridir. Xulosa qilib aytganda, sayohatlarda turli ijtimoiy foydali mehnatlarni tashkil qilish va tegishli kasbiy-amaliy faoliyatlami rivojlantirishda hozirgi zamon madaniyati, siyosiy va iqtisodiy xo'jalik ishlarini yuritish kabi zarur faoliyatlar tarbiyalanadi. Sayohatlardagi bunday tadbirlar talabalarning o'x ixtisosliklari bo'yicha kasbiy-hunar egallashlarida ularning bilim doiralarini kengaytirish, amaliy ko'nikmalarini mustahkamlashda xizmat qiladi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling