2 bosqich talabalari uchun Sport pedagogik mahoratni oshrish fanidan


Download 1.38 Mb.
bet12/41
Sana17.09.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1680338
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Bog'liq
Sport pedagogik mahoratni oshrish

Piyoda yurish sayohatlari
Piyoda yurish turizmi sport klassifikatsiyasida maxsus tur bo'lib hisoblansada,turizmning deyarli barcha turlarida u yoki bu darajada qo'uanilishi tabiiy bir holdir. qolaversa, bir kunlik yoki tunab kelish sayohatlarida piyoda yurish o'ziga xos mazmun, shakl va usuuarga ega bo'lib, sport razryadi (darajasi) mezonlari (normativ) talab etilmaydi.
Piyoda yurish sayohati deganda eng avvalo qatnashchilarning mo'ljauangan yo'nalish (mashhur bo'yicha bevosita qadamlab (piyoda) yurish tushuniladi. Bunda sayohat qoidalari va talablari asosida kerakli kiyim-kechaklar, buyumlar, oziq-ovqatlar, sayohat jihozlarini to'rvaga (ryukzak) joylashtirib, elkada ko'tarib yurish shart ba'ladi.
Shuning sayohat yo'lining sharoitlari (past-baland. to'siqlar, ariqko'lmak, daryo suvlari, chakalakzor va h.k.) piyoda yurishda e'tiborga olinadi. Qaysi yo'nalish, qaysi fasl, qanday shakl va kimlar bo'lishidan qat'iy nazar piyoda yurish sayohatlarining o'z qonuniyatlari va tartib qoidalari bo'ladi.
Ularning eng asosiy turlari quyidagilardan iborat:
1. lismoniy jihatdan sog'lom bo'lish, avvaldan maxsus tayyorgarliklar ko'rish - chiniqishi shifokor nazoratidan o'tish.
2. Topografik bilimlarga (xarita, chizmalarni tayyorlash, o'qiy bilish, kompasni ish lata olish, tomonlarni tabiiy sharoitlarga qarab
belgilash va h.k.) bo'lish.
3. Sayohat jihozlarini ishlata bilish (to'rvaga buyumlarni joylashtirish, chodirni yig'ishtirish va o'matish).
4. Kerakli kiyimlar, buyumlar va oziq-ovqatlarning turlari, miqdori, hajmi, ularni saqlash, ishlatish tartiblarini o'zlashtirish.
5. Jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish amauarini (priem) yaxshi bilish.
6. Turizm texnikalarini o'zlashtirish, musobaqalarda qatnashish uchun tayyorgarlik ko'rish.
Bundagi nazariy bilimlar, tushunchalar va amaliy malakalar jamoadagi (o'quv va mehnat kouektivlari) turizm sektsiyasi mashg'ulotlarida, sayohat oldidan uyushtiriladigan maxsus tayyorgarlik mashg'ulotlarida va jismoniy tarbiya darslari jarayonida o'qituvchi (instruktor) tomonidan olib boriladi.
E'tirof etish kerakki, sobiq Ittifoq davrida ish lab chiqilgan va kasaba uyushmalari kengashi tomonidan tasdiqlangan «Turizm seksiyalari haqida Nizom» ( 963, 1987), «Turizm klublari haqida Nizom», «lamoatchi instruktorlarni tayyo rI ash haqida Nizom», «Turizm slyotlarini o'tkazish haqida Nizom» kabi rasmiy va tashkiliy
xujjatlar mazmun va mohiyat jihatidan o'z kuchlarini yo'qotgan emas «Piyoda yurish sayohatlari haqidagi Nizom»ning talablari va yaqin o'tmishda tajriba-sinovlardan o'tgan, ho;zirgi davrda amalda qo'uanilayotgan ba'zi bir zarur faoliyatlar mazmunini keltirish maqsadga muvofiqdir. O'quvchi-yoshlar va talabalarning piyoda yurish sayohatlari asosan ikki maqsadda, ya‟ni “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari talablarini bajarish hamda atrof-muhit bilan tanishish uchun tashkil etiladi. Bu sayohatlar bir kunlik va tunab kelish (2–3 kunlik) shaklida bo'lishi mumkin. SHuningdek, yozgi ta‟til paytlarida (sog'lomlashtirish oromgohlari va sport maskanlari) ko'p kunlik (8–10 va undan ortiq) piyoda yurish sayohatlari uyushtiriladi. Bunday sayohatlar ta‟lim muassasalari jismoniy madaniyat jamoalari kengashining (JMJ-sport klub) yiuik rejalari asosida tashkil etiladi. Qaysi o'quv muassasasi turizm klubi yoki seksiyasi (to'garak) rasmiy ravishda tashkil etilgan bo'lsa, ularning mustaqil rejalari ham bo'ladi.
Sayohatlarning qaysi turi (piyoda yurish, tog' turizmi va hokazo) yoki shakli
(bir kunlik, tunab kelish, ko'p kunlik) bo'lmasin ularni tashkil qilish va o'tkazish uchun yagona talablar qo'yiladi: 1. O'quv muassasasi turizm to'garagini (seksiya) tashkil etish.
2. Jamoatchi faouarni (instruktor-uslubchi, tashkilotchi) tayyorlash.
3. Turistik jihozlarni jamg'arish yoki ijaraga olish.
4. To'garak qatnashchilarini turizm bilan nazariy jihatdan qurouan-tirish, ularni jismonan tayyorlash. 
5. Topografik tushunchalar, birinchi tibbiy yordam va tabiatni muhofaza qilish yo'uarini o'rgatish. 
6. O'quv yili davomida dam olish kunlari yoki ta‟til paytlarida yaqin atroflarga qisqa sayr-sayohatlar o'tkazish. Bunda chodirlarni o'rnatish, atrof muhitni kuzatish, yurish yo'uarini chizmaga (xarita) tushirish, kompas bilan ishlash kabi amaliy malakalarni o'rgatish, talab etiladi.
7. Barcha talablar bajarilib, ma‟lum ko'nikmalar xosil qilinadi va tibbiy ko'rikdan o'tiladi. So'ngra bir kunlik sayohatni tashkil qilish mumkin bo'ladi. 
Ta‟kidlash lozimki, respublikamizning deyarli barcha hududlari piyoda yurish sayohatlariga juda qulay hisoblanadi. YA‟ni tog' oldi va tog'li joylarda buloqlar, irmoqlar, kichik daryolar, suv omborlari mavjud. Ularning atroflari yashil o'tloq, daraxtzor, soya-salqin joylarga ega. 
Farg'ona vodiysining butun atrofi tog'lar bilan o'ralgan va daryolar, katta soy suvlari, ariqlar, kanauar bilan ta‟minlangan. YA‟ni sayohatlarning ko'pchilik turlarini o'tkazish imkoniyatlari bor.
Toshkent viloyatining Xo'jakent, G'azalkent, CHirchiq, Ohangaron, Olmaliq, Piskent, Bekobod kabi hududlari ham tog', daryo sharoitlariga ega. 
Shu sababdan ham SHohimardon (Farg'ona), Arslonbob atrofi (Andijon),Uchqo'rg'on,Chust, Pop (Namangan),Chotqol, Chimyon, Qurama, Chorvoq (Toshkent) tog' oralig'i joylarida o'quvchilarning dam olish oromgohlari va tala-balarning sog'lomlashtirish sport maskanlari (Xumson, Kumushkon va hokazo) uzoq vaqtlardan buyon faoliyat ko'rsatib keladi.
Sirdaryo viloyatining o'quvchi-yoshlari va talabalari Sirdaryo va Do'stlik (sobiq Kirov) kanali sohiuari, yangi o'zlashtirilgan joylardagi (Oq oltin, Baxt, Yangier va hokazo) kanauarning yoqalaridagi sog'lomlashtiruvchi va dam olish oromgohlarida sayohatlarni o'tkazish imkonlariga ega. Ba‟zi maktablar, kouejlar va universitet jamoalari sayohatlarni Toshkent va Jizzax viloyatining tog'li joylarida uyushtirishlari amalda qo'uanilmoqda. 
Jizzax viloyatining Zomin o'rmon xo'jaligi, Baxmal va Forish tumanlaridagi qo'riqxonalarda joylashgan o'quvchilar oromgohlarida sayohatlarni o'tkazishadi. Jizzax Davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti talabalari bilan o'quv mashg'uloti va ko'p kunlik piyoda yurish sayohatlarini Nurota tizma tog'lari (Uchma, Osmonsoy) va Baxmal tog'larida o'tkazish bo'yicha ancha tajribalarga ega.
Samarqand shahridagi o'quvchi-yoshlar va talabalarning sayohatlari
Cho'ponota (Zarafshon sohili), Ohalik, Omonqo'ton, Urgut, Mironko'l kabi tog'li o'rmonlarda tashkil etiladi. Viloyatning Bulung'ur, Jomboy, Toyloq, Urgut, Samarqand, Qo'shrobod, Pastdarg'om kabi tumanlaridagi tog'li joylarda sayohatbop maskanlar juda ko'p.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining deyarli ko'pchilik hududlari (Kitob, Shahrisabz, Denov, Sariosiyo, Jarqo'rg'on va hokazo) Bobotog' hamda Pomir tog'larining etaklari bilan tutash bo'lib, sayohatlarni maqsadli o'tkazish uchun juda qulay hisoblanadi. U erlardagi o'quvchilarning yozgi dam olish oromgohlari, ayniqsa Amir Temur g'ori atroflaridagi sayyohlar maskanidan ko'p kunlik sayohatlarda foydalanish mumkin.
Yuqorida bayon etilgan sayohatlarni tashkil etish va o'tkazish uchun rasmiy ruxsatnomalardan foydalanish tavsiya etiladi: 1. O'quv yurti rahbarining buyrug'i.
2. Moddiy-texnik va moliyaviy xarajatlarni hal etish.
3. Jismoniy tarbiya o'qituvchilari safidan tanlab olib, ularni turizm qoidalari bilan malakasini oshirish (tayyorlash).
4. O'quvchi-yoshlar va talabalar o'rtasida turizmning mohiyatini targ'ibot qilish. 
5. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarining talablarini bajarishga da‟vat etish (tushuntirish).
6.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining turizmni rivojlantirish to'g'risidagi qarori (1999 yil) va shu sohada kadrlar tayyorlashni amalga oshirishdagi faoliyatlar haqida suhbatlar o'tkazish. 
7. Imkoniyat darajasida turistlar klubini yoki seksiya (to'garak) tashkil qilish.
8. Sayohatchilar muzeyini tashkil etish. Bunda o'lkashunoslik va tabiatni muhofaza qilishga keng o'rin berish.
3. Bir kunlik va ko‘p kunlik sayohatlarni tashkil qilish va o‘tkazish.
Yaqin o'tmishda O'zbekistonning tog'li hududlarida yozgi dam olish va ta‟til paytlarida o'quvchi-yoshlar, talabalar hamda mehnatkashlarning turli xil sayohatlari ancha ommalashgan edi. O'sha davrlardagi tajribalar asosida o'quvchiyoshlar, talabalar va mehnatkash ishchi-yoshlarning piyoda yurish va bir kunlik hamda ko'p kunlik (kamida 7-8 va undan ortiq kunlar) sayohatlarini o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Chunki, o'tgan bobda izohlanganidek, sayohatlar salomatlikni yaxshilash, jismonan chiniqish, ruhiy dam olish, hordiq chiqarish, atrof-muhitni o'rganishning muhim omiuaridan biridir. O'tgan bo'limda sayohat manziuari, ularni tashkil etish haqida bayon etildi. Bir kunlik va ko'p kunlik sayohatlarni tashkil qilish va o'tkazish uchun, sayohat rahbarlari barcha qatnashchilarni yurish yo'uari (marshrut) va asosiy bekatlar, sayohat manziuari bilan tanishtirishi zarur bo'ladi. Bu birinchidan sayohatga qiziqishni uyg'otsa, ikkinchidan tayyorgarlik faoliyatlarni mustaqil ravishda bajarishga da‟vat etadi.
Sayohatlarga tayyorgarlik tadbirlarini bayon etishdan avval, eng xush manzarali maskanlar haqida ba‟zi ma‟lumotlar keltirish lozim topildi. Bunda M.A. Hoshimov va V.I.Kucheryavixlarning “Tabiatning nodir sayrgohlari”, 1991 yil hikoyalaridan ba‟zi bir namunalar keltirildi. Bu hikoyalarni keltirishdan maqsad shundaki sayr-sayohat (ekskursiya) qatnashchilari, ayniqsa piyoda yuruvchi sayyohlar turizm tarixi va joylarning nomlari bilan yanada chuqurroq tanishishi, yoshlarning sayohatlarga qiziqishini uyg'otishga xizmat qila oladi. YAna e‟tiborli tomoni shundaki, Samarqand atrofi bo'yicha xalqaro marshrutlar ko'plab ishlab chiqilgan.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling