2 bosqich talabalari uchun Sport pedagogik mahoratni oshrish fanidan


Download 1.38 Mb.
bet20/41
Sana17.09.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1680338
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Bog'liq
Sport pedagogik mahoratni oshrish

Uzoq joylardagi turizm – bu o‘z turar joyidan uzoq joylarga sayrni uyuShtiriSh demakdir. O‘zinig tashkil qilish Shakli bo‘yicha rejali turizmga va ko‘ngilli turizmga bulinadi.
Rejali turizm – bu turistik sayoxat byuro, sport klub va jismoniy madaniyat jamoalari tomonidan bir kunlik va ko‘p kunlik sayrlarni tashkil qilishga aytiladi.
YA’ni bizning turistik sayrimiz rejali turizmga kiradi (Davlat ta’lim standarti asosida tasdiqlangan dastur bo‘yicha tashkil qilinadi).
Ko‘ngilli turizm – bu Shug‘ullanuvchilarning o‘z kuchi mablag‘i bilan o‘zlari tomonidan tashkil qilinadi.
Yurish lar maqsadga ko‘ra – o‘rganiSh, sog‘lomlaShtiriSh, sport yo‘nalishi va ommaviy targ‘ibot sayr turlariga bo‘linadi.
Maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan turizmni tashkil qilishda quyidagi qoidaga rioya qilish zarur: o‘quvchi bolalarni taxminan bir yoshdagilar bilan guruxni to‘plaSh yoki fiziologi yoshxususiyatga qarab tanlash (7-8 yosh, 9-10 yosh, 11-12 yosh) kerak va qiziqiShga qarab tanlash kerak.
Sayrni asosiy vazifalari: turar joyni o‘rganiSh, o‘quvchilarni atrof muxit bilan taniShtiriSh, joylardagi xo‘jaliklarga yordam berish, faol dam oldiriSh, turli gullardan gerbariy yig‘iSh, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiSh malakasiga, yurib o‘tgan marshrut chizmasini chiziShga o‘rgatiSh.
Maktab o‘quvchilari bilan sayrga chiqishga tayyorlash uchun elementlar (oddiy) qoidaga rioya qilishni talab qiladi:
– Sayrga chiqishdan avval o‘quvchilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatiSh ya’ni ryukzakga kiyim, uxlaSh qopi va oziq-ovqatni joylashtiriSh bo‘yicha.
- bolalar o‘z buyumlarini mustaqil raviShda ryukzakga to‘g‘ri joylashtiriSh kerak.
- sayrda yurish paytida qator oldiga eng kuchsizlarni yoki qizlarni quyiSh kerak.
- 20-25 daqiqa yurgandan so‘ng 10 daqiqa dam berish kerak.
- guruxni oxiriga sinf raxbarni yoki yordamchi sportchi-yo‘riqchini quyiSh kerak.
- uzoq dam oladigan (tushlik) joyni (maysa, tekis, ichadigan suvga yaqin soya joy) tanlash kerak.
Yurish davomida marshrutda turli tabiiy tusiqlar tepalik pastlik chakalakzorlar oqar suvlar bo‘liShi kerak. CHunki sayrda o‘quvchilar turli qiyinchiliklarga chidaShi, ma’lum darajada jismoniy yuklama olishlari kerak. Marshrutda mayda toshli, qumli, botqoqli joylar bo‘liShi kerak.
Sayrga bitta sinf emas balki 2-3 ta sinfni olib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki xar bir o‘quvchi o‘z sinfini obro‘si uchun tiriShadi, qonun qoidalarga rioya qilishga harakat qiladi. Bir-birlariga nisbatan o‘rtoqlik, do‘stlik, guruxi uchun jonkuyarlik xislari tarbiyalanib boradi. Piyoda turizmi (yurish ) va aylanib keliSh faol dam olishning bir Shakli bulib o‘quvchilarni bo‘Sh vaqtlarini organizmning mustaxkalaShda ratsional foydalanishga o‘rgatadi. Piyoda yurish sayri yoki aylanib keliSh o‘quvchilarda javobgarlikni xis qilish, bir-biriga yordam berish, joylarni mo‘ljallaShni, o‘zini tuta bilishni, tiriShqoqlik, chidamlilik va o‘zida tabiatni o‘rganiSh va xarakat faolligini Shakllantiradi. Maktab o‘quvchilari bilan sayrni tashkil qilish uchun sayr raxbari yo‘riqchi bilan birga quyidagi xujjatlarni tayyorlashi lozim.
1. Marshrut varaqasini tayyorlash ya’ni sayrni o‘tkaziSh yo‘lini marshrutidan yurib o‘tiSh va chizmasini chiziSh.
2. Marshrut varaqasini to‘ldiriSh.
3. Bolalar sog‘ligi to‘g‘risida dalolatnomani xar bir boladan olish.
4. Bolalar uchun oziq-ovqatni tayyorlash
5. Tibbiy qutisini tayyorlash.
6. Sayrga olib boriSh kunini tayyorlash.
1-4 sinf o‘quvchilari bilan sayr-aylanib keliSh bir tomonga 40-45 minut (7 yoshgacha) davom etishi kerak. 8 yosh uchun 50-60 minut, 9 yoshdagilar uchun 70-80 minut, 10 yoshdagilar uchun 90-100 minut davom etishi kerak.
Oliy o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakulьteti mavjud bulgan institut va universitetlari xamda jismoniy tarbiya institut talabalari bilan turizm va turistik sayrlar tashkil qilinadi.
Pedagogik institutlarning jismoniy tarbiya fakulьtetlarida nazariy bilim va amlaiy maShg‘ulotlarga soat O‘zDJTI-ga nisbatan ko‘proq beriladi. CHunki ularda “Turizm va uni o‘qitiSh metodikasi” fani o‘tkaziladi. YA’ni ularda asosan maktab o‘quvchilari va kasb-xunar kollejlarida iShlaydigan o‘qituvchilarni tayyorlaganliklari uchun ko‘proq metodikaga soat beriladi. Nazariy bilim berishda turizmdan 14 soat ma’ruza, 72 soat amaliy maShg‘ulot o‘tiladi. (YA’ni ularda 12 kunlik amaliy maShg‘ulot)
Talaba yoshlar bilan turistik sayrni tashkil qilishda quyidagi tadbirlarni bajarishlari kerak bo‘ladi, ya’ni;
1. Turizmni o‘rganiSh (turlari)
2. Tabiat manzaralarini tamoSha qilish.
3. Jismoniy jixatdan chiniqiSh.
4. O‘simliklardan gerbariylar yig‘iSh.
5. Turli xaShoratlarni (kapalak, ninachi, chigirtka, chumoli, qo‘ng‘iz va x.k) tuzilishini o‘rganiSh.
6. Parandalarning (burgut, kalxat, lochin, tusttovuq, bulbullar va x.k) turlarini ajrata bilish.
7. Xayvonat (yovvoyi cho‘chqa, kiyik, toShbaqa va x.k) olami bilan taniShiSh.
8. Turli toShlarni (YAltiroq, rangli, turliShakldagi) o‘rganiSh.
9. Qurigan Shoxlar, tunkalar, ildizlardagi turli Shakllarni (odam, hayvonlar va boshqalarga o‘xShaSh) topish va o‘rganiSh.
10. Tuproq rangi va funktsiyalarini o‘rganiSh.
11. Daraxtlarning turlariga qarab ularning nomlarini aniqlash.
12. CHorvador va o‘rmon xo‘jaligi (tabiatni qo‘riqlaSh) xodimlarining ijtimoiy turmush Sharoitlari bilan taniShiSh va lozim bo‘lsa ularga beminnat ko‘maklaShiSh.
13. Sayr yakuniga bag‘ishlab (ko‘p kunlik sayrdan so‘ng) gulxan uyuShtiriSh. Bunda birga faoliyatlarga baxo berish, kelajakda yana sayoxatlarni rejalaShtiriSh.
SHuni ta’kidlaSh joizki yuqorida aytilgan tadbirlardan ma’lumki, piyoda yurish sayrlari mazmun va moxiyat jixatdan talabalarni (qatnaShchilarni har tamonlama barkamol qilib tarbiyalaShda xizmat qiladi).
Oliy o‘quv yurtlarida sayrni tashkil qilishda rasmiy ruxsatlardan foydalanish tavsiya etiladi, ya’ni:
1. O‘quv yurtini raxbarini (rektor) buyrug‘i.
2. Marshrut varaqasini to‘ldiriSh.
3. Safarnoma olish.
4. Yo‘riqchilarni jalb qilish.
5. O‘quvchi-yoshlar va talabalarga turizm bo‘yicha nazariy bilim berish.
6. ”AlpomiSh” va “Barchinoy” maxsus test me’yorini bajarishga da’vat etish.
7. Turizm bo‘yicha tugarak ochiSh va tugarakga talabalarni jalb etish.
8. Institutda sayr-sayoxatchilar muzeyini tashkil qilish.

Turizmning texnik tushunchalari deganda poxodlarga tayyorgarlik Shartlari, yurish , tusiklardan utiSh, turistik jihozlardan foydalanish, turistik turmush Sharoitlarini bilish, ulardan keng foydalanish va boshqalarga aytiladi.
Turizmning taktika tuShunchasi - deganda kompas, karta, sxema va boShqa asboblar hamda tabiiy Sharot vositalari orkali turistik poxod, slyot sayohatlarda kuyiladigan maqsad va vazifalarga eriShiShi, topShiriklarni ado etish demakdir.
Turistik tayyorgarlik turizmga urgatiSh jarayonida olib boriladi. Bunda dastlabki amaliy kunikmalar hosil kilingach. Turistlarga poxod, slyot, amaliy maShg‘ulotlarda yurish koidalari, turistik jihozlarni to‘plaSh, ozik-ovkatlarni saklaSh, karta va sxemalar bilan iShlaSh, birinchi tibbiy yordamini kursatiSh va boShqa talablar urgatiladi.
Turistik slyot turizmda eng muxim va murakkab jarayon hisoblanadigan musobaqadir. U ko‘pchilik jamoat jamoalari (kollektiv komandalari) iShtirokida turistik musobaqa va konkurs formasida o‘tkaziladi. YA’ni komandalar musobaqa nizomiga asosan sportga chamalab topiSh, tusiklardan utiSh, «Tez birinchi yordam» kursatiSh, ovkat piShiriSh, karta chiziSh, palatka urnatiSh, estafeta va Shunga uxShaSh har xil maShklarni bajaradi. Slyot davomida jamoalar o‘z tajribalari bilan urtoklaShadilar, eriShilgan yutuklarini namoyiSh qilinadi. Turistik slyotlar ayniksa akademik litsey, kasb-hunar kollejlari hamda maktab o‘quvchilari bilan tashkil qilinadi.
Sportga chamalab topish turizmning tarkkibiy qismi bulib, u o‘z mazmuni va xarakteriga ko‘ra mustakil sport turi hisoblanadi. Bu sport turida turizmning piyoda yurish , tog‘ turizm formalari ko‘llaniladi. Lekin sport klassifikatsiya normativlariga ko‘ra chamalab topish sportida karta, sxema, kompas orkali Shartli belgilarni kursatilgan vaqtda topa bilish, topa olish zarur. Bu esa matonat, jasurlik, bilimdonlik, chidamlilik, kollektivizmni rivojlantiradi.
I. Piyoda yurish va tog‘ turizmini (sayohatini) tashkil qilish va o‘tkaziSh.
Piyoda yurish turizmi. Piyoda yurish turizmi deganda, - sayohatchilarning belgilangan marshrut bo‘yicha ( bir kunlik yoki ko‘p kunlik) bevosita piyoda yurish i tuShuniladi. Bunday paytlarda turistik koida va Shartlar asosida kerakli jihozlar, ozik-ovkatlarni sayohatchilar o‘zlari bilan birga olib yurish adi. Piyoda yurish turizmini uyuShtirganda yirik sanoat va madaniyat uchoklari: Samarkand, Buxoro, Xiva, ToShkent, Farg‘ona, Navoiy, KarShi, CHirchik, Guliston, YAngier, Ohangaron, Jizzax kabi Shaharlarning tarixi bilan taniShiShni albatta rejalaShtiriSh kerak buladi. Respublika Sharoitida piyoda yurish . Turizmini uyuShtiriSh koidalari va ularning me’yorlariga albatta rioya qilish lozim.
Tog‘ turizmi. Turizmning bu turi turistik koidalarga asosan kiyinchilik kategoriyalari asosida tashkil qilinadi. O‘zbekistonning hamma oblastlarida ma’lum darajada turistik jihatdan birinchi kategoriya kiyinchilikdagi tog‘lar mavjud. ZarafShon, Turkiston tizma tog‘larida, Farg‘ona, ToShkent viloyatlari atroflaridagi tog‘larda turizmning ikkinchi va uchinchi kategoriya kiyinchilikka tugri keladigan tog‘lar hamda davonlar bor. Demak, Farg‘ona, ZarafShon, CHirchik vodiysida joylashgan kiShilar uchun tog‘ turizmini keng rivojlantirsa buladi. Tog‘ turizmi bo‘yicha sektsiyalar tashkil qilish, turli poxodlar uyuShtiriSh uchun instruktorlar, rahbar kadrlar va havoskar turistlar avvalo, tog‘ turizmining koidalarini batafsil o‘rganiShlari. Mutaxassislardan tegiShli maslahatlar olishlari Shart. Tog‘ instruktorlariga guruxni (jamoani) birdaniga baland tog‘larga olib chikiSh man etiladi. CHunki tog‘larda yurish ning o‘ziga yaraSha konun va koidalari bor. Ularni izchil urganmasdan va tajribada sinamasdan turib poxodlarda yangi natijalarga eriShiSh mumkin emas.
Piyoda va tog‘ turizmini saralaSh uyuShtiriShning o‘ziga xos xususiyati Shundaki, turistlar tog‘ zonalarida yurish tartibini to‘la bilishlari, kerakli jihozlarni jamg‘arishlari lozim. Tezokar daryo va ko‘llar atrofida tunaSh, yurish , yaShaSh koidalarini yaxShi o‘zlaShtirgan bo‘lishlari kerak. Respublika Sharoitida turizmning velosiped, avtomobilь, mototsikl, kayikda sayohat qilish turlari ham mavjud. Hozirgi paytda respublikaning eng chekka va o‘zoq tumanlarigacha asfalьt yullar qilinib, ular viloyatlar Respublika markazlarigacha tumatib ketgan. SHuningdek, tog‘li zona tumanlarida ham yullar maShinalar uchun ko‘lay raviShda moslaShtirilgan. Ana Shu Sharoitlar velosiped. Mototsikl, avtomaShinalar sayohat qilish imkonini beradi. Navoiy, Samarkand, Bekobod, Farg‘ona, ToShkent va boShqa ko‘pgina Shaharlardagi veloturistlar ancha tajribaga egadir. Ular veloturist kartalari, marshrutlarni tayyorlaganlar. Bir necha bor Samarkand - DuShanba, Bekobod - Uratepa- DuShanba, Navoiy - Samarand - Termez kabi marshrutlar bo‘yicha sayohatlar utkazganlar. Samarkand, Navoiy, ToShkent motopoygachilari ham yuqoridagi marshrutlar bo‘yicha ko‘pgina turistik sayohatlar uyuShtirganlar. ToShkent, YAngier, Farg‘ona turistlari engil avtomaShinalarda fakat respublika Shahar va tumanlariga emas, balki kardoSh Kirg‘izston, Kozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, hatto o‘zoq Evropa Shaharlariga ham turli sayohatlar uyuShtirilmokda.
Ko‘pgina maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollej va oliy o‘quv yurtlari, hatto ishlab chiqarish korxonalari, muassasalar, jamoa xujaliklar jamoa bulib sayohat uyuShtiradilar. Barcha turizm sektsiyalarida sayoxatlarga tayyorlanish arafasida kerakli turistik jixozlar, ozik-ovkat va boShqa yuklarni har bir katnaShiga, ularning jismoniy tayyorgarligiga jinsiga karab teng raviShda taksimlaSh odat tusiga aylanib kolgan. UyuShtiriladigan bir kunlik (1 boskich) sayohatida aytarli ortikcha yuk bulmaydi. Fakat ozik-ovkat, tup, badminton, fotoapprat, musika asbobi, Shuningdek, agar palatka urnatiSh, gulxan yokiSh muljallangan bulsa, kerakli jixoz va asboblarni bir necha faol o‘quvchilarga topShiriSh rejalaShtiriladi.
Birinchi va ikkinchi boskich sayohatlariga tayyorlanish tartibi bir-biridan unchalik fark kilmaydi. Agar maktab bulsa birinchi boskichida maktab ma’muriyatining ruhsatini olish va ikki -uch kun avval poxod rejasini tayyorlash kifoya. Poxod marshruti va rejasidagi talablar 6-8 km masofani piyoda utiSh, yulda kollektsiya va gerbariylar to‘plaSh, sayr qilish, joylarning qisqa tarixi bilan taniShiSh, poxodda yurish tartibiga rioya qilishdan iboratdir.
Ikkinchi boskichdagi poxodga esa (tunaSh Sharti bilan) ancha vaqt tayyorlanishga tug‘ri keladi. Buning uchun birinchi navbatda marshrut rejasini to‘ziSh va uni tasdiklatiSh, sayoxat davomida suxbat, ma’ro‘zalar o‘tkaziSh, topografik belgilar bilan izchil taniShiSh, sxemalar to‘ziShni o‘rganiSh, turizmning texnik turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziSh rejalarini to‘ziSh, o‘quvchilarni meditsina kurigidan o‘tkaziSh. Kerakli jixozlarni taxt qilish, ozik-ovkatlar uchun smetalar to‘ziSh kabi muxim ishlarni avvaldan ishlab chikiSh va to‘la tayyorlash talab etiladi.
Turistik sayohatlarning taxminiy rejasi:
1. Sayohatning asosiy vazifalarini aniklaSh.
2. KatnaShchilar guruhini aniklaSh va to‘ziSh.
3. Kaysi joylarda bo‘liShni belgilaSh.
4. Sayohat qilinadigan joylar tugrisida ahborot to‘plaSh.
5. Marshrutni ishlab chikiSh.
6. Sayohat uchun kancha vaqt ketishini hisoblaSh.
7. Kunlik reja to‘ziSh.
8. OvkatlaniSh tartibini va Sharoitini belgilaSh.
9. Sayohat uchun sarf buladigan smetani to‘ziSh.
Razryadli turistik poxodlar, ya’ni kategoriyaga ega bulgan sayohatlarga, yullarga tayyorlanishda har bir katnaShchiga alohida vazifalar beriladi. Bularga:
1. Guruh komandiri (har 10-15 kiShiga 1 ta).
2. Siyosiy rahbar.
3. Ozik-ovkat bo‘yicha xujalik mudir.
4. Turistik jixozlar uchun javobgar Shaxs.
5. Kotib.
6. Remont ishlari bo‘yicha sozlovchi.
7. Sanitar-instruktor.
8. Jismoniy tarbiya tashkilotchisi.
9. Muhbir.
10. Fotograf.
11. Navbatchi (dam olish va tunaSh vaqtlarida tayinlanadi).
12. Guruh rahbari (o‘qituvchi).
Sayohatlarni tashkil qilishning turli forma va metodlari mavjud. Maktab o‘quvchilari, talabalarning ko‘p-kunlik sayohatlarini tashkil qilish tartibi kuyidagicha:
1. O‘quv yili boShida marshrutni aniklaSh va umumiy yigiliShda tasdiklaSh.
2. Marshrut to‘ziShda tarix, geografiya o‘qituvchilari maslaxatlariga amal qilish.
3. Sayohatga to‘garakning faol turistlarini va jamoatchi o‘quvchilarni jalb qilish.
4. Yil davomida ko‘p kunlik sayohat uchun kerakli turistik jihozlarni tayyorlash.
5. Turistik bazalar va bolalar turistik stantsiyasining tajribali xodimlaridan tegiShli maslahatlar olish.
6. Ilmiy tadqiqot institutlari va boShqa tashkilotlardan qidiruv ishlari bo‘yicha vazifalar olish.
7. Turistlarning jismoniy tayyorgarligini yil davomida nazorat kilib boriSh.
8. Birinchi tibbiy yordam kursatiSh, utiSh xavfli bulgan joylarda o‘zaro yordam Shartlari, koidalarini o‘rganib boriSh.
O‘quvchilar poxodga to‘la tayyor degan hulosa kelgach,jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, turizm sektsiyasining raisi, poxod rahbari hamkorlikda marshrut varakasini to‘zadilar va u ma’muriyat tomonidan tasdiklanadi. Ko‘p kunlik turistik poxod oldindan poxod rahbari, sinf rahbari har bir o‘quvchining ota-onasi bilan uchraShiShi, ularning roziligini olishi kerak.
Poxod oldindan katnaShchilarning umumiy yichiliShi o‘tkaziladi. Bunda vazifalar ayta eslatiladi. Barcha jihozlar va kerakli, narsalarning tayyorligi tekShiriladi. SHuningdek, o‘quvchilardagi salbiy xusussiyatlar, kamchiliklarni bartaraf qilish, poxod davomida umumiy koidalarga to‘la amal qilish, ahil bo‘liSh, maktab direktori, sinf rahbarlari va boShqa rahbar xodimlar tomonidan uktiriladi.
Sayohatlar uchun Shaxsiy turistik jixozlar:
1. Ryukzak.
2. Turistik kurpa (yoki odeyal).
3. Krujka, koShik, kosa, pichok, ochki.
4. Oyok kiymlari (botinka, keda).
5. Sochik, sovun, tiSh chutkasi, pasta.
6. Sport kostyumi.
7. Issik yoki soyabonli boSh kiyimi.
8. Quyoshga karShi ko‘zoynak.
9. Jun va oddiy paypoklar.
10. Ichki kiyimlar, sviter.
11. SHtormovka (yomg‘irga karShi kostyum).
12. YOn daftarchasi, ruchka, kalamlar.
13. Fotoapparat.
14. Flyaga.
15. Ledorub (mo‘z va korli joylarda iShlatiladigan asbob)
16. Soat
17. Meditsina paketi.
18. Kompas.
19. TSellofan xaltacha.
20. Nina, ip.
21. Britva.
Gruppa (8-10 kiShi) uchun iShlatiladigan turistik jihozlar:
1. Palatka (chodir) - «Pamirka» yoki «Gimalayka» 2-3 ta
2. Havfsizlikning oldini oladigan arkonlar 30-40m 1-2ta
3. Ovkat tayyorlash idishlari (kozon,chumich,chelak va boshqalar) 1-2 ta.
4. Boltachalar (bolg‘a, teSha) 2-3 ta.
5. Karta yoki sxemalar 1-2ta,
6. Kompaslar 2-3 ta.
7. Poxod aptechkalari 1-2 ta
8. Gugurtlar 10-15 ta
9. Remont materiallari (ip, igna, kaychi va hokazo) 3-4 ta
10. Fonarlar, Shamlar 5-6 ta
11. Kundalik daftar(ruchka,ranglikkalamlar,rezinka,olmos) 2-3 ta.
12. Durbin 1-2 ta
13. Tranzistor yoki magnitofon 1-2 ta
14. Fotoapparat (kinoapparat) 2-3ta
15. Karabinlar 2-3 ta
16. Kerogas 1ta
Marshrut varakasi
Dam olish kunlari va 1 kategoriyagacha bulgan poxodlar uchun) gruppa ______________________________________________ i ____________________________kiShi _____________ marshrut bo‘yicha (asosiy punktlar)
Dala Sharoitida tunaSh yuli bilan «_______» _______________dan «_______» _____________________gacha.
Gruppa rahbari ________________________________
(familiyasi va ismi)
Marshrut varakasini beruvchi tashkilot__________________________
(ma’sul kishining imzosi)
Muhr urni «_____» _______________ 20 y

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling