2 bosqich talabalari uchun Sport pedagogik mahoratni oshrish fanidan


MAVZU № 2 MODUL: SAYRLARDA EKOLOGIK TARBIYA VA O'LKASHUNOSLIK ISHLARI


Download 1.38 Mb.
bet7/41
Sana17.09.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1680338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
Sport pedagogik mahoratni oshrish

MAVZU № 2
MODUL: SAYRLARDA EKOLOGIK TARBIYA VA O'LKASHUNOSLIK ISHLARI
REJA:
1. Ekologik muvozanatlar haqida tushuncha
2. Sayrlarda o'lkashunoslik va ilmiy izlanishlar
3.Sayrlarda ijtimoiy foydali mehnatlarni tashkil qilish


1. Ekologik muvozanatlar haqida tushuncha
Tabiat va jamiyatda barcha faoliyatlarning o'rni va me'yorida bo'lishi toza havo, atrof-muhitning ozodaligini ta'minlaydi va uni ehtiyoj sifatida muvozanatga keltiradi. Bu esa jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy va madaniy holatini yaxshilash omili bo'lib xizmat qiladi.
"Toza havo jonga davo" - deydi dono xalqimiz. Toza havo faqat osmondan (atmosfera) kelib tushmaydi, balki eng avvalo yer yuzasidagi foydali daraxtlar (archazorlar, tutzorlar, meval i daraxtlar (yong'oq va jiyda bundan mustasno), turli o'simliklar, yashil o'tloqlar ham sof havoni ishlab chiqaradi. Ular esa asosan toza va buloq suvlari orqaligina tirik bo'ladi.
Ikkinchidan esa aholi istiqomat joylari, ishlab chiqarish korxonalari, o'quv va tarbiya muassasalari, ekin maydonlari va keng dalalar, ularning atroflari toza bo'lishi lozim, ya'ni turli chiqindilar, zaharli moddalar ochiq yerlar, oqar suvlar, ko'lmak va suv havzalarida ba'lmasligi lozim. Bunday holatlar tabiatning tabiiy va sun'iy muvozanati, ya'ni ekalogiya deb yuritiladi. Yuqarida ta'kidlangan ekologik holatlar hamma joyda ham bir xil bo'lmaydi. Uning ba'zi bir ab'ektiv va sub'ektiv sabablari ba'ladi, ya'ni:
• ekologik muvazanat darajalarini bilmaslik yoki maxsus qarorlarga to'la rioya qilmaslik;
• turli xil buyumlarni ishlab chiqaruvchi zavod va fabrikalarda chiqindi (zaharli) suvlar va qoldiqlarni jarlik, ariq, kanallarga oqizish;
• avtomashinalarning zaharli tutunlari;
• turli sohalarda, ayniqsa oziq-ovqat tayyorlovchi korxonalar, oshxonalar, shaxsiy uylarda ko'mir, gazlardan betartib yoki ortiqcha foydalanish;
• ko'p qavatli uy-joylar, mahallalar, qishloqlar, hamda ta'lim tarbiya muassasalarida ham keraksiz buyumlar, qog'ozlar, axlatlar, turli chiqindilarni tcgishli joylarga olib borib to'kmaslik, topshirmaslik;
• bir kunlik va ko'p kunlik sayohatlarda ovqat qoldiqlari, keraksiz idishlar (shisha, baklajka, konserva qutilari, qog'ozlar va h.k.) ochiq joylar, yo'llarga to'kib ketish;
• daraxtlarning shoxlari, ayniqsa endi o'sayotgan va yosh daraxtlarni sindirish, yashil o'tlar, maysazorlarni payxon qilish;
• nodir gullar va o'simliklarning piyozlari va ildizlarini kavlab olish;
• oqar suvlarga kechib, turli narsalarni tashlab ularni loyqalatish, iflos qilish;
qishloq va suv xo'jaligi, chorvalik va don ekish xo'jaliklarida ham turli zararli moddalar ishlatiladi, ya'ni:
• paxta va poliz ekinlariga ortiqcha yaki keraksiz dorilarni ishlatish. Bu suvlarning ifloslanishiga olib keladi;
• chorva mollarining, ayniqsa cho'chqalarning chiqindi emishlari va axlatlarini ochiq qoldirish, hatto aholi istiqomat joylariga yaqin joylarga to'kish;
• cho'l joylardagi don ekinlari atrofini chegaralab haydamaslik nalijasida u yoki bu sabablar bilan yong'in chiqishi, butun ekinzor va keng dalalarni olov olib yonib ketishiga sabab bo'ladi.
Umuman olganda tabiatni muhofaza qilish ekologik muvozanatni saqlashda salbiy tomonlar ko'p. Ularning oldini olish, favqulodda ko'ngilsiz hodisalar bo'lishiga yo'l qo'ymaslik uchun aholi o'rtasida, ayniqsa o'quvchi-talaba yoshlar orasida ekologik tarbiyaga doir tadbirlarni kengaytirish, ularning muntazamliligini ta'minlash lozim.
E'tirof etish kerakki, O'zbekiston mustaqilligining dastlabki davrlaridayoq (1992-19.95) mamlakalning ekologik muvozanatlarini saqlashni ta'minlash va bu yo'lida maxsus tarbiyaviy ishlarni yo'lga qo'yish haqida maxsus qonun va qarorlar qabul qilindi. Shu asosda· EKOSAN Xalqaro jamg'arma tashkiloti, O'zbekturizm Milliy
Kompaniyasi tashkil elildi. Shuningdek, Sog'liqni saqlash, madaniyat, ta'lim-tarbiya va boshqa sohalardagi vazirliklar, nodavlat hamda jamoat tashkilotlari oldiga ekologik tarbiyaviy ishlami lalab darajasida olib borish vazifaJari yuklatildi. Bu esa eng avvalo ta'lim-tarbiya muassasalarida ekologik tarbiya bilan bog'liq bo'lgan fanlaming mazmunini kengaytirish, maxsus darslar olib borish va boshqa faoliyatlarda ekologiyani bog'lash kabi tarbiyaviy jarayonlami amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ta'kidlash lozimki, tabiatning insonlarga bo'ysunmaslik xususiyatlari va o'zining qonuniyatlariga ega. Ayniqsa yer qimirlashi, suv toshqinlari, bo'ron-to'fonlari, o'ta issiqlik yoki sovuqlari. Bularning la'siri asosida er, tog', jarlarning ko'chishi, qulab tushishi, turli ofatlar, yong'inlar yuzaga kelib, insonlarga katta tashvish va talofatlar keltiradi.
Ularning oldini olish (suv toshqinlari, yong'in chiqishi, qor, erlarning ko'chishi va h.k.) va lalofatlar niltijasida sodir bo'igan holatlarni qayta tiklash ishlarida muta'iaddi tashkilotlar, jabrlangan aholigina emas, balki turizm idoralarining xodimlari, sayohatchilar ham bcvosita faol ishtirok etishlari lozim bo'ladi.
Bir kunlik, tunab kclish va ko'p kunlik sayohatlarda ko'ngilsiz voqealar favqulodda sodir bo'lganda, sayohatchilar uning asoratlarini tugatish, aholining muhtoj bo'igan sharoitlariga yaqindan turib amaliy yordam berishlariga to'g'ri keladi. Shu sababdan barcha turdagi va toifalardagi o'quv yurtlarida ta'lim-tarbiya olayotgan o'quvchi-talaba
yoshlarga boshqa va maxsus darslar qatorida "Jismoniy tarbiya" darslari, sport mashg'ulotlari (trenirovka) hamda ommaviy sog'lomlashtirish sport musobaqalari jarayonida ("Alpomish" va "Barchinoy" maxsus testlariga tayyorgarlik va musobaqalar) tabiatni muhofaza qilish va ekologik tarbiyaga doir bilim hamda tushunchalami o'rgatish, ular ongiga chuqur singdirish hozirgi davr talablaridan biridir.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling