Mavzu: turizm sohasining tasniflanishi va turlari ma’ruza mashG’uloti rejasi


Download 306.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana25.01.2023
Hajmi306.98 Kb.
#1119887
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3 mavzu-turizm turlari



MAVZU: TURIZM SOHASINING TASNIFLANIShI VA TURLARI 
 
MA’RUZA MAShG’ULOTI REJASI: 
 
1. Turizm turlari tasniflanishi
2. Turizm turlari
Tayanch so’z va iboralar: kirish turizmi, chiqish turizmi, xalqaro turizm, tarixiy 
obidalar turizmi, arxeologik turizm, rekreatsion turizm, sog’lomlashtiruvchi dam olish, diniy 
turizm, ekoturizm, gastronomiya turizmi, harakatlanish usuli, aviatransport, dengiz transporti, 
temir yo’l transporti, aktiv va passiv turizm, turistik-rekreatsion klaster
1. Turizm turlari tasniflanishi
 
Turizm ta‘rifini to‘laroq belgilash uchun BTT turizm turlari bo‘yicha quyidagi tasnif 
(klassifikatsiya)ni kiritishni taklif qildi: ichki, kirish va chiqish turizmi. Turizmni tasniflash 
(klassifikatsiyalar)ning asosiy mezoni bo‘lib, turistlarning davlat chegaralarini kesib o‘tishi 
hisoblanadi. Buning ustiga mazkur tasnif (klassifikatsiya)larni mamlakatlar uchun ham, har bir 
aniq mintaqa, manzil uchun ham qo‘llash mumkin.
 
Ichki turizmfuqarolarning aniq bir mamlakatda doimo yashagan holda, o‘sha 
mamlakat milliy ch ega rasi doirasida dam olish, dunyoni bilishga bo‘lgan qiziqishini 
qoniqtirish, sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish va boshqa turistik maqsadlarni amalga 
oshirish uchun vaqtinchalik chiqishidir. Bu turizm turi mamlakatga valyutani olib kelmaydi. 
Shunday bo‘lsada, mamlakat mintaqalari o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishiga ta‘sir etib, 
iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki beradi. Bu turdagi turizmning rivojlanish shartlaridan biri 
turistlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun zarur vositalarning mavjudligi 
hisoblanadi. Boshqa shartlar — ichki infratuzilmalar (mehmonxona, tarsport, mamlakat yo‘llari 
va boshqalar) ning tegishli rivojlanganligi darajasi bilan bog‘liqdir.
Ichki turizm — turistlarning mamlakat ichidagi harakatlarining ko‘rsatkichi bo‘lib, ayrim 
davlatlarda rezident turistlarga chet yellardan kelgan turistlarni ham qo‘shishadi. Boshqacha so‘z 
bilan aytganda, davlat ichidagi barcha turistlar soni bilan ifodalanadi. Ichki turistlar davlat 
ichidagi turistlar soriini bildirib, davlat ichidagi ziyoratga boshqa davlatlardan kelib ziyorat 
qilgan rezident turistlarni qo‘shish mumkin. Bunday yo‘nalishlar har bir davlat ichida mavjud 
bo‘lib, davlat rezidentining davlat ichidagi sayohati davlatlardan kelgan turistlarning davlat 
ichidagi sayohatini tashkil yetadi 

Download 306.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling