Mavzu: turizm sohasining tasniflanishi va turlari ma’ruza mashG’uloti rejasi


Download 306.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana25.01.2023
Hajmi306.98 Kb.
#1119887
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3 mavzu-turizm turlari

Ov turizmi - maxsus tur bo‘lib, qonun bo‘yicha ruxsat berilgan joylarda hayvonlarni ov 
qilish yo‘nalishlari tashkil qilinib, ularga ruxsat olib berish, joylashtirish, ovqatlantirish va 
kerakli asbob-uskunalar bilan ta‘minlash xizmatlarini sotish jarayoni amalga oshiriladi. Ov 
turizmi mavsumiy bo‘lib, maxsus vaqtda ruxsat beriladi. Bu yo‘nalishlarda qatnashuvchilarning 
maxsus ruxsatnomasi bo‘lishi kerak. U juda samarali turizm turlariga kiradi. 
Oilaviy turizm — rivojlangan davlatlarda turistlar o‘z oilalari bilan dam olish yoki 
sayohat qilish maqsadida turmahsulotlarni sotib olishadi va bu yo‘nalishlar ta‘til vaqtida — 
bolalar o‘qimaydigan vaqtlarda ko‘p tashkil qilinadi. Ayrim turfirmalar oilaviy turizmning yangi 
turlarini topishyapti. Masalan, to‘ydan keyin bir necha davlatlarga sayr qilish, oilaviy to‘ylarni 
tashkil qilish, oilaviy davolanish kabi turmahsulotlarni sotishyapti. Oilaviy turlar asosan dam 
olish maqsadida tashkil qilinadi va arzon hisoblanadi. 
Sport turizmi — turistik tashkilotlarning har xil xalqaro sport yig‘inlariga keladigan 
turistlarga xizmat ko‘rsatishi. Haqiqiy sportdan sport turizmi farq qiladi va sport dam olish bilan 
bog‘langan holda maxsus yo‘nalishlar tuziladi. Masalan, velosport, alpinizm, ot o‘yinlari kabi 
sport turizmiga talab yil sayin o‘sib boryapti. Kanada davlati faqat sport turizmidan, sport 
turmahsulotlarini boshqa davlatlarga sotishdan yiliga 5 milliard AQSh dollaridan ortiq daromad 
oladi. Sport turizmi, turizmning bir tur mahsuloti bo‘lib, velosiped, chang‘i, tog‘ chang‘i, 
avtomobil, mototsikl, paraplan, deltaplan, suvda kemada suzish, olimpiadalarda qatnashish, golf 
va tennis o‘ynash maqsadlarida tashkil qilinadigan turistik mahsulotlar. 
Tijorat turizmi — tovar sotib olish va undan ma‘lum darajada foyda ko‘rish maqsadida 
turistlar boshqa davlatlarga borib kelishadi. Turfirmalar maxsus «Biznestur»lar tashkil qilib
ularga viza, kargo, mehmonxona, bank xizmatlarini, qabul qilish va kuzatib qo‘yish xizmatlarini 
sotishadi. Biznes turlar tovar konyunkturasiga bog‘liq bo‘lib, turistlar soni tez o‘zgarish 


xususiyatiga ega . Hozirgi vaqtda respublikamizda biznes turlar kamayib, davolanish, o‘qish 
kabi turlar ortib boryapti. 

Download 306.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling