Mavzu: turizm sohasining tasniflanishi va turlari ma’ruza mashG’uloti rejasi


Download 306,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana25.01.2023
Hajmi306,98 Kb.
#1119887
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3 mavzu-turizm turlari

«Avtomobil» turizmi — avtomobildan foydalangan holda turistik yo‘nalish bo‘yicha 
harakatlanish jarayoni. Bu turizm avtobus, avtomashinalar va maxsus avtomobillarning turistik 
yo‘nalishlarini ham o‘z ichiga oladi. Ayrim hollarda turistlarning ijaraga olib o‘zlari 
haydaydigan avtomobil yo‘nalishlari yuqori sur‘atlar bilan rivojlanyapti. Kichik avtomashinalar 
turistlar uchun juda qulay hisoblanadi. Bu yo‘nalishlar turistlar uchun qulay bo‘lib, ular o‘zi 
xohlagan joyda xohlagan vaqtigacha to‘xtab turishi mumkin. Poezd va samolyotlar 
borolmaydigan joylarga avtomobil bilan borish imkoniyati mavjud. Avtomobillarga bo‘lgan 
turistlarning talabi o‘sib borayotganligini hisobga olib, chet davlatlarda minglab avtomobil ijara 
firmalari faoliyat ko‘rsatyapti. 
Arxeologik turistik yo’nalish — maxsus yo‘nalish bo‘lib, turistlar boradigan joylar 
asosan arxeologik joylar hisoblanadi. Arxeologik joylar juda ko‘hna tarixiy inshootlar va 
shaharlarning qoldiqlarini ziyorat qilishdan iborat. Ayrim arxeologik joylar aksariyat chet yel 
davlatlari turistlarini o‘ziga jalb qiladi. Ayniqsa olimlar, ziyoli turistlar mazkur turmahsulotga 
ko‘p qiziqishadi va hozirgi kunda turoperatorlar bu turmahsulotni sotishyapti. Respublikamizda 
50 dan ortiq arxeologik joylar bo‘lib, ular turmahsulot hisobida sotilishi mumkin. 
«Arxitektura» turizmi — turistlarga ko‘rsatiladigan shahardagi chiroyli va tarixiy 
arxitekturalar va inshootlar bo‘lib, har bir shahar, davlat, millat hamda davrning o‘z arxitektura 
ob‘ektlariga bo‘lgan sayohat. O‘ziga xos milliy arxitektura ko‘pchilik turistlarni qiziqtiradi. 
Ayrim davlatlarda shahar arxitekturasi turmahsulot bo‘lib, shaharlarda 30—50 dan ortiq maxsus 
avtobuslarda sayohat tashkil qilinadi. Masalan, Nyu-York shahrida 100 dan ortiq maxsus 
avtobuslarda kuniga 50—100 ming turistni shahar arxitekturasi bilan tanishtirib, 10—15 
vertolyotlarda shaharni yuqoridan ko‘rsatishadi. 

Download 306,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling