Mavzu: turizm sohasining tasniflanishi va turlari ma’ruza mashG’uloti rejasi
Download 306.98 Kb. Pdf ko'rish
|
3 mavzu-turizm turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy turizm
- Kosmik turizm
- «Nostalgiya» turizmi
Dengiz turizmi — turistik yo‘nalishlarning dengiz bo‘ylab borishi va faqat dengiz
bo‘ylab yo‘nalishda bir necha shaharlarni, davlatlarni o‘z ichiga olib, turistlarni kemada olib yurish. Dengiz turizmida yo‘nalishlar har xil bo‘lishi mumkin: to‘g‘ri, aylanma va boshqa yo‘nalishlar. Masalan, O‘rta yer dengizida bir oyda 300 dan ortiq dengiz yo‘nalishlari tashkil qilinadi va o‘rtacha 5—10 davlatlarga boradigan yo‘nalish ho‘yicha turistlarga sotiladi 1 . Ilmiy turizm — olimlarning birgalikda konferentsiya, festival, seminar va boshqa yig‘ilishlarni o‘tkazish amaliy tadbiri. Boshqa davlatlarda ilmiy izlanish maqsadida guruhlar tuzilib, ular maxsus ilmiy ishlarni bajarishga mo‘ljallangan bo‘lib, bir necha davlatlardan o‘tishi mumkin. Masalan, ma‘lum bir qit‘ada ilmiy tekshirish ishlari o‘tkazish maqsadida tuzilgan guruhlar turistik tashkilotlar tomonidan tashkil qilinib, ular bir necha davlatlarda ilmiy tekshiruv ishlarini o‘tkazishadi. Ular ijtimoiy izlanishlarni o‘tkazish, tarixiy-arxeologik joylarni qazish, o‘rganish maqsadida olib boriladigan yo‘nalishlarda qatnashishi mumkin. Olimlarning yig‘ilib konferentsiya va anjuman o‘tkazish maqsadida tashkil qilinadigan turistik yo‘nalishlar ham ilmiy turizm deb aytiladi. Kosmik turizm — turistlarni raketalar yordamida boshqa sayyora-larga olib borish va u yerda tomosha, ilmiy ish va dam olish jarayoni. yer orbitasi atrofida aylanib, dam oldirib, tomosha qildirib va qayta yerga tushirish ham kosmik turizm deyiladi. Havoga raketalarning uchishi bilan insonning koinotga raketada borishi, kosmosda ma‘lum vaqtgacha bo‘lishiga imkon beriladi. «Nostalgiya» turizmi — oldingi hayotini qo‘msash natijasida boshqa joylarga sayohat qilish. Oxirgi yillarda jahon bo‘ylab, davlatlar o‘rtasida yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Bunday sayyohlarning asosiy maqsadi o‘z ota-bobolari yashagan joylarni borib ko‘rish va qayta ko‘rish, ular qanday va qancha yashaganligini va qanday tarixiy ishlar qilganligini bilish maqsadida maxsus turlarni sotib olishyapti va bu turizm «o‘tmishini qo‘msash» yoki «o‘tmishga qiziqish» natijasida amalga oshirilyapti. Masalan, respublikamizda yashab ketgan rus, yahudiy, tatar, olmon va boshqa millatlar vakillari va ularning avlodlari qaytib kelib o‘zi, ota-bobosi, qarindoshlari yashab va ishlab ketgan joylarni ko‘rish maqsadida turmahsulotlarni maxsus yo‘nalishlarda respublikamiz bo‘yicha sotib olishmoqda. Download 306.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling