Mavzu: turizm sohasining tasniflanishi va turlari ma’ruza mashG’uloti rejasi


Tanishlar va qarindosh – urug’larnikiga tashrif


Download 306.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana25.01.2023
Hajmi306.98 Kb.
#1119887
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
3 mavzu-turizm turlari

Tanishlar va qarindosh – urug’larnikiga tashrif. Turistik statistikaning ko‘rsatishicha, 
sayohatning bu turi o‘zida xalqaro turizmning katta segmentini mujassam etgan. Qarindoshlar 
bilan uchrashish maqsadida juda tez-tez safarlar qayta takrorlanadi, bo‘lish davomiyligi esa ishga 
doir va rekreatsion safarlardan ortiqdir. Misol uchun, arab mamlakatlari, Hindiston, Pokistondan 
Angliyada yashayotgan do‘stlari, qarindoshlarini ko‘rgani doimiy ravishda mehmonlar tashrif 
buyuradi. Rossiya va Ukrainaga Kanada, AQShdan ajdodlari slovyan bo‘lgan oila a‘zolari 
kelishadi. 


Turistik bozorning mazkur segmenti yana etnik yoki qumsash – sog’inish turizmi deb 
ham ataladi. Bu odamlarni do‘stlari, qarindoshlari bilan uchrashish ehtiyojga bog‘liq bo‘lib, 
xalqaro turistik almashinishda muhim o‘rin egallaydi. Odatda bozorning bu segmentida ishlashga 
bir necha turfirmalar ixtisoslashadi. 
Diniy (ziyorat) turizmi hozirgi paytda ommaviy tus olayapti. Uning bir necha turlari 
ajratiladi: 
 ziyorat (muqaddas joylarga tashrif va ibodat qilish); 
 bilimni orttirish safari (diniy, tarixiy yodgorliklar va boshqalar bilan tanishish); 
 ilmiy safar din bilan shug‘ullanuvchi (tarixchi va boshqa mutaxassislarni safari). 
Diniy turizm — aholining ko‘pchiligi dinga e‘tiqod qo‘yib, boshqa davlatlardagi diniy 
inshootlarni, diniy qadamjolarni ziyorat qilishadi. Diniy maqsadlarda sayohat qiluvchilarning 
soni doimiy oshib bormoqda. Ularning soni har yili 200 mln kishidan ortiqni tashkil yetmoqda. 
Ulardan 150 mln kishi xristianlar, 20-30 mln hindular, 40 mln buddistlar va boshqalar.
Islom diniga e‘tiqod qiluvchilar Makkaga, Madinaga, Buxoroga, Urganchga va 
Samarqandga borishadi. Boshqa dinlarda ham o‘ziga xos ziyorat joylari mavjud. Bu kabi 
yo‘nalishlar diniy turizm deyiladi. Har yili diniy turizmda qatnashayotgan turistlar soni dunyo 
bo‘yicha 4—5 milliondan ko‘p. Diniy turizm o‘z dinining tarixi va allomalari bilan tanishish 
maqsadida diniy ob‘ektlarga safar qilishni ko‘zda tutadi. Ular uchun maxsus yo‘nalishlar 
tuziladi. Bu yo‘nalishlar barcha diniy mintaqalar hududida mavjud bo‘lib, mintaqamizda Al-
Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy maqbaralarini ko‘rsatish bo‘yicha turistik yo‘nalishlar 
tashkil qilinyapti. Bu yo‘nalishlar chet davlatlarda ham yuqori talabga ega bo‘lib, diniy turizm 
yaqin yillarda davlatimizda asosiy turmahsulot bo‘lib qolishi mumkin. Chunki respublikamizda 
200 dan ortiq mo‘‘tabar qadamjolar sayohati turmahsulot hisobida sotilishi mumkin. 
Ziyorat turizmiaziz joylar, insonlar, diniy qadamjolar bilan tanishish maqsadida 
boshqa joylarga borish. Bugungi kunda respublikamizda islom ziyoratgohlari ko‘p. Turistlar 
boshqa davlatlar madaniyatini, san‘atini o‘rganish maqsadida ziyoratga borishadi. Bu tarixiy 
yodgorliklarni yaxshi o‘rganish va ularni ko‘rish uchun boradigan turistlarga yo‘nalishlar tashkil 
qilinadi. 

Download 306.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling