Mavzu: turizm sohasining tasniflanishi va turlari ma’ruza mashG’uloti rejasi


Download 306.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana25.01.2023
Hajmi306.98 Kb.
#1119887
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3 mavzu-turizm turlari

«Alpinizm» turizmi — sport turizmining tog‘da o‘tkaziladigan turi bo‘lib, turistlar 
ma‘lum bir xizmatlarga xarajat qilib, tog‘ cho‘qqilariga chiqish va tog‘ qiyinchiliklaridan o‘tish 
kabi zavqli yo‘nalishlarda harakatlanishlarini belgilaydi. Tog‘ga chiqish jarayoni qiziqarli 
bo‘lgani uchun ko‘pchilikni jalb qiladi va har bir guruh yeng kamida 5—10 kishidan iborat 
bo‘ladi. Respublikamizda alpinizm rivojlanishi uchun juda ko‘p shart-sharoitlar mavjud. 
«Azart» turizmi — bu yo‘nalishlarda turist o‘zini sinash maqsadida yekstremal 
holatlarga o‘zini-o‘zi majbur qiladi: cho‘lda o‘zini qiynab azart sport musobaqalarida 
qatnashish, pulini tikib qimor o‘ynash, yovvoyi hayvonlarni o‘ldirish va boshqalar. Azart ishlarni 
bajarish maqsadida turmahsulotlar sotib olinadi. Bu turizm juda qimmat bo‘lib, ayrim 
rivojlangan va ruxsat bergan davlatlarda tashkil qilinadi. 
Bolalar turizmi — maktab yoshidagi bolalar (15 yoshgacha bo‘lgan bolalar turizmi) 
sayohati va chet davlatlarga borishini amalga oshirish jarayoni. Yo‘nalishlar davlat ichida 
yoshlarni tarixiy-madaniy va maishiy joylarga tomoshaga olib borish bilan yakunlanadi. Bu 
yo‘nalishlar yoshlar turizmi deb ham yuritiladi. Bunda har bir yosh fuqaro turistik xizmatlardan 
foydalanib, chet davlatlar va boshqa shaharlarga chiqishi mumkin. Ularning sayohati uchun 
davlatimizda maxsus qonunlar mavjud. Bu qonunlarga asosan ularni chetga chiqarish, sayohat va 
ziyoratga olib borishni tashkil qilish boshqa turlardan farq qiladi. Yoshlar turizmi uchun maxsus 
yengilliklar mavjud: biletlar va turmahsulotlarning qiymati 30—50 foizga arzon, ayrim 
turmahsulotlar 10—20 foiz arzon sotilishi mumkin. Yuqoridagilar yoshlarning turmahsulotlarni 
sotib olishiga ancha qulayliklar yaratadi. 
O’smirlar turizmi (bolalar) — bolalar turizmi bo‘lib, hozir ko‘pchilik rivojlangan 
davlatlarda yosh bolalar bilimi va tafakkuri rivojlanishida asosiy o‘rinni ega llaydi. Rivojlangan 
davlatlarda maxsus markazlar mavjud bo‘lib, ular bolalar turizmini rivojlantirishda asosiy o‘rinni
ega llaydi. Masalan, Angliyada 300 ta bolalar turizmi bilan shug‘ullanadigan turizm firmalari va 
markazlari bo‘lib, ular har yili 700— 900 ming turistlarni qabul qiladi va boshqa davlatlarga 
jo‘natadi. 

Download 306.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling