Mavzu: turizm sohasining tasniflanishi va turlari ma’ruza mashG’uloti rejasi


Download 306.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana25.01.2023
Hajmi306.98 Kb.
#1119887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3 mavzu-turizm turlari

 
Chiqish turizmibiror bir mamlakat (region) shaxsning o‘zi aholisi bo‘lmagan 
mamlakat (region) ga sayohat qilish uchun kelishi. Kirish turizmi daromad olish nuqtai nazaridan 
faol sifatida xarakterlanadi. Chunki u xorijiy valyuta oqimini yaratadi. Chiqish turizmi esa passiv 
hisoblanadi va valyuta mamlakatdan olib chiqib ketiladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda kirish 
turizmi turistik (milliy) iqtisodiyotning istiqbolli rivojlanishi yo‘nalishlaridan sanaladi.
Rivojlangan mamlakatlarda turizm uyg‘un holatda taraqqiy yetadi. Ichki va qabul qilish 
turizmida balans muvozanat mavjud. Ichki turizm milliy turistik resurslardan unumli foydalanish 
va turizm industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga yordam beradi. 
Ammo, amaliyotda hamma mamlakatlar ham bunga qodir emas. Albatta, iqtisodiyoti 
turizm bilan bog‘liq mamlakatlargina bunga amal qiladilar. Ayrim mamlakatlar ichki davlat 
tuzumi bahonasida fuqarolarining xorijga chiqishini ch ega ralab qo‘yishadi yoki turistik 
faoliyatni davlat tomonidan boshqarish uchun chora-tadbirlar kiritishadi. YA‘ni, davlatning 
ruxsatisiz biror yerga chiqish qiyinlashadi, turizmni boshqarish davlat qo‘liga o‘tadi. 
Statistik ma‘lumotlarga ko‘ra vengriyalik chaqaloq va pensionerlarni hisobga olmaganda 
har bir fuqaro yilda ikki marta xorijiy mamlakatlarga turizm maqsadida chiqadi. Bu ko‘rsatkich 
Rossiya aholisining faqat 2 % ni tashkil yetadi. 


Aniq mamlakat (mintaqa)lar turizmi iqtisodiyotini o‘rganish chog‘ida uning rivojlanish 
yo‘nalishi va ishlash samaradorligini oshirishga «Milliy turizm», «Xalqaro turizm», «Mazkur 
mamlakat (mintaqa) doirasida turizm» tushunchalari sifatida qaralishi zarur. Keltirilgan 
klassifikatsiyalar nuqtai nazaridan ichki va chiqish turizmi milliy turizmga kiritiladi.
Milliy turizm — har bir millat madaniyati, san‘ati, urf-odatlari, to‘ylari, bayramlarini 
o‘tkazish tadbirlarini ko‘rsatuvchi maxsus yo‘nalishlar milliy turizm deyiladi. Milliy 
turmahsulotlar respublikamizda 5 mingdan ko‘p bo‘lib, ularni sotish jarayoni turizmdir. 
Milliy turistlar — Butunjahon Turistik Tashkilotining yangi tavsiyasiga ko‘ra milliy 
turistlarga davlat ichida sayohat qilgan rezident turistlarga rezidentlarning boshqa davlatlarga 
ketgan qismini ham qo‘shib hisoblash tavsiya yetilgan. 
Mahalliy turistlar — davlat miqyosida bir joydan ikkinchi joyga ziyorat qiluvchi turistlar 
bo‘lib, turistik tashkilotlar jo‘natgan va ular qabul qilganlar soni bilan o‘lchanadi. Ayrim 
holatlarda mahalliy turistlarni sayohatchilar ham deb aytiladi. Chunki ular qisqa vaqt ichida faqat 
bir shahar ichida muzeylar, tarixiy joylarga, dam olish joylariga sayohat qilishadi. 

Download 306.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling