Tushunchalar
|
O‘zbek tilida izoh
|
1 Azimut
|
(arabcha as- sumut- yo‘l yo‘nalish)- joy yoki yo‘nalish. SHimoliy yo‘nalish bilan muayyan ob’ekt oralig‘idagi burchak.
|
2 Alpinizm
|
(Alp tog‘i nomidan olingan)- sport turi, turli murakkab tabiiy to‘siqlardan o‘tib tog‘ cho‘qqilarini zabt etish.
|
3 Atmosfera
|
( YUnoncha atmos- bug‘i)- er sharini o‘rab olgan xavo qobig‘i.
|
4 Blochok
|
balandlikka- ko‘tarilish, tushish va yyonbag‘irlarda arqoning erking harakatlanishini ta’minlovchi mosloma.
|
5 BTT
|
Butun jaxon turizm tashkiloti
|
6 Daryo
|
o‘zi xosil kilgan tabiiy o‘zandan oqadigan oqar suv
|
7 Dengiz satxi
|
dunyodagi hamma balandlik o‘lchovi dengiz satqidan o‘lchanadi.
|
8 Dovon
|
( mo‘g‘ilcha- daban)- tog‘ tizmasi yoki tog‘ massivi qirrasining eng past, odam o‘tishi mumkin bo‘lgan qismi.
|
9 Gidrosfera
|
er sharini o‘rab olgan suv qobig‘i.
|
10 Jumar
|
balandlikka ko‘tarilish uchun mo‘ljalangan moslama.
|
11 Karabin
|
(Frantsuzcha - sarabin)- alьpinistlar tabiiy to‘siqlarni osongina engib o‘tishda foydalanadigan turistik anjom.
|
12 Karst va upirilish
|
suvda tez va yaxshi eridigan tog‘ jinslari.
|
13 Kompas
|
sayr jarayonida joylarni mo‘ljalga olishni aniqlashga yordam beruvchi maxsus asbob
|
15 Kemping
|
shaxar chekkasida moteldan uzoq bo‘lmagan erda joylashgan, avtoturistlar, mototuristlar va veloturistlar uchun qo‘laylik yaratilgan majmua.
|
16 Landshaft
|
geografik xarita tuzilishini o‘rganishdagi tushuncha.
|
17 Marshrut
|
turizmda eng ko‘p qo‘laniladigan tushuncha bo‘lib sayrda bosib o‘tiladigan masofa yo‘li.
|
18 Mo‘ljal
|
sayr jarayonida adashib qolishda yordam beradigan tushuncha, ya’ni kunduz kuni quyosh, soat, daraxt shohi, shamol, chumoli ini (uyi), toshlarga yopishgan mox, kechasi bo‘lsa yulduzlar orqali mo‘ljalash.
|
19 Morena
|
muzliklar bilan ko‘chib kelgan tog‘ jinslari uyumi.
|
20 Mox
|
tog‘ sharoitida toshlarga, daraxtlarga yopishib turgan ko‘k rangli yo‘sin.
|
21 Motel
|
– avtoturistlar uchun mexmonxona.
|
22 Muzo‘yar
|
baland tog‘lardagi muz va firnalarda yurish da foydalanidigan moslama.
|
23 OTOTA
|
Osiyo - Tinch Okeani Turistik Assotsiatsiyasi (1951 y).
|
24 Ponsionat
|
erkin shaklda, qurilish paytida mexmonxona sifatida barpo etilgan uylar.
|
25 Rafting
|
suv sayyohlik sportning ekstremal turi.
|
26 Sayr
|
bir kunlik, ko‘p kunlik chiqishlar.
|
27 Sayohat
|
tarixiy obidalarga, muzeylarga, tog‘ manzaralarga, sport inshoatlarga sayoxat qilish.
|
28 Sel
|
soylar va jarlardan qisqa vaqt ichida juda katta tezlik bilan oqib tushuvchi loyiqa, tosh aralash suv oqimi.
|
29 Surilma
|
tog‘ jinslarning og‘irlik kuchi ta’sirida tog‘ yon bog‘ri bo‘ylab pastga tomon xarakat oqimi.
|
30 Suffoziya
|
qazish suvli qatlamlarda uvoq tog‘ jinslari mayda mineral zarralarning indan suzib o‘tayotgan suv bilan pastga olib ketishi va buning natijasida tog‘ jinslarni o‘tirib qolishni.
|
31 Tog‘ qulashi
|
tik, nishablik katta bo‘lgan tog‘ yonbag‘irlarida va jarlik yon bag‘irlarida katta massadagi jinslarning tog‘dan uzilib, qullab tushishi.
|
32 Toshlarni qullashi
|
sayyoxlarning noto‘g‘ri harakati ta’sirida qattiq tog‘ jinslarning qullashi.
|
33 Firn
|
qorni qayta kristallashuvi natijasida hosil bo‘lgan donador muz.
|
34 Flyuger
|
qorni qayta kristallashuvi natijasida hosil bo‘lgan donador muz.
|
35 ekoturizm
|
zamonoviy turizmning yangi yo‘nalishlaridan bir turi.
|
36 ekspeditsiya
|
biron - bir ob’ektni geografik, geologik, biologik, arxeologik, o‘lkashunoslik, demografik va harbiy jihatdan ilmiy o‘rganish maqsadida uyushtiriladi.
|