2 bosqich talabalari uchun Sport pedagogik mahoratni oshrish fanidan


MAVZU №5 Modul: Aholi turar joylarida sport sog’lomlashtrish turizmni tashkil etish


Download 1.38 Mb.
bet15/41
Sana17.09.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1680338
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
Sport pedagogik mahoratni oshrish

MAVZU №5
Modul: Aholi turar joylarida sport sog’lomlashtrish turizmni tashkil etish.
Reja:
1. Aholi turar joylarida guruhlarni tashkil qilish
2. Sayr marshrutini tanlash, kerakli xujjatlarni tayyorlash.
3. Turistik sayr uchun kerakli anjomlar, jaroxatlanganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish
4. Turar joylarda turizim, uzoq joylardagi turizim, rejali turizm va ko’ngillik turizim.
5. Piyoda yurish va tog’ turizmi saoxatini tashkil qilish va o’tkazish
Respublikamizda ijtimoiy - iktisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy sohalarda amalga oShirilayotgan islohatlar ta’limni, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yaxShilaSh va rivojlantiriSh talab etadi. SHu bois ta’lim tizimini zamon talabalari darajasida va eriShilgan tajribalar asosida rivojlantiriSh orkali o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat hayotida faol iShtirok etadigan har tomonlama etuk va yuksak ma’naviyatli komil insonlar kilib tarbiyalaSh davlatimizning eng ustivor yo‘naliShlaridan hisoblanadi.
1997 yili kabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi konuni va “Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi”, 1992 yil 14 yanvarda, 2000 yil 3 iyunь oyida kabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi konunlar mamlakatimizda ta’limni ravnak toptiriSh va yuqori malakani mutaxassislarni tayyorlash borasida islohatlarni amalga oShiriShning nazariy va amaliy asosini tashkil kilib, kelgusida ta’limni yanada rivojlantiriShning istikbollarini belgilovchi tarixiy ahamiyatga molik xujjat bo‘lib hisoblanadi. Bu xujjatlarda o‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan yoshlarni jismonan sog‘lom kilib voyaga etkaziSh bilan birga, ularning o‘zlaridagi mavjud iste’dod va iktidorni namoyon etishlariga alohida e’tibor berilgan.
Ta’lim tizimida umumta’lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari asosiy bo‘g‘in sifatida muhim o‘rin tutadi. Bu o‘quv muassasalarida jismoniy tarbiya, sport - sog‘lomlaShtiriSh ishlarini rivojlantiriSh, ta’lim olayotgan o‘quvchi yoshlarning sport turlariga kizikishini oShiriSh, bilimi, kunikma va malakalarini mustahkamlaSh davr talabiga aylanib bormokda. Ushbumasalalarni to‘lakonli bajarilishini ko‘zlab, jismoniy tarbiya bo‘yicha davlat ta’lim standartlari ishlab chikilib, amaliyotda tadbik etildi. Ushbustandartda o‘quv muassasalari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi o‘quvchilar egallashi lozim bulgan bilim, kunikma va malakalar hamda o‘quv yuklamasiga kuyiladigan asosiy talablarni belgilab boradi. Insonning moddiy va ma’naviy boyligini yuksaltiriSh, ularning mehnat kobiliyatini yanada oShiriSh, turmush madaniyati hamda yaShaSh Sharoitini yanada yaxShilaSh masalalariga keng urin berilgan.
Jismoniy tarbiya tizimining asosiy maqsadi o‘quvchi yoshlarni har tomonlama jismonan kamol toptiriSh, kiShilarni mexnat qilish va mudofaaga tayyorlashdan iborat. Jismoniy tarbiya vositalari jismoniy maShklar, turli sport o‘yinlari, sport turizmi kabilarni o‘z ichiga oladi. Bular ichida turizm alohida rolь uynaydi.
Turizm o‘z mazmuniga ko‘ra ko‘p kirrali Shaklga (formaga) ega bulib, u tarbiya vositalarining barcha sohalari bilan o‘zviy alokadadir. Turizm insonning ilk bolalik davridan boshlab uni o‘ziga jalb qiladi. CHunki ota-onalar o‘z bolalarini chakaloklik davridayok sof havodan tuyib nafas olish, issik-sovukka urgatiSh, keyinchalik esa past baland joylardan utiSh, tabiat hodisalari, buyumlar bilan taniShtiriSh uchun sayrga olib chikadilar. Bolalar bog‘chalarida ham barcha tarbiya vositalari bilan birga sayohat, sayr qilish kabi formalar keng ko‘llaniladi. Bolalarga ayniksa tabiat manzaralarini fakat rasmda kursatib yoki uni chizdiribgina kolmay, balki ular bilan turli ekskursiyalar, sayoxatlar uyuShtiriladi.
Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollej o‘quvchilari bilan turizm va ekskursiya uyuShtiriSh, ukitiSh va sinfdan taShkari ommaviy - tarbiyaviy tadbirlar o‘tkaziSh keng yulga kuyiladi. Turistik talablarni bajarish, sayohat qilish, madaniy hordik chiqarish maqsadida esa dam olish kunlari, ta’til kunlarida ommaviy turistik poxodlar uyuShtiriladi. SHuningdek botanik, tarix, adabiyot, fizika kabi darslarda o‘lkani, tabiat sirlarini o‘rganiSh, gerbariylar to‘plaShlarni amalda kursatiSh maqsadida ham o‘quvchilar bilan turli ekskursiya, sayohatlar uyuShtiriladi. Bunday tadbirlar maorif tizimida eng muxim an’anaviy tadbirlarga aylanib kolgan. SHu tufayli litsey va kasb-hunar kollej talaba yoshlari dam olish kunlari turistik poxodlarni katta kizikiSh bilan marokli utkazadilar.
Bolalar turistik stantsiyalari, Shahar yoki tumanlarda tashkil qilingan turistlar klubi va boshqalar o‘quvchilar turizmini rivojlantiriShida va havaskorlik harakatini yanada takomillaSh-tiriShda katta rolь uynamokda. Ular ayniksa akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda va oliy o‘quv yurtlarida yaxShi yulga kuyilgan.
Katta yoshdagi kiShilar, Shuningdek turli korxona, maussasa, tashkilotlardagi xodimlarning jismoniy tayyorgarligini oShiriShda turizmning oddiy sayr, sayohat, poxod turlaridan keng foydalaniladi. Yoshlar esa turizmning barcha formalarida va sport musobaqalarida faol iShtirok etadilar. Turizmning tarbiyaviy, sog‘lomlaShtiriSh va ta’limiy ahamiyati.
Tarbiya - yosh avlodni- muayyan maqsad yulida har tomonlama ustiriSh, uning demokratik ongi va xulkatvorini tarkib toptiriSh jarayonidir. Turizm esa kiShilarni demokratik ruhda tarbiyalaShda muxim ahamiyatga egadir.
Turizm jismoniy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida sog‘lomlaShtiriSh va majmua (kompleks) tarbiyani amalga oShiriSh vazifalarini bajaradi. Bu esa Shaxsni har tomonlama kamolga etkaziSh vositalaridan biridir.
Turizm akliy tarbiya tarakkiyotiga bevosita ta’sir etadi, yoshlarning geografiya, biologiya, tarix, geologiya, ekonomika, adabiyot va boShqa fanlar bo‘yicha olgan bilim hamda malakalarini yanada boyitadi. Tarixiy obidalar bilan taniShiSh insonning ulkan yaratuvchanlik mexnatlarini o‘z ko‘zlari bilan kuriSh yoshlarning fikr doiralari, bilim va malakalarinigina oShirb kolmasdan, ularda Vatanga muxabbat, jamoatchilik, ruhini xis qilish, xalklar o‘rtasidagi dustlikni e’zozlaSh kabi xis va tuyg‘ularni ham tarbiyalaydi. Jangovor va mexnat Shon-Shuxrat joylariga turli sayohatlar uyuShtiriSh g‘oyaviy-siyosiy axlokiy, jismoniy tarbiyaning yagona birligini tashkil etadi. Bunda insonning hakikiy axlokiy printsipi, jamoa madaniyatini birinchi uringa kuyiShi Shakllanadi. Bunday sayoxatlar jarayonida axlokiy - irodaviy sifatlar: sof vijdonlilik, uyuShkoklik, jasurlik, burchni his qilish, o‘zaro yordam va urtoklik his-tuyg‘ullari sinovdan utadi va chinikadi. O‘quv yurtlari va ishlab chiqarish mexnat jarayonlarida xarakter, iShonch tushunchalari umumiy ma’noda Shakllansa, turistik sayohatlar jarayonida ular amalda sinaladi.
Turistik faoliyatlar jarayonida mexnat malakasi ham Shakllanadi. Turistlar butun sayoxat davomida yuk kutariSh, turli tusiklardan utiSh, kechalari tunaSh uchun joy tayyorlash, ovkat piShiriSh uchun utin to‘plaSh dam olib va tunab utgan joylarini tartibga keltiriSh, oyok kiyimlarini doimo yaxShi saklaSh va boShqa juda ko‘p zarur hayotiy yumuShlarni bajarishlariga tug‘ri keladi. Bu jarayonlar esa har bir kiShidan, ayniksa yoshlardan mexnasevarlik, uyuShkoklik kabi fazilatlarni talab etadi. Umumta’lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolejlarida bir kunlik va ko‘p kunlik turistik poxodlar tashkil qilinadi. Bu poxodlarni tajribali turistlar bilan bir katorda havaskor o‘quvchilar, talaba-yoshlar ham katnaShadi.
SHuningdek turistik poxodlarni tashkil qilish va o‘tkaziShda tarbiyaviy, sog‘lomlaShtiriSh va ta’limiy vazifalarning ahamiyati juda katta. Sayohatlarda tarbiyaviy iShlar asosiy urinni egallaydi. Bu esa poxod katnaShchilarda mexnatni seviSh, birdamlik, o‘zaro bir-birini xurmat qilish kabi xususiyatlarni mustaxkamlaydi.
Yosh mustakil O‘zbekiston Respublikamizning kelajagi bulmiSh yoshlarni har tomonlama garmonik kamol topiShlarida, sog‘lomlaShtiriSh vazifasini echiShda o‘quv muassasalari, mexnat jamoalari, ota-onalar, butun jamoatchilik olib boradigan tarbiyaning barcha vositalari, Shuningdek turizm va barcha sport turlarining roli kattadir.
II.Turizm turlarining klassifikatsiyasi.
O‘z yunaliShi, xarakteri va faoliyat xususiyatlariga ko‘ra turizm sayr qilish (ekskursiya, sayohat qilish) va poxod (piyoda yurish ) formalariga ajraladi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling