2-bosqich talabasi Madaminova Sharofat ning Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya


Asosiy vositalami saqlash uchun moddiy javobgar bo‘lgan shaxslar


Download 41.12 Kb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi41.12 Kb.
#1022938
1   2   3
Bog'liq
byudjet tashkilotlarida 4-mavzu

Asosiy vositalami saqlash uchun moddiy javobgar bo‘lgan shaxslar asosiy vositalaming inventar ro'yxatini (AV-13 son shakl) yuritishi kerak. Moddiy javobgar shaxslar asosiy vositalaming saqlanishini kuzatib boradilar va barcha o‘zgarishlar hisobini yuritadilar.
Moddiy javobgar shaxs almashgan taqdirda uning javobgarligida bo‘lgan asosiy vositalami inventarizatsiyasi o‘tkaziladi va bu haqda qabul qilish - topshirish dalolatnomasi tuziladi. Bu dalolatnoma tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Asosiy vositalaming analitik hisobi AV-6-son shakldagi va AV-8-son shakldagi inventar kartochkalarda yuritiladi. Kartochkalar har bir inventar obyekt (predmet) bo'yicha yuritiladi.
Bir turdagi predmetlar AV-9-son shakldagi kartochkalarda hisobga olinadi.
AV-6, AV-8 va AV-9-son shakldagi inventar kartochkalari AV-10-son shakldagi asosiy vositalar hisobi bo'yicha inventar kartochkalar ro'yxatida xatlashdan o'tkaziladi. Ushbu ro'yxat bir nusxada yuritiladi. Undagi yozuvlar asosiy vositalami guruhlarga bo'lib, kartochkalar oehilgan yilni ko'rsatib amalga oshiriladi. Har bir guruh uchun tegishli miqdorda sahifa ajratiladi. Raqamlash har bir guruh bo'yicha 1 dan boshlanadi. Asosiy vositalar hisobdan chiqarilganda va joydan-joyga ko'chirilganda xatlash ro'yxatining “Izoh” grafasida memorial ordeming sanasi (kun, oy,yil) hamda raqami ko'rsatiladi.
Inventar kartochkalar kartotekalarda saqlanadi. Ular tegishli subschyotlar va guruhlar bo'yicha hamda o'z ichida moddiy javobgar shaxslarga bo'lingan holda joylashtiriladi.
AV-6-son shakldagi inventar kartochka turar-joy imoratlar (010 subschyot), noturar joy imoratlar (Oil subschyot), inshootlar (012 subschyot), mashina va jihozlar (013 subschyot), transport vositalari (015 subschyot)ni hisobga olish uchun mo'ljallangan. Inventar kartochkalami yuritishdan maqsad asosiy vositalami barcha tavsifmi va ulardagi o'zgarishlami aks ettirishdan iborat.
Inventar kartochka buxgalteriyada har bir alohida obyekt uchun ochiladi va asosiy vositalami qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, mazkur obyekt uchun tayyorlovchi zavodning pasportlari, texnik va boshqa hujjatlari asosida to'ldiriladi.
Download 41.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling