2-bosqich talabasi Madaminova Sharofat ning Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya
Ko‘p yillik ko‘chatlarga doir kapital xarajatlar
Download 41.12 Kb.
|
byudjet tashkilotlarida 4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Har bir alohida turgan bino “Turar-joy imoratlar” va “Noturar joy imoratlar” subschyoti boyicha inventar obyekti hisoblanadi.
Ko‘p yillik ko‘chatlarga doir kapital xarajatlar har yili, butun ishlar majmui tugashidan qat’i nazar, foydalanishga qabul qilingan maydonlarga taalluqli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi.
Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlami turkumlab va yoppasiga ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalami tayyorlash uchun mo‘ljallangan, maqsadli yo‘naltirilgan asboblar va moslamalar); maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar; ko‘rpa-to‘shak anjomlari; yozuv-chizuv anjomlari (kalkulatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va boshqalar); oshxona anjomlari, shuningdek, oshxona uchun dasturxon-sochiqlar; tiklanishi bo‘yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshootlar, moslamalar va qurilmalar; bir yildan kam foydalanish muddatiga ega bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar; ov qurollari (trallar, to‘rlar, qarmoqlar, matraplar va boshqalar) va shu kabi moddiy qimmatliklar. Ushbu yuqorida keltirilgan moddiy qimmatliklar buxgalteriya hisobida tovar-moddiy zaxiralar tarkibida hisobga olinadi. Asosiy vositalaming hisobi, ular saqlanadigan joylar bo'yicha inventar obyektlariga hamda javobgar shaxslarga bo‘lingan holda yuritiladi. Tugallangan konstruktiv qurilmalar, unga qarashli barcha moslamalari va ashyolari bilan yoki ma’lum mustaqil funksiyani bajarish uchun mo‘ljallangan konstruktiv jihatdan ajratilgan predmetlar, yoxud ma’lum ishni birgalikda bajaruvchi konstruktiv jihatdan birlashtirilgan bir butun predmetlar guruhi alohida inventar obyekt hisoblanadi. Har bir alohida turgan bino “Turar-joy imoratlar” va “Noturar joy imoratlar” subschyoti bo'yicha inventar obyekti hisoblanadi. Bino tarkibiga uni ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo'lgan bino ichidagi barcha kommunikatsiyalar: bino ichidagi isitish tizimi, isitish uchun zarur bo'lgan qozon qurilmalari bilan birgalikda (agar u bino ichida bo'lsa), ichki suv, gaz tarmoqlari va kanalizatsiyalar, barcha qurilmalari bilan, ichki kuch va yorituvchi elektr simlari va umumiy sanitariya ahamiyatiga ega bo'lgan ventilyatsiya qurilmalari, ko'targich (lift)lar kiradi. Agar binolar bir-biriga tutashgan va umumiy devorga ega bo'lsa, ammo ulaming har biri o'zicha mustaqil konstruktiv butunlikka ega bo'lsa, ular alohida inventar obyekt hisoblanadi. Hovlidagi kichik imoratlar, to'siqlar va binolarga xizmat ko'rsatuvchi boshqa hovli inshootlari, bostirma, devor, quduq va boshqa binolar bilan birga bitta inventar obyektini tashkil etadi. Agar bu kichik imoratlar va inshootlar ikki va undan ortiq binolarga xizmat qilsa, ular mustaqil inventar obyekt hisoblanadi. Binoga taqab tashqi tomonidan qurilgan mustaqil xo'jalik ahamiyatiga ega bo'lgan imoratlar, qozonxonalaming alohida turuvchi imoratlari, shuningdek, hovlidagi kapital imoratlar (omborxonalar, garajlar va h. k.) mustaqil inventar obyekti hisoblanadi. Asosiy vositalaming butligi ustidan nazoratni yo'lga qo'yish va ulami hisobini tashkil etish uchun har bir obyekt (predmet)ga, kutubxona fondlaridan tashqari, sakkiz belgidan (asosiy vositalar ko'p bo'lgan hollarda, ushbu belgilar soni ham ko'paytirilishi mumkin) iborat inventar raqami beriladi. Bunda, dastlabki uch belgi subschyotni bildiradi, to‘rtinchi va beshinchi belgi - guruhni, qolgan uch belgi esa, predmetning guruhdagi tartib raqamini bildiradi. Guruhlar ajratilmagan subschyotlar bo‘yicha esa, to‘rtinchi va beshinchi belgi “Nol” bilan belgilanadi. Masalan, 01000001 - inventar raqamida 010 “Turar-joy imoratlar” subschyotini, 001 - obyektning tartib raqamini bildiradi; 01310001 - inventar raqamida 013 “Mashina va jihozlar” subschyotini, 10-guruh - xo‘jalik inventari, 001 - predmetning tartib raqamini bildiradi. Inventar obyekti murakkab bo‘lgan hollarda, ya’ni u yoki bu ajratilgan elementlami o‘z ichiga olganda, bitta yaxlitlikni tashkil etsa, ana shu elementlar har biriga ham ulami birlashtiruvchi asosiy obyektga qo‘yilgan inventar raqami qo‘yiladi. Inventar raqami obyektga biriktirilgan tamg'aga belgilanadi yoki bo‘yoq bilan obyektning o‘ziga va boshqa usullar bilan belgilanadi. Asosiy vositalar obyektiga berilgan inventar raqami asosiy vositaning ushbu tashkilotda bo‘lgan barcha davri uchun saqlanib qoladi. Barcha asosiy vositalar tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan moddiy javobgar shaxslaming mas'ul javobgarligida bo‘lishi kerak. Download 41.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling