2. Dastlabki matumotlar; Funkcional jarayon
Download 1.39 Mb.
|
Tusindirme tayin
- Bu sahifa navigatsiya:
- FUNDAMENT
QAVATLARARO YOPMALAR
Qavatlararo yopmalar ichki yuk ko'taruvchi va to'sib turuvchi gorizontal konstruktsiyalar bo'lib, binoning balandligi bo'yicha qavatlarga bo'lib turadi. Qavatlararo yopmalar o'zining xususiy og'irligini, vertikal to'sib turuvchi konstruktsiyalar yukini, undan tashqari, inter'erda joylashgan predmetlar, asbob uskunalar, odamlar yuklarini ko'tarib bu yuklarni binoning yuk ko'taruvchi devoriga uzatib beradi. Qavatlararo yopmalar ovoz izolyatsiyasi va issiqlik izolyatsiyalarini ta'minlaydi, hamda qattiqlik va mustahkamlik talablariga javob beradi. Qavatlararo yopmalar muhimligi, konstruktiv tuzulishining murakkabligi va narxiga ko'ra bino devorlari kabi muhim va ma'suliyatli konstruktsiya hisoblanadi. Loyihalanayotgan qavatlararo yopmalar konstruktsiyalari temirbetondan yig'ma usulda yaratiladi. Qavatlararo yopmalarning qalinligi 220 mm.Binoni ustki qismini tashqi muhitdan tomlar va yopma himoya qiladi. Tom yopmalar Tomlar shakli, nishablarning qanday qiyalikda bo'lishi binoning tarxdagi o'lchamlariga va ko'rinishiga, tom yopmasining materialiga, suvni tushirish usuliga, iqlim sharoitiga, texnika-iqtisodiy sharoitlariga hamda bino arxitekturasiga oid mulohazalarga bog'liqdir. FUNDAMENTEShIKLAR VA DERAZALAREshiklar binoda joylashishiga qarab tashqi (kirish eshiklari, balkon eshiklari) va ichki eshiklarga bo'linadi. Loyihalanayotgan binoda deraza va bloklar individual zamonaviy materiallardan «Decorimex», «Aventi» firmalarida tayyorlangan. Pod'ezdga kiradigan eshik o'zi yopiladigan bo'lishi kerak va kodli qulif o'rnatilishi lozim. Po'lat bilan obshivka qilingan eshik bloklari emal' bilan 2 marotaba bo'yalishi kerak. Eshiklardagi nalichniklar 20 x 80mm. bo'lgan plastik bruslardan iborat. Deraza tokchalari 300x30xL (joyida kesiladi) bo'lgan plastiklardan o'rnatiladi. Individual eshik bloklari yong'inga qarshi va sanitariya talablariga javob berishi kerak. DVO markali eshikbloklariga g'adir-b(rifleniy) oynalar (steklo) o'rnatiladi. Tashqi va ichki eshik otkoslarini shtukaturka qilib, bo'yash kerak. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling