2. Dastlabki matumotlar; Funkcional jarayon


Download 1.39 Mb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1571689
  1   2   3   4
Bog'liq
Tusindirme tayin




Rejasi:
1. Kirish ;
2. Dastlabki matumotlar ;

3. Funkcional jarayon ;


4. Inshootning xajmli -planli yechimi ;


5. Inshoottning konstruktiv yechimi ;


6. Sirtqi va ichki pardozlaw;


7. Foydalanilgan adabiyotlar


K I R I Sh

Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o'zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining o'sishini ta'minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo'jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo'lga kiritildi.


O'zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz rahbari Sh.Mirziyoev tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga oshirish yo'llarining aniq va to'g'ri ko'rsatib berilganligi bosh maqsad yo'lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo'lishiga imkon yaratdi.
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o'zining ma'no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o'z mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta'sir ko'rsatadi.
Biroq, o'z o'rnida ta'kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv va globallashuvning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ma'lum ziddiyatli jihatlari ham mavjud. Jumladan, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi, dunyo mamlakatlari o'rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan tafovutning, ekologik tahdidlarning kuchayib borishi, turli mamlakatlarda aholi soni o'zgarishining keskin farqlanishi kabi holatlar jahon xo'jaligining yaxlit tizim sifatida barqaror rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Shuningdek, mazkur jarayonlarining yana bir xususiyatli jihati – jahonning bir mamlakatida ro'y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o'z ta'sirini o'tkazishi hisoblanadi. Jahon hamjamiyati bugungi kunda boshidan kechirayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma'noda globallashuv jarayonlarining salbiy oqibati sifatida namoyon bo'ladi.
Shunga ko'ra, biz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining ta'sirini har tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta'siri nuqtai-nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz taqozo etiladi. Bu boradagi chora-tadbirlar Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari» nomli asarlarida keng va batafsil bayon qilib berilgan. Asarda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mazmun-mohiyati, namoyon bo'lish shakllari, kelib chiqish sabablari, uning O'zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri, mazkur inqiroz oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo'lgan omillar bayon qilib berilgan. Shuningdek, mamlakatimiz mehnatkashlari uchun g'oyat murakkab va og'ir bo'lishiga qaramay 2018 yilda erishilgan ijobiy natija va yutuqlar baholanib, respublikamizdagi iqtisodiy salohiyatdan yanada kengroq foydalanish imkoniyatlari ko'rsatib berilgan. Asarda O'zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo'li sifatida 2019 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning quyidagi eng muhim ustuvor yo'nalishlari belgilab berilgan.
Prezidentimizning ushbu asarlarida belgilab berilgan O'zbekiston iqtisodiyotini barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam o'rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o'sishni ta'minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to'liq va samarali amalga oshirish eng avvalo jamiyatimiz a'zolari tomonidan ularning mazmun-mohiyatini teran va chuqur anglab yetilishini taqozo etadi.
Kapital qurilish xalq xo'jaligining muhim tarmog'i bo'lib, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mo'ljallangan asosiy fondlarni kengaytirilgan tarzda takror ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Kapital qurilishning asosiy vazifasi fan -texnika taraqqiyotini jadallashtirish, hamda uy - joy binolari, kommunal - maishiy va sotsial - madaniy maqsadlarga mo'ljallangan ob'ektlar qurish negizida mamlakatimizning ishlab chiqarish potentsialini yuksaltirishdan iborat. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi 18 yil mobaynida mamlakatimizda boshqa sohalar qatori qurilishda ham juda katta yutuqlarga erishildi. Ko'plab hashamatli binolar, sport saroylari, yopiq bozorlar, zamonaviy ko'cha va maydonlar, hiyobonlar va bog'lar, turar joy binolari, kollejlar, litseylar va boshqa qurilgan imoratlar qurilish va arxitektura sohasidagi ishlarning keng ko'lamidan dalolat berib turibdi. Bugungi kunda arxitektura ijtimoiy - iqtisodiy, estetik, demografik va ko'p asrlik tarixiy madaniyat an'analarining birligini tiklamoqda.
Industrial qurilish usullarining yangi qurilish va konstruktiv sxemalari, qurilish texnikasining intensiv rivojlanishida kuzatiladi.
Yuqorida qayd qilinganlardan kelib chiqib, kurs ishi uchun tanlangan mavzu, Toshkent shahrida aholini yashashi va ularga maishiy xizmat ko'rsatish infrastrukturasini zamon talablari asosida modernezatsiya qilish bilan bog'liq muammolarni hal qilishga qaratilgan 7 qavatli binoni loyixalash » binosining arxitekturaviy-konstruktiv yechimlarini topish, ularni loyihalash va muxandislik kommunikatsiyalarini joylashtirish bilan bog'liq masalalarni hal qilishga qaratildi.

QURILISH TUMANINING TASNIFLARI


Qurilish xududi –SHimboy tumani.


Iqlimi - keskin kontinental.
Er osti suvlari yerning yuzasidan 3,50 m. chuqurlikda joylashgan.
Maydonning zilzilabardoshligi - 8 ball
Qor qatlami - 50 kg/m²
Shamol bosim tezligi - 38 kg/m².
Gruntlar-sochiluvchan (nasipnie) quvvati – 0,5-0,6m. gacha.
Gruntning yuk ko'tarish qobiliyati - R = 0,05 kg/sm2,
Сho'kuvchanlik sharoiti bo'yicha gruntning turi – qumli loy (lesovidnie suglinki) I kategoriya
Fizik-mexanik xossalarining kursatkichlari - zichlik = 1,65 t/m3; ichki ishkalanish burchagi =29°;
O'ta chukuvchanlik sharoiti buyicha grunt turi – cho'kmaydigan (ne prosadochnie).
Boshlang'ich o'ta chukish bosimi - 0,20 MPa.
Zamin gruntlari agressiv emas
Ishonchlilik koeffitsienti = 0,95;
Binoning olovga bardoshlilik darajasi – II.
Binoning javobgarlik sinfi – II.
Binoning iqlimiy zonasi - II.
Qish vaqtida isharni bajarish uchun QMQ 3.03.01-98 talablariga rioya qilish kerak.
« 6-qavatli binoni loyihalash » quyidagi me'yoriy hujjatlar ko'rsatmalariga binoan loyihalangan.
1 KMK2.01.03-96 “Zilzilaviy xududlarda qurilish”.
2. KMK 2.01.07-96 «Yuklar va ta'sirlar».
3. ShNK 2.08.02 – 09 “Jamoat binolari va inshootlari” Toshket2009y.
HAJMIY - TARXIY YEСHIMLAR
Nukus shahri «6 qavatli binoni loyixalash », 6-qavatdan iborat.1-2 qavatida stamatalogiya joylashgan 3-6 qavatlari turar joy binosi . Shartli belgi (otmetka) sifatida 1-qavat toza polining sathi 0,000 qabul qilingan.
Hajmiy-tarxiy yechimlar asosida imoratning o'lchamlari va shakli qabul qilinadi.
Nukus shahri « 6 qavatli binoni loyixalash » ning tarxdagi o'lchamlari 1-8 o'qlari bo'yicha umumiy balandligi 22.784 m ni tashkil etadi. Qavatlar balandligi – 3 m dan. 6 qavatli binoni loyixalash »ning konstruktiv sxemasida yuk ko'taruvchi devorlar bo'ylama joylashgan.
« 6 qavatli binoni loyixalash »ning konstruktiv yechimlariga, materiallariga va binoni pardozlashga qo'yiladigan talablar:
-binoning inter'eri va tashqi pardozini yechishda, binoning uzoq xizmat qilishini, yong'inga va sanitariya talablariga javob beruvchi zamonaviy pardozlash materiallari va ashyolarini ishlatish kerak.
KONSTRUKTIV YEСHIMLAR








P O Y D E V O R L A R
Poydevorlar - yer osti konstruktsiyalari bo'lib, o'zidan yuqorida turgan konstruktsiyalar og'irliklarini qabul qilib, gruntlarga uzatib beruvchi konstruktsiyalardir. Poydevorga yuqoridan devor va ustunlarning hususiy og'irligi, pastdan esa zaminning teskari bosimi ta'sir etadi.
Loyihalanayotgan binoning poydevorlari yuk ko'taruvchi g'ishtli devorlar tagida V20 (M250)sinfli portlandtsementda tayyorlangan o'zaro kesishuvchan monolit temir-beton lentasimon, ustunlar ostida esa, ustunsimon qilib loyihalangan. bo'lib, tagini (podoshva) balandligi 600 mm. dan iborat. Poydevor Ø16A- III, Ø 8A- I, S1, S2,........., S16 (RSTUz865-98)to'rlari bilan o'zaklanadi va Б20 sinfli betondan tayyorlanadi.
Betonlashda qo'l bilan vibrator yordamida uzluksiz ravishda betonni zichlash kerak. Poydevorlarni gruntlarga o'rnatishdan avval quyidagi tayyorgarlik choralarini ko'rish zarur. Kotlovan qazib, o'simlik qatlami, hamda sochiluvchan grunt qatlamini olib, qurilish maydonchasidan tashqariga olib borib tashlash kerak. Bino perimetri bo'yicha asfal't beton otmostka shag'al asosga kengligi 0,9 m. qalinligi, t = 100mm qilib loyihalangan.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling