2. Davriy to‘lovlarni hisoblash. Amortizasiyani hisoblash uchun Excel funksiyalari Kredit va qarzlar bo’yicha operasiyalarni hisoblash uchun Excel funksiyalari
Download 146.3 Kb.
|
5-маъруза
PLPROS funksiyasi. Bu funksiya yordamida davriy doimiy to’lovlar va doimiy foizli stavka asosida berilgan hisoblash davri uchun foizlar bo’yicha to’lovlar hisoblanadi.
Sintaksisi: PLPROS(norma;period;kper;ts;bs;tip). Qarzni teng miqdorda so’ndirishda doimiy davriy to’lov o’z ichiga qarzning so’ndirilmagan qismi va qarzdorlik to’lovi bo’yicha foizlar bo’yicha to’lovlarni oladi. Qarzning so’ndirilmagan qismi uni so’ndirish davomida kamayganligi uchun to’lovning umumiy miqdoridagi foizlar bo’yicha to’lov qismi kamayadi, qarzdorlik to’lovi qismi esa oshadi. Agar qarzni so’ndirish har bir hisoblash davrining oxirida teng to’lovlar bilan amalga oshirilsa, aniq davrdagi qarzlar bo’yicha to’lov miqdorini aniqlash uchun =PLPROS(norma;period;kper;ts) formula ishlatiladi. Aniq davrda doimiy davriy to’lovlardan va o’zida foizlar miqdorini tasvirlaydigan aniq vaqtda hisoblanadigan jamg’arilgan omonatlardan keladigan foydani hisoblash PLPROS(norma, period, kper,, bs, tip) formula bo’yicha amalga oshiriladi. Masala. Yillik 10% hisoblashdan 800 ming rubl miqdoridagi uch yillik qarzni birinchi oyiga foizlarni bo’yicha to’lovlarini hisoblash. Yechim. Quyidagi formula bo’yicha davrlar soni va davr bo’yicha stavkani aniqlaymiz: norma = 10%/12, kper = 12 3. Keyin birinchi davr uchun tщlovni topamiz: PLPROS(10%/12;1;12*3;800) = -6,667 ming rubl. Masala. Har yillik ajratmalar hisobiga olti yil davomida 5000 ming rubl miqdoridagi fond shakllantirildi. Agar yillik foizli stavka 17,5% ni tashkil etsa, omonat egasi oxirgi yilda qancha foyda topganini aniqlang. Yechish. Oxirgi yil uchun (oltinchi davr) foyda quyidagicha bo’ladi: PLPROS(17,5%;6;6;;5000) = 664,81 ming rubl. Har yili PPLAT(17,5%;6;5000) = -5636,37 ming rubl ajratilgan. Masala. 12.4-jadvaldagi foizlar bo’yicha to’lovlar hisoblansin. Yechim. Birinchi yil uchun foizlar bo’yicha to’lovlar: 70 000 0,17 = 11 900 rubl. Yil boshiga qarz miqdoridan to’lovning umumiy miqdorini olamiz va birinchi yil oxiri va ikkinchi yil boshi uchun qarz miqdorini chiqaramiz: 70 000 – 31 680,16 = 50 219, 84 ming rubl. Olingan miqdorga ikkinchi yil uchun 17% ni hisoblaymiz: 50 219,84 0,17 = 8537 rubl. Uchinchi yil uchun ham foizlar qiymatini xuddi shunday topamiz: 27 077,06 0,17 = 4603,1 rubl. Excel da bu hisoblash quyidagi ko’rinishga ega: PLPROS(17%;1;-70 000) = 11 900 ming rubl; PLPROS(17%;2;-70 000) = 8537,37 ming rubl; PLPROS(17%;3;-70 000) = 4603,10 ming rubl. Download 146.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling