ChISTVNDOX funksiyasi. Bu funksiya ketma-ket nodavriy tushumlar va o’zgaruvchan kattaliklar to’lovi uchun ichki oborot darajasini hisoblashni ta’minlaydi. Hisoblash quyidagi formula yordamida bajariladi:
qayerdaki, n – to’lov va tushumlar soni, di – i-operasiya sanasi, d0 – nolinchi operasiya sanasi (boshlang’ich sana), valuei – i-operasiya miqdori, R – oborotning ichki darajasi.
Sintaksisi: ChISTVNDOX({summa0;summa1;…;summaN},{data1;data2;…;dataN},predp).
Bu funksiya bo’yicha hisoblash usuli VNDOX funksiyasiga o’xshash.
ChISTVNDOX va ChISTNZ funksiyalari o’zaro bog’langan: ya’ni tushum (to’lov) va sanalarning bir xil qiymatlari uchun
ChISTNZ(ChISTVNDOX(...),...) = 0 bo’ladi.
Masala. ChISTNZ funksiyasini ishlatishga misol ko’rib chiqamiz. Nolli NVP ga mos keladigan tushum stavkasi ChISTVNDOX(A2:Ye2,Al:Yel) = = 37,49 % ni tashkil etadi, ya’ni loyiha tushumning bozor foydasi 37,49% dan kam bo’lsa, ma’noga ega bo’ladi.
MVSD funksiyasi. Bu funksiya ketma-ket davriy tushumlar va qayta sarmoyaning foydasini hisobga olib, o’zgaruvchan kattaliklar to’lovi uchun o’zgaruvchan ichki oborot darajasini qaytaradi. Bunda qayta sarmoya kiritishdan olinadigan sarmoya va daromad qiymati hisobga olinadi. MVSD funksiyani hisoblash formulasi quyidagi ko’rinishga ega:
qayerdaki, n – to’lov va tushumlarning umumiy soni; - musbat qiymat (daromad); - manfiy qiymat (tushum); r – oborotdagi pullar uchun to’lanadigan foyda normasi; f – qayta sarmoyalashda oborotdagi puldan olinadigan foyda normasi.
Sintaksisi: MVSD(znacheniya;finansovaya_norma;reinvest_norma).
Funksiya argumenti bitta musbat va bitta manfiy qiymatlar bo’yicha oborotning o’zgaruvchan ichki darajasini hisoblash mumkin. Aks holda MVSD funksiyasi #DEL/0! xatolikni qaytaradi.
Masala. Besh yilga loyihani moliyalashtirish uchun yiliga 10% ga olingan 1 mlrd rubl miqdorida olingan ssuda mos ravishda 100, 270, 450, 340 va 300 mln rubl daromad keltiriladi. Bu pullar yillik 12% qayta sarmoya kiritiladi. Sarmoyaning o’zgaruvchan ichki darajasini toping.
Yechimi. Ishchi stolda qarz V1 yacheykaga -1000 sifatida kiritiladi, V2:V6 yacheykada har bir yil uchun foyda qiymatlari kiritilgan bo’lsin. U holda besh yilga oborotning ichki o’zgaruvchan darajasi quyidagi formula bo’yicha topiladi:
MVSD(V1:V6;10%;12%) = 12,25 rubl.
Do'stlaringiz bilan baham: |